Nazariy ma’lumot. She’riy roman
1. Birinchi o‘zbek she’riy romani qaysi qatorda berilgan?
A) “Boqiy dunyo” B) “Ziyod va Adiba” C) “Bir savol” D) barchasi to‘g‘ri
2. “Bir savol” nomli she’riy roman muallifini aniqlang.
A) H.Sharipov B) Muhammad Ali C) Mirmuhsin D) H.Olimjon
3. Dastlabki she’riy romanlar kimlar taqdirini yoritishga bag‘ishlangan edi?
A) baxti kemtik bo‘lib qolgan iste’dotli shaxslar taqdirini ko‘rsatishga B) jamiyatdagi kiborlarning kirdikorlarini ko‘rsatishga C) jamiyat axloqining burilishiga qaratilgan edi D) A, C
4. Qanday sababga ko‘ra oliy tabaqa vakillari munosabatida samimiylik yo‘q?
A) munofiq yolg‘onni axloq darajasiga ko‘targani uchun B) turmishining tayini yo‘q bo‘lgani uchun C) umr mazmunini anglab yetolmaganidan D) olg‘a intilishdan yiroq bo‘lgani uchun
5. Muhabbatga qanday joyda o‘rin yo‘q?
A) kiborlar orasida B) samimiylik yo‘q joyda C) yurak toshga aylanganda D) jamiyatning munofiqligidan
6. She’riy roman qanday xususiyatlarni bayon etishga qaratilgan janr hisoblanadi?
A) tafsilotlarni bayon qilishga qaratilgan janr B) unda lirik, epik xususiyatlar aralash keladi C) hajm jihatdan yirik hisoblanmaydi D) A, B
7. Bayron qalamiga mansub “Don Juan” qanday tipdagi asar hisoblanadi?
A) hikoya B) she’riy bo‘lmagan epik asar C) lirik, epik xususiyat aks etgan asar D) qissa
Do'stlaringiz bilan baham: |