Badiiy so’z qudrati
1. Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima?
A) kitob B) so'z C) ohang D) muallif
2. San'atning asosiy turlari ko'rsatilgan qatorni belgilang.
A) musiqa, tasviriy san'at, kino, badiiy adabiyot, teatr B) badiiy adabiyot, drama, komediya, fojia, lirika C) haykaltaroshlik, ilm-fan, kino, musiqa, satira D) musiqa, lof, kino, raqs, qo'shiqchilik, askiya.
3. “Tushuntirish” va «tasvirlash» so'zlariga berilgan to'g'ri izohni belgilang.
A) tushuntirish fanga ham, adabiyotga ham xos B) tasvirlash fanga ham, adabiyotga ham xos C) fan tasvirlaydi, adabiyot tushuntiradi D) fan «nima bo'lganini» tushuntiradi, adabiyot «qanday bo'lganini» tasvirlaydi
4. «Adabiyot-hayotning in'ikosi». Ushbu fikrni mantiqan to'g'ri davom ettirgan jumlani belgilang.
A) shuning uchun ham unda hamma narsa boricha aks etadi B) unda hayotdagi voqealar aynan ko'rsatib beriladi C) ammo uning suratga tushirilgan ayni nusxasi emas D) faqat unda hayotdagi ijobiy hodisalar tasvirlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |