Didaktik doston
1. Turkiy tildagi ilk badiiy dostonni aniqlang.
A) “Hibat ul-haqoyiq” B) “Tazkirat ush-shuaro” C) “Devoni lug‘otit turk” D) “Qutadg‘u bilig”
2. “Suyakning qimmati ichida, iligi borligidadir,
Odamning qimmati bilimdadir.” Ushbu fikr muallifini aniqlang.
A) Yusuf Xos Hojib B) Ahmad Yugnakiy C) Navoiy D) Ibn Sino
3. “Ko‘ni so‘z asaltik, bu yolg‘on basal”. Baytdagi basal so‘zining ma’nosini aniqlang.
A) zahar B) sharbat C) tuz D) sarimsoq piyoz
4. “Qutadg‘u bilig” asarida arabcha va forscha so‘zlar necha foizni tashkil qiladi?
A) 10-15 % B) 20 % C) 4-5 % D) 12 %
5. Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni aruzning qaysi bahrida yozilgan?
A) mutaqorib B) sari C) hazaj D) rajaz
6. Hozirgi paytda butun dunyoda foydalanilayotgan o‘nlik tizimining yaratilishida qaysi asar muhim ahamiyat kasb etadi?
A) “Al Jabr val-muqobala” B) “Hisob al-hind” C) “Javomi ilm an-nujum val harakat as-samoviya” D) A, B
7. “Adabiyotga oid “Fann ash-she’r” asarining muallifini aniqlang.
A) Koshg‘ariy B) Tarobiy C) Ibn Sino D) Yugnakiy
8. “Qutadg‘u bilig” dostonidagi qanoatni ifodalovchi obraz qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Kuntug‘di B) O‘zg‘urmish C) Oyto‘ldi D) O‘gdulmish
9. Qavoq solib osmon ko‘zi yosh sochar,
Chechak maysa quvnoq kulib yuz ochar.
Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni aniqlang.
A) tashbeh, talmeh B) jonlantirish, tazod C) o‘xshatish, tarse’ D) tashbeh, mubolag‘a
Do'stlaringiz bilan baham: |