Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs


Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek


Download 0.97 Mb.
bet139/172
Sana02.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#196195
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   172
Bog'liq
aa69dea

Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek

1. Oybek qaysi yillarda yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan?

A) 1944-1948- yillarda B) 1943-1947- yillarda C) 1945-1949- yillarda D) 1946-1950-ylillarda

2. Oybek 1921-1925- yillarda qaysi o'quv maskanida tahsil olgan?

A) «Navoiy» nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumida B) «Namuna» maktabida C) «Nizomiy» nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumida D) Milliy universitetda

3. Oybekning birinchi she'riy to'plami qanday nomlanadi?

A) Ko'ngil naylari B) Tuyg'ular C) Mash'ala D) Ko’klam

4. Oybekning dostonlari berilgan qatorni aniqlang.

A) Qutlug' qon, Dilbar – davr qizi, Hamza B) O'ch, Hamza, Navoiy, Bola Alisher, Qizlar C) O'ch, Davrim jarohati, Guli va Navoiy, Hamza D) Oltin vodiydan shabadalar, Hamza, O'ch, Qizlar

5. Oybekning romanlari berilgan qatorni aniqlang.

A) O'ch, Qutlug' qon, Hamza B) Ulug' yo'l, Qutlug' qon, Quyosh qoraymas, Navoiy C) Ulug' yo'l, Qutlug' qon, O'ch, Navoiy D) Qutlug' qon, O'ch, Mash'ala, Bola Alisher

6. Qaysi qatorda Oybekning qissalari berilgan?

A) Bola Alisher, Bolalik xotiralari, Nur qidirib B) Tuyg'ular, Ulug' yo'l, O'ch C) Nur qidirib, Hamza, Guli va Navoiy D) Oltin vodiydan shabadalar, O'ch, Hamza

7. Oybekning umir yo’ldoshi Zarifaxonimga atab yozgan she'ri qanday nomlanadi?

A) Orqangdan yig'lab qoldim B) Uzoqdan turib C) Seni erkalaydi dengiz, qirg'oqlar D) Xayoling eslarkan qandaydir dilim

8. A.S.Pushkinning «Yevginiy Onegin» she'riy romanini qaysi adib o'zbek tiliga tarjima qilgan?

A) Abdulla Oripov В) Erkin Vohidov С) Oybek D) H.Olimjon

9. «Drama va rivoya (epos) turlari fabuladir. Bularda xronologik va sababiyat prinsipi bilan bog'liq voqealar, hodisalar, fikrlar tasvirlanadi. Lirika ko'pincha shoir fikrlarini, tuyg'ularini, orzulari va kayfiyatini kuylaydi. Voqealar tasvir etilsa-da, maqsad ma'lum bir hayajon uyg'otish uchun vosita, izlanishgina bo'lib qoladi». Lirikaning drama va eposdan farqli tomonlari to‘g‘risidagi ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) U.Nosir B) H.Olimjon C) Abdulla Oripov D) Oybek

10. «Lirikaning emotsiya vositalari kuchli; ba'zan uzun romandan, faktlar bilan to'lgan har xil yozuvlardan ko'ra, kichkina bir she'r kuchliroq, davomliroq, chuqurroq ta'sir qoldira biladi». Lirikaga yuqori baho berilib, aytilgan ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) Oybek B) Zulfiya C) Abdulla Oripov D) G‘.G‘ulom

11. Oybek «Navoiy» dostonidan keyin o'zbek adabiyoti yulduzlariga bag'ishlangan yana qanday lirik doston yaratadi?

A) Guli va Navoiy B) Hamza C) Mashrab D) Baxtigul va Sog'indiq

12. Oybekning «Mashrab» dostoni qay tartibda qofiyalangan?

A) a b a a a B) a a a b a C) a a b a a D) a a b b a

13. «Mashrab» nomli lirik doston muallifini aniqlang.

A) Abdulla Oripov B) H.Olimjon C) Oybek D) E.Vohidov

14. Xastamen... fikrga, tuyg'uga to‘lib –

Oy menga hamqadam – asta yuramen.

Sog'aysam bir kuni yozamen to'yib,

Hislarga qalbimni qo'shib yozamen. 1951- yilda insult kasaliga yo‘liqqach, o‘zini ijodiy mehnatsiz tasavvur eta olmasligini his qilib, misralarida sog‘ayish va sog‘aygach, to‘yib ijod qilishi mumkin bo‘lgan paytni orziqib kutayotgani aks etgan ushbu satrlar muallifini aniqlang.

A) Mirtemir B) Maqsud Shayxzoda C) Oybek D) G‘afur G‘ulom

15. Oybek haqida kim «Oybek prozada shoir-u, poeziyada prozaikdir» - degan fikrni bildirgan?

A) A.Qahhor B) Z.Saidnosirova C) H.Olimjon D) G‘.G‘ulom

16. «Navoiy» romanidagi badiiy to'qima obrazlar berilgan qatorni aniqlang.

A) Jomiy, Dildor, Sultonmurod B) Dildor, Sultonmurod, Arslonqul C) Arslonqul, Dildor, Behzod D) Majididdin, Dildor, Arslonqul



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling