Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Download 0.97 Mb.
|
aa69dea
Abdulla Qahhor
1. Ellikboshining og'ilga kirib qilgan harakatlaridan maqsad nima edi? A) tasalli berish B) yordam ko'rsatish C) o’g'rini aniqlash D) tamagirlik 2. Amin Qobil boboga «Yo'qolmasdan ilgari bormidi?», «Qanaqa ho'kiz edi?», «Yaxshi ho'kiz birov yetaklasa keta beradimi?» kabi savollarni nima uchun beradi? A) pristavga xabar yetkazish maqsadida B) Qobil boboning rost gapirayotganini aniqlash uchun C) ellikboshi bergan ma'lumotlarni tekshirish maqsadida D) Qobil boboning ustidan kulish uchun 3. Inson qadri, shaxs erkinligi barcha narsadan ustun ekanligi «Dahshat» hikoyasidagi qaysi jumlada aks etgan? A) hozir kim go'ristonga borib, Asqarponsotning qabriga pichoq sanchib keladi? B) bitta qo'yni nazarlari ilmaydi C) Unsin nokas odam ekan, bitta qo'yni deb... Koshki arziydigan narsa bolsa! D) tag'in nima qilasan Ganjiravonda... 4. «Dahshat» hikoyasida qanday fikr ilgari surilgan? A) erning o'z xotiniga zulm qilishi dahshatli illat ekanligi B) ayolning eriga isyon qilishi fojiaga olib kelishi C) inson erki, shaxs hurligini ulug'lash D) insonning o'zi qodir boimagan ishga qo'l urmasligi 5. A.Qahhorning «Dahshat» nomli hikoyasi qahramoni Unsinga bir odamchalik yordam bergan jumla qaysi qatorda berilgan? A) ganjiravonga jo‘nash umidi B) «O‘likning joni yo‘q» C) «Bismillohir rahmonir rohim» kalimasi D) erining «javob beraman» degani 6. A.Qahhorning qaysi asarida holat va kechinmalar uchun «sovuq ter chimoq», «bir qarich cho‘kkanday bo‘lmoq», «tizzasi qaltiramoq», «tildan qolmoq», «yerga qapishib ketmoq», «lafzdan qaytmaslik», «yuragiga rahna solmoq», «dami ichiga tushmoq», «ko‘z oldiga kelmoq», «ko‘zlari javdiramoq», «ko‘pi ketib ozi qolmoq», «o‘zini yerga tashlamoq», «yerning qariga yubormoq» kabi xalqona ibora va ifodalar o‘ta mahorat bilan qo‘llangan? A) «O‘tmishdan ertaklar»da B) «Dahshat»da C) «Sinchalak»da D) «Og‘riq tishlar»da 7. Ola ho‘kiz mojarosi qaysi asarda badiiy aks etgan? A) «O‘tmishdan ertaklar»da B) «Shum bola»da C) «O‘g‘ri»da D) «Susambil»da
1. «Hapalak» she'rining deyarli barcha baytlarida qo'llangan she'riy san'atni belgilang. A) tazod B) mubolag'a C) ishtiqoq D) takrir 2. «Hapalak» g'azalida shoir kimga murojaat qiladi? A) allohga B) qishloq oqsoqoliga C) hukmdorga D) xalqning o'ziga 3. Suv topilmaganda tahorat uchun qum, guvalak kabilardan foydalanish islom shariatida nima deyiladi va bu tasvir she'rda nima uchun keltirilgan? A) tayammum - ilojsizlik ifodasi B) g'usl - pokdomonlikni ko'rsatish uchun C) sunnat - pok e'tiqod nishonasi D) farz - taqvodorlikni ko'rsatish maqsadida. 4. Hakim Turobiyning qaysi illatlari she'rda aks etgan? A) mohir tabib bo'lishiga qaramay yolg'onchiligi B) rahmsizligi, yo'lto'sar qaroqchiligi C) xon saroyida jallod vazifasini bajarishi D) tuvak va sumaklar bilan savdo qilishi
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling