Yusuf Xos Hojib
1. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonidagi aql obrazini aniqlang.
A) O‘gdulmish B) O‘zg‘urmish C) Kuntug‘di D) Oyto‘ldi
2. “Qutadg‘u bilig” dostonida asosiy vaqealar nechanchi bobdan boshlanadi?
A) 13-bob B) 9-bob C) 12-bob D) 5-bob
3. Yusuf Xos Hojib haqiqat ustunlari deb kimlarni nazarda tutgan?
A) shoirlarni B) qozilarni C) shohlarni D) olimlarni
4. “Qutadg‘u bilig”da ta’riflangan Kuntug‘di o‘tirgan uch oyoqli kursi nimaning ramzi?
A) o‘limning B) adolatning C) aqlning D) salomatlikning
5. Quyidagi asarlarning qaysi birida odil shoh obrazi kuchliroq aks etgan?
A) “Qutadg‘u bilig” B) “Devoni lug‘otit turk” C) “Majolis un-nafois” D) “Hibat ul-haqoyiq”
6. XI asr turkiy xalqlar ma’naviyatining o‘ziga xos qomusi bo‘lgan “Qutadg‘u bilig” dostoni ayrim jihatlari bilan qaysi asarlarni esga soladi?
A) Nizomulmulk “Siyosatnoma”, Qobus ibn Vushmgir “Qobusnoma” B) Nizomulmulk “Siyosatnoma”, Kaykovus “Qobusnoma” C) Firdavsiy “Shohnoma”, Said Ahmad “Taashshuqnoma” D) Xo‘jandiy “Latofatnoma”, Nizomulmulk “Siyosatnoma”
7. “Qutadg‘u bilig” dostoni haqida ilk ma’lumot bergan shaxsni aniqlang.
A) Fransuz sharqshunosi J.Amediy B) S.Mutallibov C) Fitrat D) daniyalik olim V.Tomsen
Do'stlaringiz bilan baham: |