Намоз вақтлари қуръон ва тажвид
Download 0.75 Mb.
|
1 2
Bog'liqtarbiya(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- БОШ САҲИФА ТУЗИЛМА МУТОЛАА
НАМОЗ ВАҚТЛАРИ Қуръон ва тажвид Ақида Фиқҳ Тафсир Ҳадис Араб тили Юртимиз алломалари Ислом тарихи БОШ САҲИФА ТУЗИЛМА МУТОЛАА ТАЛАБАЛАРГА АБИТУРИЕНТЛАРГА ИЛМ БОҒЛАНИШ 24.05.2022 / - МАҚОЛАЛАР Tarbiya nima? Ta’lim va tarbiya borasidagi ma’lumotlarni bir-biridan ayri holatda tasavvur qilish mumkun emas. Bu ikkkisi bir jassaddagi bel va qorin kabidir. Biri ikkinhchisiz hech narsaga yaramaydi balkiy noqis bo`ladi. Shuning uchun ham dunyo miqyosida insoniyatning, xususan, yoshlarning tarbiyasi buzilib ketayotgani to`g`risida tez-tez tashvishli xabarlar tarqatiladi va bu borada odamni daxshatga soladigan raqamlar taqdim qilinadi. Vaholanki, dunyo miqyosida oladigan bo`lsak, XX-XXI asrlarda avvalgi asrlardagiga nisbatan savodsizlikka qarshi keskinroq choralar ko`rildi, ta’lim tizimi kuchaytirilib takomillashtirildi. Umumiy ta’lim kirib bormagan yurt deyarli qolmadi. Xattoki ba’zi mamlakatlar aholisi ilm-fan bo`yicha inson ko`zi ko`rmagan, qulog`i eshitmagan yutuq va taraqqiyotlarni qo`lga kiritdi. Lekin asosiy ko`zlangan maqsadga erishilayotgani yo`q. Shuning uchun ham ilm-fan rivojlangan mamlakatlarda tarbiyasizlik, axloqsizlik, ma’naviyatsizlik oriyatsizlik, madaniyatsizlik va hattoki inson zotiga mutlaqo to`gri kelmayidigan illatlar kundan – kunga keng ko`lamda yoyilib boryapti. Albatta, buning sabablari ko`p. Shulardan biri va eng asosiysi “ Tarbiya” degan buyuk bir ne`matdan, mas’uliyatdan va vazifalardan yuz o`girilishidir. Voqealikdan kelib chiqib ayta olamizki, faqat ta’limning o`zi insoniyatni har taraflama yetuk va komil bo`lishga kifoya qilmaydi. Ya’ni inson tarbiyasiz bo`lsa, o`zi ega bo`lgan ta’limdan ezgu yo`lda emas, balki yovuzlik va jinoyat yo`lida foydalanishi mumkin. Shuning uchun bizning shariatimizda hech qaysi fan tarbiyadan ayri holda o`rgatilmagan. Misol uchun, tafsir, aqodi, hadis, fiqh, mantiq, balog`at , tarix, hattoki, arab tili darsligi ham doimiy holda oyat va hadislardar kelgan tarbiyaviy ma`lumotlar bilan boyitilgan. Ijtimoiy va aniq fanlar uchun mo`ljallangan darsliklar ham, albatta, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan dalillar va xujjatlar bilan quvvatlangan. Masalan, matematika, fizika, kimyo, geografiya, biologiya, zoologiya va hokazo. Barcha fanlarlardagi ma’lumotlar, albatta shariat manbalari bo`lmish Qur`oni Karim va hadisga bog`lash va ulardan dalillar olish va buyuk allomalarning hayotlaridan tarbiyaga oid misollarni keltirish bilan quvvatlangan. Qalb barcha ma`lumotlar, xususan, ilm-ma’rifat, axloq-odob, ta`lim va tarbiyaning makonidir. Shuning uchun ham qalbni turli illatlardan tozalamasdan turib, go`zal fazilatlarga erishib bo`lmaydi. Islom dini insonlar hayotiga kirib kelgan kunda boshlab ularni go`zal xulq sohibi bo`lishga chaqirib kelmoqda. Alloh taolo namoz, zakot, ro`za, haj kabi ibodatlarni ham insonlarni tarbiya qilish uchun, har bir inson 2 dunyo saodatiga erishishi uchun farz qilgan. Ana shu farzlarni ixlos bilan ado qilish- eng go`zal xulqdir. Bu baxtga go`zal xulqi bor insongina erishadi. Xulqi yomon odam bunday baxtdan mahrum bo`ladi, chunki yomon xulqli kimsa Allohning amriga itoat qilmaydi. Bunday odam darhol Allohga tavba qilishi, mag`firat so`rashi kerak bo`ladi aks holda Alloh taoloning g`azabiga, azobiga yo`liqadi. Islom dini ato etgan go`zal axloq tufayli Rosululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni yomonliklar botqog`idan qutqarib oldilar. Kechagina gunolarni oshkora qilib yurgan, bir-biriga zulm qilgan, yolg`on gapirgan, bir-birini o`ldirib yurgan xalq iymon nuri ila bir-biriga mehr ulashadigan, o`zaro muhabbatli, go`zal axloqli ummatga aylandi. Shu bois Alloh taolo ham, paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham bizni go`zal xulqli bo`lishga undamoqda. Agar biz go`zal xulqli bo`lsak, Alloh taolo bizni yaxshi ko`radi, atrofimizdagi odamlar ham yaxshilanib borib, bora-bora yer yuzidagi eng yaxshi jamiyatga aylanadi. Ana shunda barcha insonlar bir-birlarining haqlariga rioya qiladilar. Yoshligidan tarbiyasiz o’sgan kishilardan yaxshilik kutish — yerdan turib yulduzlarga qo’l uzatmoq kabidir. Axloqimizning go’zal va chiroyli bo’lishiga tarbiyaning zo’r ta’siri bordir. Kishi yaxshi tarbiya olish, goʻzal xulqlarga odatlansa, u baxtiyor inson bo’lib voyaga yetadi. Qayerda oila mustaqilligi kuchli intizom va tarbiyaga tayansa, mamlakatm va millat ham shuncha kuchli va muazzam boʻladi. Oila a’zolari o’rtasida oʻzaro hurmat, mehr-muruvvat va oqibat omillari sogʻlom muhitni yaratadi. Zero, sogʻlom tarbiya oila a’zolari oʻrtasida yakdillik, maqsadlar birligini yuzaga keltiradi. «Odob fazilatlardan biriga eltuvchi yaxshi urinishga ishlatiladigan ism», deganlar. Odobning ta’rifida quyidagiga o’xshash gaplar ham kelgan: «Maqtovga sazovor so’z va amalni iste’mol qilish odobdir», «Karamli axloqlarni ushlash odobdir», «O’zingdan kattani ulug’lab, o’zingdan kichikka mehr ko’rsatishing odobdir». Bu va shunga o’xshash ta’riflar to’planganda islomda ko’zlangan «odob» ning ta’rifi yuzaga keladi. Hozirgi kunda g’arb madaniyati ta’sirida «odob»ni madaniyat deyish ham joriy bo’lgan. Misol uchun, «ovqatlanish odobi» deyish o’rniga «ovqatlanish madaniyati» deyiladi. Odob masalasini insoniyat tarixida to’laqonli ravishda islom boshlagan, desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Islomda kishining hayotidagi harbir narsaning o’z odobi bor. «Dunyodagi odobga bag’ishlangan asarlarning asosiylari va ko’pchiligi Islom xalqlari vakillari tomonidan yozilgan. Muhaddislarimiz odobga bag’ishlangan alohida kitoblar ham ta’lif qilganlar. Bunga misol qilib, buyuk vatandoshimiz, mo’minlarning hadis bo’yicha amiri Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahmatullohi alayhining «al-Adabul Mufrad» kitoblarini keltirish mumkin. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi shoh asarlari «Al-Jome’ us-Sahih»da «Kitobul adab»ga o’rin berganlariga qaramay, bu masalani o’ta ahamiyatli bilganlaridan alohida kitob qilishga o’tganlar. U kishi «al-Adabul Mufrad» kitobida turli odoblarga oid 1322ta hadisi sharifni 644ta bobda keltirganlar. Musulmon adiblar ham bu masala bo’yicha ko’plab asarlar bitganlar. Ularning ichida eng mashhurlaridan biri imom Muvardiyning «Adabud-dunyo vad-din» kitobidir. Shayx Ali Mansur Nosif «at-Toj al-Jome’ fil usul» kitoblaridagi «Kitobul adab»da o’zlarining avvalgi kitob va boblarida kelmagan hadisi shariflarni keltirishga harakat qilganlar. Misol uchun, imom Buxoriy «Al-Jome’us Sahih»laridagi «Kitobul adab»ni yaxshilik va silai rahm xaqidagi hadisi shariflar bilan boshlaganlar. Shayx Ali Mansur Nosif esa avvalda bu nom bilan alohida bir kitob ochib, uni «Kitobul-birri val-axloq» deb ataganlar. Ma’lumki, dunyo xalqlari doimo ilm bilan yuksalib, mehnat bilan taraqqiy etib kelgan. Lekin ularni chin ma’noda barhayot etadigan yagona omil go’zal xulqlar ekani ham ayni haqiqatdir. Shoir Ahmad Shavqiy o’z she’rlaridan birida shunday deydi: Go’zal axloqlar ila boqiydir millat, Nomlari o’chgaydir, avj olsa illat. Peshqadam xalqlar axloq va mehnat bilan yuksalgan bo’lsa, qoloq xalqlarjohillik, dangasalik tufayli egilib-bukiladi, razil va besharm ishlari sababli tanazzulga yuz tutadi. Yosh avlodning har tomonlama sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishi –nafaqat ota-ona, qolaversa, jamiyatning ham orzusi hisoblanadi. Yoshligidanoq muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, aqliy va jismoniy mehnatni oʻrganib, oʻzlashtirib borish hamda har tong toza havoda sayr qilishni kundalik faoliyatga aylantirib olgan yoshlarning maqsadlari ham jamiyat maqsadi bilan mushtaraklik hosil qiladi. Natijada bunday inson jismoniy kuch-quvvatga toʻladi, ichki olami goʻzallashadi, boshqalar bilan munosabati namunali bo’ladi. Mehnatsevar boʻlib, tafakkur darajasi yuksalib boraveradi. Mustaqil fikrlashi charxlanadi, teranlashadi, takomillashadi. Bunday fazilatlarga ega boʻlgan yoshlar sekin-asta ruhiy tetiklik, ma’naviy yetuklik maqomini qoʻlga kiritib boradi. Oʻz Vatani sha’ni uchun uning mas’uliyati ham oshadi. Taʼlim-tarbiya haqida soʻz ketganda, Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”, degan chuqur maʼnoli fikri yodimizga tushaveradi. Buyuk maʼrifatparvar bobomizning bu soʻzlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim boʻlgan boʻlsa, hozirgi vaqtda ham shunchalik, balki undan ham koʻproq dolzarb ahamiyatga ega. Prezidentimiz tomonidan shu yil 23-avgustda xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Tarbiya” fanini yaratish va oʻqitish tashabbusi ilgari surilishi ham ana shu hayotiy zarurat bilan chambarchas bogʻliq. Shu maqsadda maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etib, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, “Tarbiya” fanini joriy etish zarurligi qayd etildi. Mazkur tashabbus roʻyobi sifatida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyulda “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va hozir shu asosda keng koʻlamli ishlar olib borilyapti. Maʼlumki, tarbiya oʻz mohiyat-eʼtibori bilan milliy, umuminsoniy va gumanistik mazmunga egadir. Har bir jamiyat oʻz oldiga yetuk, har tomonlama kamol topgan, oʻzida butun ijobiy, oliyjanob fazilatlarni birlashtirgan avlodni tarbiyalashni orzu qiladi. Tarbiyasi ogʻir, maʼnaviyati qashshoq yoki maʼnaviyatdan mahrum boʻlgan odamdan biror ezgulik kutish mumkin emas. Chunki u yaxshilik va ezgulik haqida umuman oʻylamaydi. Atrofga va hatto ota-onasi, qarindosh-urugʻlari taqdiriga ham befarq, loqayd holda yashaydi. Tarbiyali, maʼnaviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, shuningdek, kelgusi hayot va turmushning ravnaqi uchun oʻz hissasini qoʻshishga intiladi. Zotan, bugun xalqimizning “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” buyuk maqsadiga erishuvida maʼnaviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Mazkur masala oʻta dolzarb boʻlganligidan barcha zamonlar donishlari yoshlar tarbiyasi haqida bosh qotirib kelishgan. Masalan, buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan soʻzlari bor. Zardushtiylik uch asosiy axloqiy qoidaga tayanadi: “Ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal”. Shu uchalasiga rioya qilgan odam kamolotga yetgan hisoblangan. Imom Buxoriy bu xususda yana-da yorqinroq soʻz aytgan: “Bolaning tabiati rivojlanishga moyil boʻladi, uni qanday gʻoyalar bilan toʻldirish ota-ona va ustozga bogʻliq”. Forobiyning taʼlim-tarbiya yoʻllari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U “Insonda goʻzal fazilatlar ikki yoʻl — taʼlim va tarbiya yoʻli bilan hosil qilinadi. Taʼlim faqat soʻz va oʻrgatish bilangina boʻladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, yaʼni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat boʻlgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan boʻlishi, oʻrganishidir”, deya taʼkidlaydi. Olim, oʻz navbatida, taʼlimda barcha fanlarning nazariy asoslari oʻrganilsa, tarbiyada maʼnaviy-axloqiy qoidalar, odob meʼyorlari oʻrganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Shuning uchun ushbu gʻoyalardan jamiyatning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlashda, maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilashda foydalansa, maqsadga muvofiq boʻladi. Navoiy inson qadr-qimmati uning mol-mulki, zeb-ziynati, mansabi yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning maʼnaviy qiyofasi, axloqiy sifatlari, undan elga qanchalik naf tegishi bilan belgilanishini koʻp marta takrorlagan. Shoir sheʼrlaridan birida: Tut bargichalik qimmating yoʻqmi? Ipak qurtichalik himmating yoʻqmi? — deya insonni oʻylashga, oʻylaganda ham oʻz hayotidan kelib chiqib xulosa qilishga chorlaydi. Shu ikki satrda insonning dunyoga kelishidan tortib, bu yorugʻ olamda yashashning tub mohiyat ochib berilgan. Shoirning quyidagi soʻzlari ham tahsinga sazovor: “Kishilarning soʻz bilan naf yetkazish qoʻlidan kelmasa, loaqal koʻnglidagi andishasi yaxshi boʻlishi kerak. Koʻngli odamlarning xursandligidan xursand boʻlishi lozim. Kimning xalq gʻamidan gʻami boʻlmasa, haqiqiy odam boʻlsang, uni odam dema”. Bu fikrlarning tub negizida tarbiya yotganligini anglab olish qiyin emas. Zero, Prezidentimiz taʼkidlab oʻtganlaridek, “Maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy “Guliston” yoxud axloq” asari sharqona tarbiyaning noyob qoʻllanmasi sifatida bugungi kunda ham oʻzining qadri va ahamiyatini yoʻqotgan emas. Biz “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur”. Demak, anglashiladiki, biz “Tarbiya” fanini yaratishda uzoq-yaqin oʻtmishimizda yashab oʻtgan ulugʻ zotlar merosidan, qolaversa, umuminsoniy qadriyatlardan unumli foydalanishimiz kerak boʻladi. Ana shular asosida yaratilgan yangi fan farzandlarimiz tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz. Barkamol avlodni tarbiyalash orqali esa oldimizga qoʻygan ulkan maqsadga erishamiz — mamlakatimizda uchinchi Uygʻonish koʻz ochadi. Tarbiya shakllari va turlari Til qoʻshish a, ochiq ensiklopediya
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling