She’riy san’atlar- g’azal ko’rki
1. Adabiyotshunoslikda juda bo’rttirish yoki o’ta kuchaytirib tasvirlash…
A) mubolag’a B) tajnis C) tarse’ D) talmeh
Abdulla Qodiriy
1. Anvarning: «...zero, zulmi naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo’lishi tajribalar bilan sobitdir», - so’zlari kimga nima maqsadda aytilgan?
A) Xudoyorxonga Sultonalini ozod qilishini so’rab B) Ra’noga sabr qilish zarurligini tushuntirish uchun C) Abdurahmon domlaga tanbeh berish maqsadida D) Sultonaliga qochish to’g’risida maslahat so’rab
2. Anvarni o’z ixtiyori bilan xon huzuriga borishdan qaytarolmagan Qobilboy nima uchun ukasining xayrlashuviga javob bermay chiqib ketadi?
A) maslahatlashmoq uchun do’stlarining oldiga ketgandi B) o’z jonini qutqazish uchun tez ketib qoladi C) nima qilishini bilmay gangib qolgan edi D) do’stlari bilan ahdlashganday ukasini qutqarish haqida o’ylagandi
3. Xon tomonidan Anvar o’limga buyurilgan lavhada kimning xatti-harakatini jasorat sifatida baholash mumkin?
A) Muhammad Niyoz B) Sultonali C) Jallod D) Xudaychi
4. Qobilboy va uning ikki do’sti qanday qilib Anvarni qutqarishga muvaffaq bo’lishdi?
A) jazo maydonida yasovullar oz edi B) yasovullar ham Anvarning qatlini xohlashmas edi C) tahorat olish bahonasida Anvar ular bilan qochishga muvaffaq bo’ldi D) xalq ularga yordam berdi
5. A.Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanida yozilishicha, «Raqibni bu qadar jaso
ratda ko‘rgan Xudoyorxonning kiprik ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va bir oz so‘z topolmagandek tamshanib turdi». Keyin Anvarga qarata nima dedi?
A) Tuzumni unutding! B) Chiqar buni, jallod!!! C) Sen bizg‘a xiyonat qilding, it uvli! D) Pusulmonchilik qig‘onsan-da!
Do'stlaringiz bilan baham: |