Намоз вақтлари қуръон ва тажвид


Download 0.75 Mb.
bet2/2
Sana25.01.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1120798
1   2
Bog'liq
tarbiya(2)

Ushbu maqolani Tarbiya bilan birlashtirish taklif etiladi.

Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan, nimani toʻldiradi, nimaga yoʻnaltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yoʻl) tarbiya maqsadiga erishishning yoʻli. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, iroda, tuygʻulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi oʻzining imkoniyatiga koʻra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda oʻzining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qoʻyilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi oʻzining tarbiyalanuvchilari bilan yoʻl ochadigan oʻrganilmagan soʻqmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yoʻllar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni toʻgʻri qoʻllay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.
Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir koʻrsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yigʻindisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni koʻrsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni koʻrsatish – bu usullar. Soʻz (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bogʻliqlikda ba’zan tarbiya metodlari qoʻyilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud boʻladi.
2. Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni
Metodning ijobiy va salbiysi boʻlmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yoʻlni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qoʻllanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bogʻliq.
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday boʻlsa, unga erishish metodlari unga muvofiq boʻlishi zarur.
2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan toʻldirilgan boʻlishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bogʻlash gʻoyat muhimdir.
3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga oʻxshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bogʻliqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son koʻrsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi oʻz aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuygʻusini boshlangʻich ta’lim, oʻrta ta’lim va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan oʻquvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qoʻllaniladi.
4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. Oʻzini oʻzi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bogʻliqlikda pedagogik ta’sir koʻrsatish metodlari ham oʻzgarmasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.
5. Tarbiyalanuvchilarning individual oʻziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning oʻzi tarbiyaviy oʻzaro ta’sir etishning asosi boʻla olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs oʻziga xosligini rivojlanishiga, oʻziga xosligini saqlashga, oʻzining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qoʻllashga harakat qiladi.
6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologiksanitar-gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Ma’lumki, mavhum shart-sharoitlar boʻlmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq holatlarda koʻrinadi. Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi.
7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bogʻlangan va birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qoʻllanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi koʻrgazmali qoʻllanmalar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari.
8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat oʻzi biladigan va qoʻllashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Koʻplab metodlar murakkab boʻlganligi bois, oʻkituvchida koʻp kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan boʻyin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past boʻladi.
9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam , maqsad esa katta boʻlsa, «kuchli harakatlantiruvchi» metodlar qoʻllaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «ayaydigan» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va «ayaydigan» metodlarga boʻlinishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy oʻrgatish bilan bogʻliq.
10. Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvafaqqiyatga erishishiga ishonch boʻlishi kerak. Buning uchun qoʻllanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan koʻra bilish kerak.
3. Tarbiya metodlarining tasnifi
Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni oʻzida aks ettiradigan oʻnlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar oʻziga xos xarakteriga koʻra ishontirish, mashq, ragʻbatlantirish va tanbeh berishga boʻlinadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi uoʻzida yoʻnalganlikni, oʻziga xoslikni, qoʻllanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning koʻproq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U oʻzida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, oʻquvchilarning xulq-atvorini ragʻbatlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, oʻrgatish va mashq metodlari, ragʻbatlantirish, toʻsqinlik qiluvchi, boshqarish, oʻzini-oʻzi tarbiyalash.
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga koʻra metodlarni ikki guruhga boʻlish mumkin:
1. Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, gʻoyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi.
2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi.
Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bogʻliq boʻladi. Tarbiya metodlari barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan boʻladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi.
Oʻquvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda boʻladi. Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada oʻrinli va samarali tanlanganligiga hamda mohirona qoʻllanganiga bogʻliq. Tarbiya metodlarini toʻgʻri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda oʻquvchilarning oʻz-oʻzini tarbiyalash faolligini oshirishga yordam beradi. Masalan, oʻqituvchi birinchi sinf oʻquvchilari bilan ishlash jarayonida oʻquvchilarni ular uchun yangi boʻlgan mehnat faoliyatini oʻrgatishda oʻquvchilarning xulq-atvor qoidalarini, ularda kun tartibi aniq boʻlishi muhimligini, ularga oʻquvchilarning qat’iy tartibga amal qilishi zarurligini tushuntirish metodidan foydalanadi. Tushuntirish bilan bir qatorda sinfga toʻgʻri kirib kelishga, ularni oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan salomlashishga, tartib-intizomni saqlashga mashq qildirib boradi. Shuning bilan birgalikda birinchi sinf oʻquvchilarini yuqoridagi jarayonlarga dars vaqtida odatlantirib boradi. Bu jarayonda ularning amalga oshirgan ijobiy ishlari, oʻquv ishi natijalari ragʻbatlantirib borishni taqozo etadi. Koʻrinib turibdiki, oʻqituvchi oʻquvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil usul va metodlarni qoʻllaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, tasnif qilish zarurligini koʻrsatadi. Shuning uchun ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib guruhlarga ajratish mumkin. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir oʻqituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta oʻzlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.

1-shakl.


Birinchi guruh metodlarining vazifasi oʻquvchining ijtimoiy ongiga hayot, axloq, mehnat qilish munosabatlari qoida va me’yorlari haqida tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat. Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar shaxsning e’tiqodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga ma’naviy, axloqiy, estetik, mafkuraviy, huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va h.k. mazmundagi suhbatlar hamda namuna koʻrsatish metodlarini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh metodlari yordamida oʻquvchida ma’naviy mazmunga oid odatlar hosil qiladi. Oʻquvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ma’naviy odatlar asosida, faoliyat zaminida tarkib topadi.
Faoliyat oʻquvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba boʻlib hisoblanadi. Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli vazifalarni bajarilishi, ya’ni ijtimoiy xulq-atvor me’yorini ifodalash, u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur boʻlgan aniq bir vazifani amalga oshirish, u yoki bu harakatni olib borishga undovchi boʻlishi mumkin.
Talablar bevosita yoki bilvosita qoʻyilishi mumkin. Bevosita talablar qat’iy buyruq yoki koʻrsatma, ishchanlik, yoʻl-yoʻriq beruvchi tavsifdagi koʻrinishda boʻladi. Bilvosita talablar kechinma, intilish tuygʻusini uygʻotishi koʻzda tutilgan holda maslahat, iltimos, ta’na qilish, faoliyatiga nisbatan qiziqish uygʻotish tarzida namoyon boʻladi. Talablar oʻquvchida u yoki bu darajaja ong, asos, maqsad hamda e’tiqod mavjudligini nazarda tutadi. Ayni vaqtda oʻqituvchi oʻquvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablarning me’yorida boʻlishiga qat’iy ahamiyat berishi lozim.
Foydali faoliyat va maxsus tashkil qilinadigan vazifalar jarayonida ijobiy xulq-atvor va xarakterlarga oʻrgatib boriladi.
Oʻrgatish – bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida oʻquvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.
Oʻrgatish oʻquvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning barcha bosqichlarida samarali vosita sanaladi. Faoliyatda mashqlar mehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoa faoliyati hamda oʻzaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilganligidir. Mashq qilish oʻrgatish bilan yaqin aloqada boʻladi. Agar oʻrgatib borish negizida bolaning faoliyat jarayonini egallashi yotsa, u holda mashq qilish faoliyati shaxs uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish oʻrgatib borishga suyangan holda koʻp bora takrorlashni, mustahkamlashni va takomillashtirib borishni nazorat qiladi, bular esa bora-bora ijtimoiy xulq-atvorning asosi boʻlib qoladi.
Tarbiyaviy amaliyotda koʻpincha maxsus pedagogik vaziyatlarni yuzaga keltirish zaruriyati tugʻiladi, bunda mustaqil tanlash uchun imkon boʻladi. Pedagogik vaziyatlarda oʻquvchilar oʻz fikri va xulq-atvorini qayta oʻzgartirishi lozim boʻlgan sharoit yaratiladi.
Ikkinchi guruh metodlari orasida musobaqa oʻquvchilar amaliy faoliyatlarini tashkil qilish metodlari samaradorligini oshirishning zarur va muhim sifati hisoblanadi. Musobaqa faoliyatining barcha sohalarida oʻquvchilarning faolligi va ijodkorligini rivojlantirishga, oʻquvchilar jamoasi faoliyatini muayyan maqsadga yoʻnaltirishga koʻmaklashadi. Musobaqa toʻgʻri tashkil qilinganda jamoa hissi muvaffaqiyatli shakllanadi, intizom va oʻquvchilarning uyushqoqligi mustahkamlanadi.
Musobaqaning alohida turi boʻyicha, shuningdek, tizimli tarzda ham uyushtiriladi: chunonchi, eng yaxshi sinf, eng yaxshi guruh, eng yaxshi jamoa, eng yaxshi maktab va h.k.
Tarbiya jarayonida oʻquvchilarning oʻzlari tashabbus va gʻayrat koʻrsatishi asosida musobaqani tashkil etishlariga, uning sharti va koʻrsatkichlarini ishlab chiqishlariga erishish muhimdir. Shuningdek, jamoaning umumiy muvaffaqiyati, qabul qilingan majburiyatning bajarilishi, musobaqa natijalarini stendlarda aks etishini ta’minlash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish zarur. Musobaqani rasmiy axborotlar uchun tashkil etish maqsadga muvofiq emas. Jamoatchilik fikri musobaqa faoliyatining muhim asosi boʻlib qoladi.
Birinchi va ikkinchi guruh metodlarini oʻzaro bogʻliq holda qoʻllanishi orqali ong va xulq birligi yuzaga keladi, ammo bu oʻz-oʻzidan vujudga kelmaydi, balki oʻqituvchining tashkilotchilik mahorati hamda uning oʻquvchi ongi, xulqiga ta’sir etadigan vositalar xususiyatlari, ahamiyatini koʻra olishiga bogʻliq. Bir soʻz bilan aytganda bugungi oʻquvchi tarbiya natijasida ertagni komil inson, ya’ni jamiyatning barkamol a’zosiga aylanadi. Buning uchun uning ongi va tafakkuri rivojlanib, ijobiy fazilatlarni oʻzida shakllantirib borishi lozim.
Xoʻsh, inson ongi va u borliqni, atrof-muhitni anglashi uchun qanday faoliyat darajasiga yetishi kerak?
Inson ongi – uning idroki, aql orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir.
Aql kishining oʻz idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni anglash va ularga oʻz faoliyatida ma’naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilishdir.
Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki, bularda tarbiyalanuvchilardagi ijobiy xulq-atvorni ragʻbatlantirish, salbiy xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuygʻulari va maqsadlariga bevosita ta’sir koʻrsatishda foydalaniladi. Ushbu guruhga ragʻbatlantirish va jazo berish kabi metodlar kiradi.
4. Tarbiyada ibrat-numana koʻrsatishning tutgan oʻrni
Farzandlarimizning kelajakda komil inson boʻlib yetishishlarida oila va jamiyatda yaxshi tarbiya olishning oʻrni beqiyosdir. Ota-ona, ustoz-murabbiylar, rahbar va yoshi kattalar qancha madaniyatli, odobli boʻlsa, shu jamiyat va muhitda oʻsayotgan shaxslar ham shunchalik odobli boʻlib yetishadi. Bunday sermas’uliyat ijtimoiy ishni amalga oshirish, ya’ni yoshlarimizning odobli, xushxulqli, vijdoni pok kishilar boʻlib yetishishlari uchun oʻz xulq-atvorimiz bilan ularga yaxshi ibrat va namuna boʻlishimiz bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Ilgarigi zamonda shunday maqol bor edi: «Domlaning aytganini qil-u, qilganini qilma». Hozir bu maqol eskirdi: oʻsmir va oʻspirinlar koʻpincha ustozlari va kattalarning tashqi yashash tarzidan oʻrnak oladilar, ya’ni ular «domlaning qilganini... qilishadi». Bu oʻrinda ularning quyidagi haqli e’tirozlarini inobatga olish zarur.: «Nima uchun chekmagin, ichmagin deyishadi-yu, oʻzlari chekishadi, ichishadi?», «Nima uchun rost gapirgin deydilar-u, oʻzlari yolgʻon soʻzlaydilar?», «Nima uchun toʻgʻri, halol boʻlish kerak deydilar-u, oʻzlari pora oladilar?». Agar oʻqituvchi va boshqa ana shunday soʻzda toʻgʻri-yu, amalda notoʻgʻri ish tutishsa, shogirdlari qanday qilib uni hurmatlaydi? Undan nimani oʻrnak qilib oladilar? Shu ma’noda tarbiyachi har vaqt oʻz soʻziga amal qilishi va soʻzining ustidan chiqishi kerak. Ibratning aynan ana shu jihati komil inson tarbiyasida katta ahamiyatga ega.
Ibrat tarbiyasi insonni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bu ayniqsa, Yunonistonnning mashhur mutafakkirlari – Aflotun va Arastuning nomi bilan bogʻliq pandnomalaridan keng oʻrin olgan. Jumladan, Sharq mamlakatlarida Aflotunning Arastuga, Arastuning Iskandarga nasihati va vasiyatnomalari yaxlit asar sifatida tarqalgan. Arastuning aytishicha, tarbiyachining oʻzi tarbiya koʻrgan, insoniy fazilatlarni egallagan boʻlishi darkor. «Shuni bilginki, - deydi Arastu, - ta’lim-tarbiya bilan shugʻullanuvchi odam oʻzi tarbiya koʻrmagan boʻlsa, boshqalarni tarbiya qilolmaydi. Xulqi yaxshi kishi boshqalarni yaramas, va iflos ishlarga boshlay olmaydi. Agar sen oʻz oʻquvchingni tarbiyalamoqchi boʻlsang, avval oʻz ruhingni yaxshilashdan boshla. Mabodo oʻzgalar aybini bartaraf etmoqni ixtiyor etsang, bundan oldin oʻz nafsingni nuqson va illatlardan tozalashing zarur. Ammo koʻzi ojiz boʻlgan kishi qanday qilib koʻrga yoʻl koʻrsata oladi? Xor va tuban kishi boshqalarga obroʻ va qadr-qimmat ato qila oladimi?».
Bulardan tashqari Sharq mamlakatlarida axloq va ta’lim-tarbiyaga oid «Rushnoinoma», «Qobusnoma» Farididdin Attorning «Pandnoma»si, Oʻbayd Zakoniyning «Sad pand» kabi asarlari keng tarqalgan. Ilk oʻrta asrlarda Arastu va uning izdoshlarining risolalari arab tiliga tarjima qilindi va ularning ta’limotlari Al-KindiyFarobiyAbu Rayhon BeruniyAbu Ali ibn Sino, Umar Umar XayyomNasriddin TusiyJomiyNavoiy va boshqa Sharq faylasuflari tomonidan oʻrganildi va boyitildi.
Demak, bugungi yoshlarimizning kamoloti va unga mos dunyoqarashi muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib borishida ibrat-namunaning oʻrni beqiyosdir. Bu oʻz navbatida Ozod va Obod Vatan, erkin va farovon hayot yaratuvchilarining ongli a’zolarini tayyorlashni kafolotlaydi.
5. Tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari
Ragʻbatlantirish metodlari – oʻquvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni koʻzda tutadi. Ragʻbatlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini paydo qiladi, tetiklik va gʻayrat bagʻishlaydi, oʻz kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni ragʻbatlantiradi, oʻz faoliyati va xulqiga mas’uliyatini oshiradi. Ragʻbatlantirish metodlari xilma-xil boʻlib, ular tarkibiga ma’qullash, koʻngil koʻtarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, ogʻzaki va yozma tashakkur bildirish, mukofatlash va boshqalar kiradi.
Ragʻbatlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi lozim. Har qanday ragʻbatlantirish oʻquvchining jamoa oldidagi chinakkam xizmatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Ragʻbatlantirish vaqtida oʻquvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan oʻrnini hisobga olish va u ketma-ket boʻlmasligi kerak. Haddan oshirib maqtash jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni boʻshashtirib yuborish, bular oʻquvchida man-manlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Ragʻbatni tashkil etishda oʻquvchining muvaffaqiyati bilan birga uning jamoadagi oʻrni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, mehnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning oʻziga munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.
Jazo berish metodlari – bu oʻquvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo berish axloq me’yorlariga qarama-qarshi faoliyat va xatti-harakatlarni muhokama etishni ifodalaydi. Jazo berish noma’qul xatti-harakatlarning oldini olish, axloqni tuzatishi, jamoa oldida uyalishi, oʻzini gunohkor deb bilish hissini uygʻotishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uni qoʻllab-quvvatlashi asosida jazo berish metodlari ham hilma-xil boʻlib, ular jumlasiga tanbeh berish, koyish, uyaltirish, qizartirish xatti-harakatlarni jamoa oʻrtasida muhokama qilish, muayyan faoliyatidan chetlatish va boshqalar kiradi.
Jazo berish ham pedagogik talablarga amal qilish zarur. Berilayotgan jazo maqsadga muvofiq boʻlib, oʻquvchilarning aybiga, salbiy xatti-harakatiga qarab berilishi lozim. Jazo berish chogʻida salbiy xatti-harakatning sabablari uning jamoaga yetkazadigan zarari, oʻquvchining shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish lozim.
Jazo berish oʻquvchining manfaatlaridan kelib chiqmasligi yoki uning uchun xizmat qilmasligi lozim. Jazo jamoa tomonidan ham berilishi mumkin. Barcha hollarda ham oʻquvchini jismoniy va ruhiy azobga solmasligi, uni tahqirlanmasligi, sha’nini yerga urmasligi, huquqini paymol etmasligi kerak.
Tarbiya metodlari sharoitni, vaqtni, shuningdek, oʻzaro bir-biriga ta’sirini hisobga olgan holda qoʻllash maqsadga muvofiq tarbiya metodlari, tarbiya vositalari bilan juda yaqin aloqada hatto, bir-biriga singib ketgan boʻlsada, ular bir-biridan farq qiladi. Tarbiya vositalariga tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil qilingan faoliyat turiga kiradi.
Oʻyin, oʻquv mehnati, sport va boshqa faoliyat turlari shunday vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari tarbiya jarayonida turli predmetlar, moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari, axborot hamda texnik vositalardan ham tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi. Chunonchi, koʻrgazmali, oʻquv qurollari badiiy-ilmiy adabiyotlar, san’at asarlari, radio, televideniye, kompyuter, magnitofon, slaydo, shuningdek, kishilar ham tarbiya vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya metodlaridan foydalanishni taqozo etadi, chunki ular yordamida ong, his-tuygʻu, xulq-atvor tarkib toptiriladi. Oʻquvchining turli koʻrinishdagi faoliyati uyushtiriladi.
Bugungi kunda tarbiya jarayonida axborot va texnika vositalaridan foydalanishga alohida diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Ulardan maqsadga muvofiq va samarali foydalanish oʻquvchilarning ma’naviy kamol topishiga olib keladi.
Yuqorida bildirilgan mulohazalarga tayangan holda mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Tarbiya jarayonining asosini, ijtimoiy hayotining obyektiv talablarini, shaxsning ijtimoiy mohiyatini hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar tashkil etgani bois tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuniyatlarni chuqur oʻrganishni talab etadi.
2. Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga koʻra ish koʻrilayotganligiga ham bogʻliq. Tarbiya tamoyillari yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqqan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisidir.
3. Tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻqituvchi tomonidan qoʻllaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, ular ijtimoiy jamiyat tomonidan ta’lim muassasalari oldiga qoʻyilgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari oʻzaro oʻhshash jihatlariga koʻra uch guruhga boʻlinadi. Tarbiya jarayonida qoʻllaniladigan tarbiya vositalari metodlari ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar:


Metod – lotincha metodos so’zidan olingan bo’lib, tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot tushunchalarini anglatadi. O’qitish va tarbiyalashning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki yo’llari, uslublari, vositalari majmui tushuniladi.
Tarbiya metodlari – metod lotincha metodos – yo’l so’zidan olingan. Metod tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» so’zi keng ma’noda muayn maqsadga erishish yo’li tushuniladi.
Rag’batlantirish – talabaning namunali xulqi uchun boshqalarga ibrat qilib ko’rsatish, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, devoriy gazetada talaba to’g’risida kichik ma’lumotnoma berish, uning suratini maxsus doskaga qo’yish, ota-onasining nomiga tashakkurnoma yuborish.
Mashq - bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish, ularni axloq mezonlari va xulq atvor qoidalarini bajarishga oatlantirish
Jazolash – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish.
English:
Method – It is derived from the Latin word methods, which means research, theory and teaching. It is understood that a set of tads of the inner paths that are specific to the real processes of instruction and upbringing as a scientific concept, the term “method” is broadly understood as a means of achieving a specific goal.
Teaching methods – the way to achieve the educational goal. When applying to school practice, the methods are influenced on the consciousness, will, emotions and behavior of these pupils.
Incentive – give exemplary behavior to student’s behavior, award certificate with honorary diploma, give a briefcase on the poster to send a photo to a special board on behalf of his parents.
Exercise – balanced and comprehensive organization of children’s activities, their adaptation to compliance with ethical standards and conduct rules.
Punish – negative attitudes towards behavior and behavior of the pupil.

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:


1. Tarbiya metodlari deganda nimani tushunasiz?
2. Tarbiyaning qanday metodlari bor?
3. Rag’batlantirish metodi nima va uning turlari mavjud?
4. Jazolash metodi va uning turlarini tushuntirib bering.
5. Tarbiya jarayonida nima uchun metodlar qo’llaniladi?
6. Shaxsga ta’sir etish orqali tarbiyalash metodlari va usullariga qaysilar kiradi?
7. Tarbiya usullari nima?
9. Tarbiya vositalariga nimalar kiradi?
10. Xalq pedagogikasida qo’llaniladigan tarbiyaning umumiy metodlari qaysilar?
11. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar qaysilar?
12. Mashq va o’rgatish metodlari qanday?
13. Jazolash metodlariga nimalar kiradi?
O'zbek xalqi o'zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta'lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do'stlik, iymon-e'tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o'ziga xos tajribasini to'plagan. Bizga ma'lumki, ma'naviy-axloqiy
fazilatlar hech qachon o'z-o'zidan vujudga kelmaydi, balki ulaming kelib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta'sir ko'rsatgan.
Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. "Tarbiya" so'zi arabcha "robba" fe'lidan olingan bo'lib, o'stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma'nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar "tarbiya"ni bir necha xil ta'rif qilganlar. Jumladan, imom Bayzoviy quyidagicha ta'riflaydi: "Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga etkazishdir" Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: "Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik hamda muvozanat ila o'stirishdir" Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas'uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba'zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas'uliyati bardavom bo'ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne'matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas'uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi [1:339-340].
Odob masalasini insoniyat tarixida to'laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Islomda kishining hayotidagi har bir narsaning o'z odobi bor. Dunyodagi odobga bag'ishlangan asarlarning asosini va ko'piligini Islom halqlari vakillari tomonidan yozilgan asarlar tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag'a yo'q [1:342]. Qadimda Sharq mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g'oyalar bugungi kunda ham muhim ta'lim-tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma'naviy ozuqa berib kelmoqda.
Uzoq va boy tarixga ega bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlari o'zining ta'lim-tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do'stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma'naviyatimizning o'zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta'lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, "Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o'tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi" [2:47]. Har bir xalqning ta'lim-tarbiyaga oid an'analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo'lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o'z farzandlarini barkamol inson bo'lishini istaydi, o'zlari eta olmagan orzu-umidlariga bolalarining etishligini o'ylaydi. Bolalarning har bir yutug'idan
quvonishadi, mag'lubiyatidan tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko'rish ular uchun eng baxtiyor damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi.
O'tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma'naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o'z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo'lamiz.
Mana shunday mangu allomalar jumlasiga Ahmad Yassaviyni kiritish mumkin. Xoja Ahmad Yassaviy o'zining ma'naviy-axloqiy qarashlari bilan bugungi kunda ham pedagogika faniga beqiyos qo'sha olganligi olib borilgan izlanishlardan ayon bo'lmoqda. "Xoja Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga ko'ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o'zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan Xoja Ahmad Yassaviy rostgo'ylik, halollik, o'z-o'ziga talabchanlikni targ'ib qiladi. Zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi. Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari o'quvchi shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisqu fasod ishlardan o'zini olib qochishga undaydi" [3:10]. Shuning uchun ham ta'lim tarbiya jarayonida ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yana bir yiriq allomalardan biri Burxoniddiy Marg'inoniydir. Burxoniddiy Marg'inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida diyonat, iymon, vijdon, burch, insoniylik xususidagi g'oyalari shaxsni har tomonlama va uyg'un rivojlantirishning asosiy vositasi bo'lib xizmat qilgan. Shu jihatdan qaraganda XXI asrda yashagan islom ta'limotining yirik nomoyondasi Burxoniddiy Marg'inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, iymon-e'tiqod, halollik, axloqiy poklik, odillik, birodarlik, bilimlilik, mustaqil fikr hislatlari asosiy o'rinni egallaydi [4:9]. Alloma Marg'inoniy o'zining axloqiy-huquqiy qarashlari bilan xalqimiz ma'naviyatini rivojlantirishga, musulmon dunyosi madaniyatining taraqqiyotiga hamda ijtimoiy pedagogik fikr rivojiga salmoqli hissa qo'shgan.
Farzandga adab, hunar o'rgatmakni meros deb bilg'il. Agar sen xoh unga adab o'rgatg'il, xoh o'rgatmag'il turmush mashaqqatlarining o'zi unga o'rgatur. Undoqkim debdurlar, ota-ona tarbiyalamasa, kecha va kunduz uni tarbiyalaydur [5:24]. Kaykovus 44 bobdan iborat bo'lgan "Qobusnoma" asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o'zaro axloqiy munosabatlari, haqorat, qo'pollik kabi yomon odatlardan saqlanish zaruriyati bilan bir qatorda bola tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratish, uning kelajagi uchun ota-onaning mas'uliyati katta ekanligi kabi axloqiy masalalarga urg'u beriladi.
Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta'lim va tarbiyaga oid
yondashuvlar, g'oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to'g'ri foydalanish - ta'lim jarayonida o'qituvchilarning pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda odob-axloq mavzuiga bo'lgan qiziqish anchagina ortdi. Chunki milliy mustaqillikka erishganimizdan so'ng, tarixiy va madaniy merosimizni o'rganishga bo'lgan ehtiyojning kuchayishi, milliy va diniy hamda ma'naviy qadriyatlarimizning mazmunidagi axloqiy g'oyalarni bilishga bo'lgan xalqimiz qiziqishlarining ortib borayotganligidir.
Ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo'nalishini tubdan o'zgartirish va yangi zamon talablari darajasiga ko'tarishning birinchi sharti - unga bir butun tizim sifatida yondoshish va shunga muvofiq, ish olib borishdan iboratdir [6:87].
Yosh avlodda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Insonlar o'zligini chuqur anglashi, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishi, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvi, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg'onishini ta'minlash ma'naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylandi [7:7].
Taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" deb yozgan edi [8:14].
Mashoyixlarning aytishlaricha, "har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog'liqdur" [5:13].
A.Avloniyning "Turkiy guliston yohud axloq" asari yangi usul maktablarining yuqori sinflarida ta'lim va axloqiy tarbiya berish uchun darslik sifatida o'qitilgan. A.Avloniyning asarini chuqur o'rganar ekanmiz, biz o'sha davrda maktablarda o'quvchilarga dars berishda umuminsoniy va diniy qadriyatlari, xalq og'zaki ijodi, Qur'on oyatlari, hadislar shuningdek, buyuk allomalarimizning hikmatli so'zlaridan imkon qadar keng foydalanganliklarini ko'ramiz. Masalan, "Yaxshi xulqlar" qatoriga kiruvchi "Sabr" mavzusida: "Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdurki, janobi haq sobrlarni madh qilishdur. Shariati islomiyada janobi Haq tarafidan kelgan balo va qazoga sabr qilmoq farzi ayndur" Shul xususda so'ylanmish bir hadisi sharifning ma'nosi "ilm imonli kishilarning muhibi, hilm homiysi, aql dalili, yaxshi amal sarmoyasi, muloyimat volidi, afv axavoni, sabr hokimi vijdonidur," - deyilishi. Arablar "assabru miftohulfalah"- sabr shodlig'ning kalilidur deyurlar [9:7]. Oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning milliy pedagogik va uslubiy asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqishga bugungi kundagi ehtiyoj va uni samarali hal etishning optimal yo'llarini topish asosiy
muammolardan biri bo'lib qolmoqda.
Shunday ekan, oilada bola tarbiyasi umumdavlat ahamiyatiga molik muammodir. Shu boisdan har qanday jamiyatni oilaga, oilada bola tarbiyasiga bo'lgan talabi ortib boradi. Ayni vaqtda - davlatning, ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi, farzandlarning ota-ona oldidagi mas'uliyatini oshirishdagi roli kuchayadi.
O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov aytganlaridek, "Buyuk ma'rifatparvar bobomizning bu so'zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo'lgan bo'lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko'ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi" [5:7].
"Milliy madaniyatimiz, xalq ma'naviy boyligining ildizlariga e'tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to'plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o'tgan. Insonlarga og'ir damlarda madad bo'lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko'z qorachig'imizdek asrash va yanada boyitish" [10:78]. Milliy taraqqiyotimiz uchun fundamental ahamiyatga ega ushbu fikr, ko'rsatma san'atga oid ilmiy tadqiqotlar uchun ham muhim ahamiyatga egadir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga alohida to'xtalib: "Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko'proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko'mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz" Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana shu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o'g'il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug' ajdodimiz nima deb yozganlar: "Xalqning aniq bir maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog'liq" [11] deya ta'kidlab o'tdi.
Tarbiya o'z navbatida oiladan boshlanar ekan, biz o'z farzandlarimizni baxti-saodatini, kamolini, iqbolini, buyuk inson bo'lib etishganligini va hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviy qo'rg'oni bo'lmish o'z oilamizning mustahkamligini ko'rishni istar ekanmiz, demak oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalashda tarbiyaning barcha turlariga e'tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolarimizdan qolgan boy ma'naviy merosning yosh avlodni har tomonlama yuksalishi tizimidagi o'rni va roli o'ziga xos xususiyatga va ko'rinishlarga ega. "Darhaqiqat, ajdodlar tomonidan
yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlarni o'rganishda ta'lim tizimi imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratishlozim. Sharq mutafakkirlarining asarlarini o'rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega" [12:43]. Ular o'z asarlarida shaxs ma'naviyati, insonda odob-axloqning yuksak namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun kechirish, atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo'lishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o'z asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi, undagi yuksak ma'naviy-ahloqiy sifatlarni ulug'laydilar va shunday fazilatlarga ega bo'lishga barchani chorlaydilar. Ma'naviy yuksak, zamonaviy ilm-fanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi kuch, g'oya yoki mafkura aslo o'z ta'siriga tushira olmaydi. Bunday avlodni voyaga etkazgan xalqning istiqboli porloq, kelajagi buyukdir.
Bundan ming yil muqaddam buyuk mutafakkir Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asarida tarbiya, axloq masalalariga to‘xtalib, “Zamon butunlay ozdi. Ilm, hikmat, poklik kamaydi. Tuban, yomonlar ko‘paydi, fazilat egalari yo‘qolayotir”, deya yozgan ekan. Turli davrlarda yashagan donishmandlarning bu singari qarashlarini dunyodagi ko‘plab xalqlar tarixida kuzatish mumkin. Ammo zamon, jamiyat taraqqiyotiga ko‘ra yoshlar tarbiyasi masalasida yangi muammolar tug‘ilgan hamda tarbiyachilar, ustozlarning oldida vazifalar ko‘payib borgan. Odamlar yaxlit, bir butun holda yaxshi yoki yomonga bo‘linmaydi. Agar shunday bo‘lganda edi, tarbiya masalasi osonlikcha hal bo‘lardi. Yaxshi fazilatlar va yomon odatlarning, turli g‘oyalarning bir odamning qalbi va ongini egallash uchun kurashi — tarbiya masalasining naqadar murakkab ekanini anglatadi.

“Tarbiya” so‘zining ma’nolari ko‘p bo‘lsa-da, milliy an’analardan kelib chiqsak, tasavvurda avvalo uning “axloqiy” sifati uyg‘onadi. Boisi, ota-bobolarimiz bola axloq-odobini tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan ustun qo‘yishgan.

“Binobarin, bolaning aqliy va jismoniy tarbiyasi samarasiz qolmasligi uchun, — deb yozadi birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitrat “Oila” risolasida, — farzandning axloqiy tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanib ko‘p harakat qilish lozim. Axloqiy tarbiya — odam axloqini kamolga yetkazish demakdir, ya’ni odamni shunday tarbiya qilish kerakki, fe’li va amali o‘ziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat keltiradigan bo‘lsin”.

Fitrat ta’lim olishni ham tarbiya sira­siga qo‘shib, uni “aqliy tarbiya” deb ataydi. Shu­ningdek, farzandni sog‘lom voyaga yetkazish, ya’ni “jismoniy tarbiya”siga ham jiddiy e’tibor qaratib, tarbiyaning ushbu uch turiga xulosa berar ekan, zamonaviy til bilan aytganda, “shaxsning ijtimoiylashuvi”ni sodda ifodalaydi:

“...bolalarning tarbiyasi bu farzandni jismonan, fikran va axloqan tarbiya qilib, kamolga yetish­tirish demakdir. Ya’ni ular­ni urinish va tirishish sahrosiga, ya’ni hayot-mamot maydoniga kuchli badan, sog‘lom fikr va yaxshi axloq bilan qurollantirib yuborish demakdir”.

Abdulla Avloniy ham “Turkiy guliston yoxud axloq” risolasida bola tarbiyasiga yondashganda, uni jismoniy, fikriy va axloqiy turlarga ajratib, axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor qaratadi.

Ammo hozirgi zamon ta’lim tizimida “tarbiya” so‘zidan chekinish holatlari sezi­ladi, hatto qonun ham “Ta’lim to‘g‘risida” deb atalgan. Bolalar bog‘chasini “Maktabgacha ta’lim muassasasi” (maktabgacha ta’lim tashkiloti) deyishga ham asta-sekin ko‘nikdik, ammo MTM desa, ko‘z oldimizga baribir bolalar bog‘chasi keladi. Masalaga chuqurroq qarasak, bolalar uchun ilk yoshdan boshlab tarbiyaning jismoniy va axloqiy turlari muhim hisoblanadi. Aqliy yoki fikriy tarbiya — ta’lim bolalar maktabga borishi arafasida amalga kiradi.

Shu o‘rinda “ta’lim” va “tarbiya” so‘zlari­ning lug‘aviy ma’nosiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Milliy tarbiya tarixining atoqli namoyandalari Fitrat va Abdulla Avloniy qarashlarida “tarbiya” so‘zining ma’no qamrovi “ta’lim”ga qara­ganda birmuncha kengligini ta’kidladik, hatto “ta’lim” mazmun-mohiyati jihatidan “fikr tarbiyasi” yoki “aql tarbiyasi” sifatida tarbiyaning tarkibiy qismi sanaladi. Umuman, tarbiya so‘zida yoshlarni (ham jismonan, ham axloqan, ham aqlan) barkamol avlod sifatida tarbiyalash tushuniladi. Ya’ni sodda qilib aytganda, “tarbiyali bola” barkamol avlod demakdir.

O‘zbek tilining izohli lug‘atida tarbiya so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “rivojlantirish, parvarish qilish, o‘stirish; o‘rgatish; ilm berish” singari bir qator ma’nolarni angla­tishi yozilgan. Izohli lug‘atni sinchiklab o‘rganganimizda “ta’lim” so‘zidan ko‘ra “tahsil” so‘zi ham kengroq ma’noni ifodalaydi.

Aqliy va axloqiy tarbiya mushtarakligiga xalqimiz azaldan o‘ta zukkolik bilan yondashgan. Abu Nasr Forobiy “Baxt-saodatga erishuv” asarida bu masalani o‘ziga xos tarzda izohlaydi: “Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va ama­liy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir”. Mutafakkir kasb-hunar egallashni ham, tarbiyani ham amaliy faoliyat orqali yuzaga chiqarishni nazarda tutadi, ta’lim esa faqat so‘z va nazariy tomondan o‘rganish bilan cheklanadi.

“Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, — deb yozadi Forobiy “Aql to‘g‘risida” risolasida, – ular fazilatli, o‘tkir muhokamali, yaxshi, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo‘r iste’dodga ega; yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradilar. Shunday kishilarni “oqil” deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topishda zehn-idrokka ega bo‘lganlarni “aqlli” deb bo‘lmaydi, ular­ni “ayyor”, “aldoq­chi” degan nomlar bilan aytmoq lozim”.

Anglashiladiki, Sharqda tarbiya ta’limdan bir qadar keng tushuncha ekan, uning zamirida shaxs fazilatlari, bilimliligi, kasb-hunar egallagani, odob-axloqi, umuman, jamiyatda odamlarga qay darajada foyda keltira olishi asosiy mezon hisoblangan.

Tarbiyaviy ruhdagi (“Qobusnoma”, “Mahbub ul-qulub”, “Futuvvatnomayi sultoniy”, “Turkiy guliston yoxud axloq” si­ngari) asarlarda shaxs fazilatlari­ning tasavvurimizdagi eng kichik, oddiy ko‘rinishlari ham batafsil tavsiflanganki, bu shaxsning tarbiyalanganlik darajasini aniqlashda o‘lchov bo‘lib xizmat qiladi. Shaxs fazilatlarini batafsil izohlash, dars jarayonida o‘rganishning yaqqol namunasi Abdulla Avloniy­ning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridir. Asarda insonga xos bo‘lgan fazilatlar, yaxshi va yomon xulq va illatlarga birma-bir izoh berilgan.

Turli tarixiy davrlarda tarbiya oldida turgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘ziga xos usullar, an’analar shakllangan. Bitiktoshlardagi mardlik va ezgulikka da’vat, xalq og‘zaki ijodidagi donishmand­lik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi fazilatlar, odil podshohlar, komil farzandlar, fozil odamlar; o‘rta asrlar mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari, “ustoz va shogird”, “pir va murid” an’analari; jadid tarbiyashunosligi singari boy tarixiy manbalar ko‘p­ligiga guvoh bo‘lamiz.

Sho‘ro davridagi “kommunistik tarbiya” esa yuzaki va yolg‘onligi, milliy, tarixiy asosga quril­magani bilan qisqa vaqt ichida unutildi.

Hozirgi zamon jahon pedagogikasida tarbiyaga turlicha ta’rif berilayotgan bo‘lsa-da, biz uchun sharq mutafakkirlari qoldirgan meros o‘zining hayotiyligi va mazmunan keng qam­rovliligi bilan qimmatlidir. Ayrim hollarda ta’lim muassasalarida ta’limni tarbiyadan ustun qo‘yish, tarbiyani e’tibordan chetda qoldirish holati yoki tarbiyani ta’lim orqali amalga oshirish haqidagi fikrlar ilgari surildi. Ammo jahon pedagogikasidagi bu taj­ribalar o‘zini oqlamaganligini hayot ko‘rsatib turibdi. Rus olimi G.K.Selevko e’tirof etgani­dek, “tarbiyalovchi ta’lim” rus ta’lim tizimiga katta zarar keltirdi — bu ta’limni tarbiyadan ustun qo‘ydi, jamoa tarbiyasini yetarli baholay olmadi, maktabni amaliy hayotdan ajratib qo‘ydi” (Ta’kid bizniki — H. A.).

Maktab amaliy hayotdan ajralib qolishi­ning asosiy sabablaridan biri, shubhasiz (xuddi shuni sharq mutafakkirlari ta’kidlagan edilar), yosh avlod tarbiyasiga faqat nazariy (ta’limiy) tomondan yondashuv bo‘lib, axloqiy faoliyat e’tibordan chetda qoldirilganidir. Haqiqatan, ta’lim olish (o‘quv-biluv faoliyati) — aqliy tarbiyani amalga oshirishi, ya’ni mustaqil o‘qish, fikrlashni rivojlantirishi mumkin. Ammo ta’lim zamiridagi tarbiya nazariy bilimligicha qolave­radi, bu faoliyat emas.

Rus pedagog olimi I.P.Podlasiy (axloqiy) tarbiyani umumiy falsafiy nuqtayi nazar­dan insonning hayotiy shart-sharoitlarga moslashuvi, ijtimoiy tomondan katta avlod hayotiy va axloqiy tajribalarini yosh avlodga o‘tkazishi, pedagogik jihatdan keng ma’noda insonga barcha ta’sirlar jarayoni va uning natijasi, tor ma’noda o‘quv-tarbiya muassasalarida amalga oshiriluvchi tarbiyachilar tomonidan maxsus tashkil etilgan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan va tarbiyalanuvchilarda belgilangan sifat-fazilatlarni shakllantiradigan boshqariluvchi jamoaviy o‘zaro hara­kat, ama­liy nuqtayi nazardan aniq tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan tarbiyaviy faoliyat (tarbiyachilar, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, yetakchilar hamkorligida) jarayoni va natijasi deb izohlaydi. Shuningdek, taniqli rus pedagogi G.M.Kodjasparova tarbiya kategoriyasi­ga ikki yo‘nalishda yondashadi. Birinchidan, tarbiya ijtimoiy hodi­sa sifatida “yangi avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida ularga ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘tkazish jarayoni bo‘lsa, ikkinchidan, pedagogik hodisa sifatida insonga mavjud madaniyatni o‘zlashtirishi uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan (uzluksiz) sharoit yaratish”, deb izohlaydi. Bu tarbiya maxsus tarbiya muassasalarida, oila, maktab, maktabdan tashqari ta’lim muassasa­larida, bolalar va o‘smirlar birlashmalarida, turar joylardagi klublar singari muassasalarda amalga oshiriladi. Tasavvur qiling, mana shu vazifalarni ta’lim zamirida amalga oshirish mumkinmi?

Tarbiyaning maqsad-mohiyati davrlar o‘tishi bilan o‘zgarmaydi, barcha millat uchun ham bir darajada ahamiyatli. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, an’analar tarbiya mazmun-mohiyatini belgilaydi. Bugun nemis, rus yoki ingliz maktabida ham, o‘zbek maktabida ham ta’lim muassasasining tarbiyaviy vazifalarini kuchaytirish, ta’limning “tarbiyalovchi” faoliyatidan qoniqmaslik holatlari olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Tarbiyaga asoslangan maktablar, o‘quvchini hayotga tayyorlashni, ijtimoiylashuvini asosiy maqsad bilayotgan ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganishga ehtiyoj tug‘ilayotganini ta’kidlash joiz.

Ta’lim berish yuksak darajada tashkil qilingan yapon yoki koreys maktablari bitiruvchilari o‘z xalqining milliy qadriyatlari asosida tarbiya topganini bir qarashda, ularning oddiygina salomidan sezamiz. Demak, ta’lim sohasida dunyo mamlakatlarining ilm-fan yutuqlarini o‘qib o‘rganish mumkin, ammo tarbiyada milliy qad­riyatlar, urf-odatlardan chekinish yoki ularni ikkinchi darajaga tushirib qo‘yish mumkin emas.

Tarbiyaning ibratga, namunali amaliy faoliyatga asoslanganini ham unutmaslik joiz. Ya’ni aqliy tarbiya (ta’lim) aniq dastur va rejalar asosida oddiydan murakkabga tomon rivojlanib borsa, tarbiyada (axloqiy tarbiya) jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan yoshlarda o‘z vaqtida tegishli munosabat uyg‘otish, aniq maqsad va natijaga yo‘naltirilgan reja va dasturlar ijrosiga qo‘shimcha ravishda ijodiy yondashuv, ijtimoiy muhitni sinchiklab o‘rga­nish taqozo etiladi. Aqliy tarbiyaga nisbatan axloqiy tarbiyaning faoliyat qamrovi, oldiga qo‘yilgan vazifalar katta bo‘lib, buning samarali ijrosi uchun maktab imkoniyati torlik qiladi. Shunday bo‘lsa-da, ta’lim muassasasi tarbiya jarayonining tashkilotchisi, muvofiqlashtiruv­chisi bo‘lishi maqsadga muvofiq. Chunki oilalar bolalarni nafaqat ta’limiy (fikriy), balki axloqiy va jismoniy tarbiyalash borasida turli darajada, hatto farzandiga odob qoidalarini o‘rgatishga qobil bo‘lmagan ota-ona­lar ham oz emas.

Pedagogik jarayonda axloqiy tarbiyani ham, ta’lim tizimidagidek (davlat ta’lim standartlari singari) uzluksizlik talablaridan kelib chiqib shakllantirish qanchalik katta va murakkab masala bo‘lsa-da, amalga oshirish lozim. Albatta, ma’naviy-axloqiy tarbiya tushunchalarini qolipga solib bo‘lmaydi, ammo talablar shaklida hayot­dan ajralmagan holda ifodalash mumkin. Bu boradagi samarali vositalardan biri, shubhasiz, milliy adabiyot o‘qitishni yanada takomillashtirishdir. Chunki milliy adabiyotimiz azaldan odobga asoslanganligini yodda tutishimiz lozim.

Tarbiya umr bo‘yi davom etadigan jara­yon. Hayotdagi har bir kishi tarbiyaviy ta’sirga ega. U hayot maktabida tarbiyalanar ekan, tarbiyachi sifatida, tarbiya vositasi sifatida o‘zi ham ijtimoiy muhit yaratishga xizmat qiladi.

Yana Abdulla Avloniyga murojaat qila­miz: ma’rifatparvar bobomiz “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida “o‘zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar” deya ota-onalardan, “usuli ta’lim” ko‘rmagan” deya muallimlardan noliydi. Demak, axloqiy tarbiyada oila, mahalla, jamoat, maktab hamkor­ligi hamda bu boradagi muammolar bugun paydo bo‘lgan emas. Bu hamkorlik asosida aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘nlab tarbiya konsepsiyalarini, texnologiyalarini yaratish kun tartibida turgan dolzarb vazifa bo‘lib qola­veradi. Davrimizning muammolari ham, tarbiyaviy imkoniyatlari ham barcha davrlardagiga qaraganda murakkab va ulkandir.
Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling