2-mavzu: jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja: Bosma va ommaviy axborot vositalari. Aholining axborotga bo`lgan ehtiyoji
Download 182.06 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja B
2-MAVZU: JAHON MEDIA VA AXBOROT MAKONIDA RAQOBAT MUHITI. Reja: 1. Bosma va ommaviy axborot vositalari. 2.Aholining axborotga bo`lgan ehtiyoji. 3.Matbuotda so`z va axborot olish erkinligi. 4.Axborotning inson ongiga ta`sir muammolari. Bugungi kunda yoshlar mediadan juda keng va faol foydalanmoqda. Ular ijtimoiy tarmoqlarga uyali telefon orqali suratlar yuboradi, turli yangiliklarga munosabat bildiradi, doimiy ravishda virtual makonda muloqotga kirishadi. Agar kattalar ish vaqtini dam olish vaqtidan ajratishga majbur bo’lsa, yoshlar onlayn va offlayn tartibdagi faoliyat o’rtasiga chegara tortish zaruratini his etmaydi. Global tarmoqdan yosh avlod vakillari dunyoning turli mintaqalarida yashaydigan insonlar bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Ular vizual va kommunikativ madaniyatning yangi toifasi vakillaridir. Hozirgi kunda jahonda yuz berayotgan voqealar qisqa fursat ichida zamonaviy ommaviy axborot vositalari ta'sirida boshqa davlatlarga tarqalmoqda. OAV orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‘ talab qilmaydigan g‘oyaviy ta’sir va tazyiqning o‘ziga xosligi shundaki u o‘quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinga sezdirilmasdan amalga oshiriladi va bevosita qurbonlarni keltirib chiqarmaydi. Axborot dushmanni yo‘q qilmagan, katta xarajatni talab qilmagan holda yuqori samara beradi. Bunda g‘oyaviy ta’sir yo‘naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud muammolari jiddiy o‘rganilgan holda asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o‘zgartirishga, ularning regulyatorlik rolini kamaytirishga yoki butunlay yo‘qqa chiqarishga qaratiladi. Bunday ta’sir o‘tkazishda davriy nashrlar tadrijiylik, radio va televidenie fragmentli uzatish usullaridan ustalik bilan foydalanishmoqda. Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, kabel televideniesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 1 milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Shunindek, inson ongini zaharlashga qaratilgan, ularning ruhiyatida agressivlik, tajavvuzkorli, vahshiylik kabi illatlarni uyg'otadigan turli yot g'oyalarning, milliy mentalitetimizga, urf- odat, an'analarimnizga umuman mos kelmaydigan odatlar, pornografik axborotlar, turli xil yolg'on ma'lumotlar, mish-mishlarni tarqatiloyotgani insonni ogohlikka chorlaydi. Shu bilan birgalikdagi, insoniyat hayotiga qarshi qaratilgan noan'anaviy tahdidlar: xalqaro terrorizm, diniy ekstrimizm va fundamentalism, noqonuniy qurol savdosi kundan-kunga milliy, mintaqaviy hamda xalqaro xavfsizlikka xavf solmoqda. I.A.Karimov o'zlarining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobida - "Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko'proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo'lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa, buni sezish, ko'rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg'ab yetish nihoyatda qiyin", - degan fikrlari orqali ma'naviy tahdidlar hamda mafkuraviy tazyiqlar qanchalik kuchga ega ekanligini bayon qilganlar. Darhaqiqat, ma'naviy tahdidlar qurol-yarog' urushlaridan ming marotaba xavfliroq ekanligiga guvoh bo'lmoqdamiz. Globallashuvning avj olib ketishi, "Ommaviy madaniyat"ning keng yoyilishi har bir millatga xos bo'lgan milliy an'analarning, urf-odatlarning, millat o'zligining, millat madaniyatining yo'qolib ketishi xavfini yuzaga keltirmoqda. Millat o'zligining tanazzulga yuz tutushi millatning yo'qolishidir. Demak, milliy madaniyat, an'analar xalqning xalq sifatida, millatni millat sifatida yuksalishi uchun asosiy omildir. Bugungi kunda insonlarning internetdan, ommaviy axborot vositalaridan noto'g'ri foydalanishi, har xil zarali axborotlarni qabul qilishi o'zlari bilmagan holatda diniy ekstremizm, terrorizm, fundamentalism, fanatizm kayfiyatidagi turli oqimlarga kirib qolishiga , "Ommaviy madaniyat" ta'siri natijasida yoshlarimiz turli ajnabiy kiyimlarni kiyishga, "o'z imidj"larini yaratishga, qizlarimizda o'zbek ayoliga xos bo'lmagan odatlarning avj olishiga va shu kabi axloqqa zid qoidalarni o'zlariga tegishli deb hisoblashiga, hali ongi-tafakkuri shakllanmagan bolalarning pornografiyaga ishqiboz bo'lib qolishiga olib kelmoqda. Bu esa, milliy mentalitetni yo'qolib borishiga, insonlarning ma'naviy dunyoqarashi qasshoqlashishiga, o'zligini unitib, manqurtga aylanishiga zamin yaratmoqda. Ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun, avvalo, insonlarda turli manaviy dunyosini buzuvchi, zararlovchi buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurashish qobig'ini - mafkuraviy immunitetni rivojlantirish zarur. Shuningdek, ta'lim-tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'ya olsak, yoshlarimizni ommaviy axborot vositalaridan foydalinishini doimiy nazorat qilib borsak ma'naviy tahdidlarga qarshi samarali kurashgan bo'lamiz. OAV bu so‘z, obrazlar, musiqa va shu kabi shakllarda axborotlarning tezlikda uzatilishi va ommaviy tarqatilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday vositalarga ommaviylik, davriylik, tinglovchi yoki o‘quvchilar auditoriyasining kengligi kabi xususiyatlar xosdir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda OAV imkoniyati va qamrovining keskin darajada o‘sganini qayd etish lozim. OAVning qamrov darajasi, boshqacha aytganda, mahalliy, umummilliy, mintaqaviy yoki xalqaro (global) miqyosda faoliyat ko‘rsatishi ham uning ta’sir doirasini ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. Download 182.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling