Repraduktiv salomatlikning ijtimoiy- psixologik jihatlari
Download 0.57 Mb.
|
Oila psixologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- REPRODUKTIV SALOMATLIK VA HUQUQ
Repraduktiv salomatlikning ijtimoiy - psixologik jihatlari Reproduktiv salomatlik va huquq Oilani rejalashtirish Kontratseptiv madaniyatni shakillantirish Kontratseptiv vositalar va davriy seksual abstitensiya ( hayz siklini nazorat qilish ) REPRODUKTIV SALOMATLIK VA HUQUQ Har bir kishi sog‘lom bolalar tug‘ilishi , mustahkam aloqalar va baxtli oilalar shakllanishining asosi bo‘lgan reproduktiv salomatlikni muhofazaz qilish huquqiga egadir . Repraduktiv salomatlik UNFPA missiyasining tub sohalarini-har bir bola xohlangan bo‘lishini , har bir turg‘un – xavfsiz bo‘lishini , har bir yosh yigit OIV infeksiyasidan holi bo‘lishini va har bir ayol va qizga zarur darajada hurmat va ehtirom bilam munosabatda bo‘lishni qamrab oladi . Rivojlanish uchun reproduktiv salomatlikning muhimligi oliy darajada e’tirof etiladi . 2005 yilda butunjahon sammitida mamlakatlar rahbarlari Mingyillik rivojlanish maqsadlarining doiraviy konsepsiyasiga yana bir maqsadni qo‘ydilar . Ushbu maqsad reproduktiv salomatlik muhofaza qilishi bilan barchani qamrab olishini ta’minlashdan iboratdir . Aholishunoslik jamg‘rmasi 2015 yilga borib barcha odamlarning reoproduktiv salomatligini muhofaza qilishni hayotga joriy etish uchun safarbarlik ishiga ko‘maklashishni to‘liq yoqlaydi . O‘zbekiston reproduktiv salomatlik va onalar salomatligi hukumat tomonidan ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan 2009 yil iyundan boshlab sog‘likni saqlash tizimini mustahkamlash hamda aholining xizmatlardan va axborotdan foydalanishini kengaytirish uchun ,, Reproduktiv salomatlik va onalar sog‘ligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takomillashtirish bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish boshlandi . Milliy statistikaga muvofiq mustaqilliknig 20 yildan kamroq davri mobaynida O‘zbekistonda onalar o‘limi ancha qisqardi , ayni vaqtda ayollarning umr kechirishi 67 yoshdan 75 yoshgacha jiddiy ravishda o‘sdi . Biroq ayniqsa sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida xizmatlardan barchaning foydalanishi va ularning sifatini ta’minlashda hamon muammolar mavjud . UNFPA reproduktiv salomatlik va onalar sog‘ligi sohasida tibbiy xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini kafolatlash uchun O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi salohiyatini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi . Tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirish , zaruz jihozlar bilan ta’minlash , homiladorlik va tug‘ruq lar xavfsizligini kafolatlash hamda shoshilinch doyalik xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha mamlakatda olib borilayotgan ishlarni qo‘llab quvvatlaydi . Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling