Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Nazariy ma’lumot. Adabiy asar qahramoni
Download 0.97 Mb.
|
aa69dea
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hamza Hakimzoda Niyoziy
Nazariy ma’lumot. Adabiy asar qahramoni
1. Badiiy adabiyotda aks ettirilgan inson obrazining muqobili sifatida ishlatiluvchi so'zni aniqlang. A) adabiy obraz deyiladi. B) shaxs deyladi. C) qahramon deb ataladi. D) xarakter deyiladi. 2. «Qahramon» tushunchasining adabiyotda yana qanday muqobili uchraydi? A) personaj B) detal C) xarakter D) tip
1. «Tajimon» gazetasi kim tamonidan chop etilgan? A) Hamza B) Ismoilbek Gasprali C) Cho‘lpon D) Fitrat 2. «Tarjimon» gazetasi qayerda nashr etilgan? A) Orenburg B) Qohira C) Boqchasaroy (Qrim) D) Samarqand 3. Uning otasi 16 yoshida Buxoraga borib, «xalq do‘xturi» bo‘lib qaytgan, o‘zbek va fors tillarini bilgan, shu tillardagi diniy va dunyoviy adabiyotdan xabardor kishi edi. Ushbu ta’rif qaysi shoirning otasiga tegishli? A) Hamza B) Muqimiy C) Furqat D) Fitrat 4. Hamzaning qaysi komediyasi o‘zbek dramaturgiyasining eng yuksak namunalaridan biri sifatida uzoq vaqt, nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy teatrlarning ham e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan. Yuqoridagi fikr qaysi asar haqida bormoqda? A) Zaharli hayot yohud Ish qurbonlari B) Maysaraning ishi C) Tobutdan tovush D) Paranji sirlari 5. … Abdulla To‘qmulin bilan uchrashganini shunday izohlaydi: «Ul … yuz sahifadan ortiqroq eski usuldagi she’riy yozishmalarimni ko‘rib, tarbiyalashga kirishdi». Ushbu fikr kim haqida? A) Fitrat B) Furqat C) Muqimiy D) Hamza 6. «Ul … yuz sahifadan ortiqroq eski usuldagi she’riy yozishmalarimni ko‘rib, tarbiyalashga kirishdi» - deb yozgan edi, Hamza o‘zining tajimayi holida «she’riy yozishmalari»ni kimga ko‘rsatgani ta’kidlanadi? A) Abdulla To‘qmullin B) Munavvar qori C) Saidnosir Mirjalilov D) Muqimiy 7. Hamza «eski podsholar turmushidan bir havosiz operalik ro‘mon» bugungi til bilan aytsak, libretto yozgan. Ushbu asarning nomini aniqlang. A) Rabochiy B) Muxtoriyat yoki avtonomiya C) Burungi saylovlar D) Haqiqat kimda 8. 1910- yilda qaysi adib Toshkentning qashqar mahallasida birinchi marta jadid maktabini ochadi? A) Furqat B) Cho‘lpon C) Hamza D) Fitrat 9. «G‘ayrat» kutubxonasi qaysi shoir tomonidan tashkil etilgan? A) Hamza B) Fitrat C) Cho‘lpon D) Furqat 10. «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi», «Qiroat kitobi» asarlari muallifini aniqlang. A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) Fitrat D) Hamza 11. Hamza qachon «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga sazovor bo’ldi? A) 1929- yilB) 1926- yil C) 1924- yil D) 1918- yil 12. «Shundoq qolurmu», «Istibdod qurbonlari», «Loshmon fojiasi» asarlari muallifini aniqlang. A) Behbudiy B) Avloniy C) Fitrat D) Hamza 13. Hamzaning 1905-1914- yillarga oid qo‘lyozma devonida qanday janrlardagi she’rlari jamlangan? A) g‘azal, muxammas, murabba, masnaviy B) ruboiy, muxammas, musaddas, g‘azal C) g‘azal, ruboiy, muashshar, masnaviy D) g‘azal, muxammas, musaddas, masnaviy 14. Hamza 1905-1914- yillarga oid qo‘lyozma devonida qanday taxallusdan foydalangan? A) Nihoniy B) Niyoziy C) Ovsar D) Dumbul 15. Hamzaning 1915-1917- yillarda yozgan she’rlari jamlangan «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» nechata to‘plam holida e’lon qilingan? A) 6 ta B) 9 ta C) 8 ta D) 10 ta 16. Behbudiy qaysi asari bilan yangi san’at turiga asos solib, ko‘plab shoir va yozuvchilarning dramaturgiyaga kirib kelishiga sababchi bo‘ldi? A) Maorif B) Padarkush C) Buxoroda usuli jadid D) Ehtiyoji millat 17. Chiqdi haq uchun achig‘larimiz! Qaroga yopishib sarig‘larimiz! Qadimning rasmini tutib sunnat, Bid’at o‘ldi hama qilig‘larimiz!.. Hamzaning ushbu she’ri birinchi marta qaysi gazetada chop etilgan? A) Sadoyi Turkiston B) Sadoyi Farg‘ona C) Tarjimon D) Qizil bayroq 18. Quyidagi asarlardan qaysilari Hamza qalamiga mansub? A) Ishchilar hayoti, Burungi saylovlar, Juvonboz B) Maysaraning ishi, Baxtsiz kuyov, Zaharli hayot C) Tuhmatchilar jazosi, Loshmon fojiasi, Burungi saylovlar D) O‘ch, Padarkush, Paranji sirlari 19. O‘zbek yozuvchilaridan qaysi biri «O‘zbek sovet adabiyoti va teatrining asoschisi» degan nom olgan? A) Behbudiy B) Fitrat C) Cho‘lpon D) Hamza 20. Hamzaning 20- yillar dramaturgiya sohasidagi to‘rt qismdan iborat asarini toping. A) Eshonlikka xiyonat B) Farg‘ona fojialari C) Burungi saylovlar D) El quzg‘unlari 21. Topsunmi taraqqiy yana bizlarda kamolat, Ketsunmi taassuf elidan bug‘zu g‘adorat? Ushbu baytdagi «bug‘zu» so‘zining ma’nosini toping. A) kek, dushmanlik B) bo‘g‘iz, halqum C) aldamchilik, xiyonatkorlik D) A va B 22. Sotti Husayinning aytishicha, shoir «eski qayg‘uli kuylarni jonlantirish uchun» yangi yo‘llar qidirgan, yangi ashulalar uchun «xushchaqchaq xalq kuylari» ni tanlagan. Uning shunday yo‘l bilan yozgan she’rlari «tor doiradagi o‘quvchilar o‘rtasidagina emas, ashulachilar o‘rtasida ham tarqala boshlagan». Ushbu ta’rif qaysi adib haqida? A) Fitrat B) Cho‘lpon C) Hamza D) Avloniy 23. Hamzaning bu she’ri «Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914- yil 15-iyul sonida bosilgan bo‘lishiga qaramay, muallif ismi tushib qolganligi sababli u Hamzaning birorta to‘plamiga kiritilmagan. Yuqorida fikr Hamzaning qaysi she’ri haqida? A) Ko‘zni oching, qardoshlar B) Millat deganlarning oqar ko‘z yoshi C) Yig‘la, Turkiston D) Vatandoshlarima xitoba 24. Hamzaning «Vatandoshlarima xitoba» she’ri qanday misralar bilan boshlanadi? A) Ey, ahli vatan! Bosdi seni muncha g‘afolat, G‘arq ayladi muncha seni daryoyi jaholat? B) Tushdi sening boshing uza har zillat-u razolat, Boq! Holingga nelar bo‘lar, gar bo‘lsa basorat. C) Qoplab keliyur millatingga zulmat-u g‘orat, Inson sifating vor esa tur, ayla jasorat! D) To‘g‘ri javob yo‘q. 25. Qaysi adabiyotshunos «Vatandoshlarima xitoba» she’ri Hamza qalamiga mansub ekanligini aniqlagan? A) Begali Qosimov B) Boybo‘ta Do‘stqorayev C) Yusuf Sultonov D) Laziz Qayumov 26. Hamza she’rlarida «g‘orat» so‘zi uchraydi. Ushbu so‘zning lug`aviy ma’nosini aniqlang. A) zolimlik B) ko‘z ochiqligi C) barbod qilish D) tubanlik 27. Hamzaning «Muhtarama onalarimiza xitob» she’ri nechanchi yilda yozilgan? A) 1918- yilda B) 1927- yilda C) 1917- yilda D) 1914- yilda 28. Siz edingiz millati chin rahbari, Turmush-u insonni butun sarvari, Koni hidoyat biza siz edingiz, Tarbiya dunyosini payg‘ambari. Yuqoridagi she’riy parcha Hamzaning qaysi she’ridan olingan? A) Muhtarama onalarimiza xitob B) O‘zbek xotin-qizlariga C) Ozod xotin-qizlar qo‘shig‘i D) Vatandoshlarima xitoba 29. Hamzaning Muhammadsharif So‘fizoda qalamiga mansub «O‘qing onalar» she’riga bog‘lagan nazirasi qanday nomlanadi? A) Vatandoshlarima xitoba B) Muhtarama onalarimiza xitob C) O‘zbek xotin-qizlariga D) Ozod xotin-qizlar qo‘shig‘i 30. Hamzaning «Muhtarama onalarimiza xitob» she’ri kimning qaysi she’riga nazira tarzida yozilgan? A) Furqatning «Sabog‘a xitob» she’ri B) Zavqiyning «Zamona kimniki» she’ri C) Muhammadsharif So‘fizodaning «O‘qing onalar» she’ri D) To‘g‘ri javob yo‘q. 31. Jadid adabiyoti mahsuli bo‘lgan «Topmadim» radifli g‘azal muallifini ko‘rsating. A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) Fitrat D) Hamza 32. Hamza Saidnosir Mirjalilovdan olgan xati tufayli, milliy ozodlik yo‘lida katta g‘alaba qo‘lga kiritilganini eshitib bir she’r yozadi. O‘sha she’r berilgan javobni aniqlang. A) Turkiston muxtoriyatina B) Ko‘zni oching, qardoshlar C) Millat deganlarning oqar ko‘z yoshi D) Vatandoshlarima xitoba 33. Hamzaning bu komediyasi mamlakatimiz teatrlaridagina emas, ayni paytda Polsha, Bolgariya kabi xorijiy mamlakatlar teatrlarida ham katta muaffaqiyat bilan sahnalashtirildi. Yuqoridagi fikr Hamzaning qaysi asari haqida bormoqda? A) Zaharli hayot B) Maysaraning ishi C) Boy ila xizmatchi D) Rabochiy 34. Hamza o‘zining qaysi asarini «Turkiston maishatidan olingan qiz-kuyov fojiasi» deb atagan? A) Paranji sirlari B) Maysaraning ishi C) Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari D) Tuhmatchilar jazosi 35. Hamza qaysi asarida ma’rifatli insonning «jaholat va g‘aflat zindoni»dagi fojiali taqdirini tasvirlagan? A) Paranji sirlari B) Maysaraning ishi C) Tuhmatchilar jazosi D) Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari 36. «Yangi saodat» qissasi muallifini aniqlang. A) Abdulla Qodiriy B) Cho‘lpon C) Hamza D) Fitrat 37. «Maysaraning ishi» dramasida, «dehqonlar turmushidan olingan» uch pardali komediyada, voqea go‘yo qayerda bo‘lib o‘tadi? A) Farg‘onaning So‘x shahrida B) Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida C) Jizzaxning Baxmal shahrida D) Toshkentning Chirchiq shahrida 38. Yigirma olti yoshli cho‘pon va o‘n olti yoshli Oyxon qaysi asar qahramonlari? A) Paranji sirlari B) Maysaraning ishi C) Padarkush D) Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari 39. Sovet davri adabiyotshunoslari tomonidan «Oktabrning kuychisi va jarchisi» deb talqin etilgan adibni ko‘rsating. A) Furqat B) Fitrat C) Hamza D) Abdulla Qodiriy Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling