2-mavzu: jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja: Bosma va ommaviy axborot vositalari. Aholining axborotga bo`lgan ehtiyoji
Media va axborotni yaratish hamda undan foydalanish
Download 182.06 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja B
Media va axborotni yaratish hamda undan foydalanish
MAS yosh jurnalistlarni media va axborot platformalari bilan o’zaro munosabatga kirishish, kasbiy muloqot hamda kontentni tayyorlash bo’yicha zarur kompetensiyalar bilan ta’minlaydi. Ushbu ko’nikma va qobiliyatlar sirasiga xalqaro standartlar va madaniyatlararo bag’rikenglikni e’tiborga olgan holda media va axborot axloq-odobi tamoyillarini o’zlashtirish kiradi. MAS materiallari va vositalarini saralash, moslashtirish va/yoki yaratish qobiliyati jurnalist uchun zarur bo’lgan ko’nikmadir. OAVning bo’lajak mutaxassisida mustaqil ravishda mediaresurslar yaratish ko’nikmasi shakllanishi ham juda muhim, chunki bu narsa uni mediatadqiqotlar olib borishga undaydi va kasbi doirasida tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Foydalanuvchi kontenti ham yangi, ham an’anaviy medialarga diqqatni jalb etishning asosiy omili bo’lib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning boshqa foydalanuvchilari bilan o’zaro munosabatga kirishish yoshlarning Internetni turli platformalarda qo’llashga undovchi asosiy sabablardan biriga aylanmoqda. SHu ma’noda O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar va boshqa mobil media imkoniyatlarini fuqarolarning jamiyat hayotida hamda millat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy va siyosiy masalalar yuzasidan ijtimoiy muloqot-munozaralarda faol ishtirok etishini ta’minlash nuqtai nazaridan yanada faollashtirish zarur. MAS bo’lg’usi jurnalistlarga izchillik bilan jamiyatda media va axborot savodxonligini keng targ’ib qiluvchi kuchga aylanish imkoniyatini yaratadi. Amerika Qo’shma SHtatlari dunyodagi eng erkin matbuotga ega mamlakatlardan biridir. Matbuot boshqa rivojlangan davlatlarga qaraganda, qonuniy yoki hukumat tomonidan o’tkaziladigan turli ta’sirlar va cheklashlardan nisbatan holi. Eng muhim kafolat esa AQSH Konstitutsiyasiga kiritligan birinchi qo’shimcha hisoblanadi. “Birinchi qo’shimcha”da shunday deyiladi: ”Kongress... so’z va matbuot erkinligini cheklovchi qonunlar qabul qila olmaydi...”. Bunga qo’shimcha tarzda SHtatlar hukumatlariga «biror-bir odamga zaruriy qonun ijro etilishida rad qilishni» man etadigan AQSH Konstitutsiyasiga 14 – o’zgartirish qo’llaniladi. “Fuqorolik va siyosiy institutlarimizning umrboqiyligi so’z erkinligi bilan bog’liqdir...”. AQSH inson huquqlari to’g’risida xalqaro kelishuvlarning ayrimlarigagina a’zo bo’lgan. SHulardan biri “Fuqarolik va siyosiy huquqlar xalqaro Pakti”ga 1992 yilda AQSH hukumati qo’l qo’yar ekan, Pakt mamlakat hududida to’g’ridan-to’g’ri ta’sir kuchiga ega emsaligini va 20 – moddaga (urush va nafratni targ’ib qilish to’g’risida) nisbatan AQSH qonunchiligida qabul qilingan va juda katta so’z erkinligini ta’minlaydigan me’yorlar asosida ish ko’rish to’g’risidagi istesnoni kiritib ketgan. Buyuk Britaniyada hujjat sifatida qabul qilingan Konstitutsiyaning yo’qligi sababli, so’z erkinligini qonuniy ta’minlaydigan kafolatlar ham mavjud emas. 1688 yilda huquq to’g’risida qabul qilingan Bill” so’z erkinligi va parlamanet ishining borishi to’g’risidagi debatlar sudlarni hech qanday shubhaga qo’ymasligi, hamda parlament devoridan boshqa har qanday joyda bo’linishini” tantalanali ta’kidlagan. Bu o’sha paytda matbuot uchun imtiyozli huquq vazifasini o’tagan. Mamlakat to’rtta mustaqil davlatlar birligidan, ya’ni Angliya, Uels, SHimoliy Irlandiya va SHotlandiyadan tashkil topgan. Buyuk Britaniyada Konstitutsiya qabul qilinmagan, yuqorida zikr etilgan mustaqil davlatlar Buyuk Britaniya parlamentiga bo’ysunsalar-da, o’z boshqarish tizimlarga ega. Mamlakat qonunchiligida Doktrina muhim ahamiyatga ega. Doktrina - mamlakat qiroli va qirolichasining amr va farmonlariga asoslangan qonuniy hujjatdir. Buyuk Britaniyada axborot erkinligi to’g’risida qonun yo’q. Hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar maxfiy parda bilan yashiriladi. 1989 yilda qabul qilingan “Davlat sirlari to’g’risida”gi qonunga muvofiq davlat sirlarini oshkor etishga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan. Unda matbuot uchun nima mumkinligi va nima mumkin emasligini bilib olish mumkin. Qonun 1911 yilda ishlab chiqilgan bo’lib 1989 yilda o’zgartirishlar kiritilgan holda qabul qilindi. Qonunga muvofiq quydagilar davlat sirlariga kiritiladi: 1. Xavfsizlik xizmatlari ma’lumotlari va ilm-fanga oid kashfiyotlar; 2. Mudofaa ma’lumotlari; 3. Xalqaro aloqalarga oid ma’lumotlar; 4. Milliy xavfsizlikka daxldor jinoyat va tergov ishlari; 5. Davlatlar o’rtasida o’zaro ishonch asosida almashilgan ma’lumotlar; 6. Boshqa bir davlat yoki tashkilotga bildirilmagan, ishonch asosida olingan yoki ularga berilgan ma’lumotlar. GFRda 1949 yilda Konstitutsiya qabul qilingan qonuni mavjud bo’lib, uning 5- moddasida so’z va nashr erkinligi, shuningdek barcha axborot manbaalaridan ma’lumot olish kafolatlanadi. senzuraga yo’l qo’yilmaydi. Germaniya aholisida o’zaro raqobatchi OAVlar orasida istaganini tanlash imkoniyati bor. 1995 yilning oxirlariga kelib germaniyada faqatgina kundalik matbuotning sotuv hajmi kuniga 25 mil. atrofidagi nusxani tashkil etdi. Hozirgi kunda kelib esa 32 mil. nushani tashkil etadi. Xulosa Mazkur majmuada Internet makonida uchraydigan xavf-xatar, tahdidlar va tahlikalar haqida so‘z yuritilgani oqibatida, o‘quvchida Internetning zararli va buzg‘unchi vosita ekanligi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘onishi ehtimoli ham mavjud. Aslida esa, unday emas. Internetda juda ko‘p foydali, ma’rifiy va qiziqarli axborotlar mavjud bo‘lib, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalangan shaxsda turli sohalar bo‘yicha bilimi oshib boradi. Ota-onalarning vazifasi «virtual olamning» barcha ijobiy jihatlari bilan farzandlarini tanishtirish va o‘rgatib borish hisoblanadi. Buning uchun barcha axborotlarni ota-onalar, avvalo, chuqur tekshirishi va buni farzandlariga ham o‘rgatishi, ularni chinakam ulkan ilm va yuksak san’at namunalari bilan tanishtirib, ularda dunyo qiyofasiga mos bo‘lgan qadriyatlar tizimini shakllantirishi lozim bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, yosh foydalanuvchilarda Internet-madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Insonda moddiy va ma’naviy ehtiyojlar muttasil yuksalib boradi. Bir ehtiyojning qondirilishi bilan undanda yuksakroq yangi ehtiyoj tug’iladi. Avvalgidan yaxshiroq, qulayroq, go’zalroq buyumni va san’at asarini yaratishga intilish, oldingisidan teranroq, aniqroq bilimni egallashga, mukammalroq texnikaviy asbob-uskunalarni ixtiro qilishga urinish, turmush darajasini yanada yaxshilash va farovonlashtirishga intilish – insonga xos xususiyatdir. Bu tabiiy ravishda tug’iladigan ijtimoiy ehtiyoj tufayli kishilar rivojlanadilar. Download 182.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling