Hamza Hakimzoda Niyoziy
1. «Yig'la, Turkiston» she'ridagi «ruhsiz tanlar» iborasi kimlarga nisbatan qo'llangan?
A) tarixda o'tgan erksevar ajdodlar ruhiga B) ozodlik va hurlik yo'lida shahid ketgan qahramonlarga C) o’zligini, ajdodlarini unutgan, istiqbol uchun qayg'urmaydigan ma'rifatsiz xalqqa D) Umrini keraksiz mashg'ulotlar bilan o'tkazib, ilm qadriga yetmaydigan yoshlarga
2. Hamza qaysi she'rida boshqa xalqlarning taraqqiy etganiga havas qiladi va o'z illatining ko'zi ochilmasligidan iztirobga tushadi?
A) «Yig'la, Turkiston B) «Yaxshi holin yo'qotgan oqibatsiz Turkiston» C) «Dardiga darmon istamas» D) «O'zbek xotin-qizlariga»
3. Hamzaning «Dardiga darmon istamas» she'rida qanday dard haqida so'z yuritmoqda?
A) o’sha kezlarda yurtda keng tarqalgan yuqimli kasallik B) ichkilikbozlik va qimor
C) mustamlakachilik va istilo D) ma'rifatsizlik, jaholat
4. «O’zbek xotin-qizlariga» she'ri qaysi janrda yozilgan?
A) to'rtlik B) g'azal C) murabba' D) muxammas
5. «Yig'la, Turkiston» she'rida qanday fikr ifodalangan?
A) ma'rifatsizlik tufayli qoloqlikda qolgan el ahvoliga achinish B) manfaatparast boylarni qoralash C) mutaasib dindorlarni qoralash D) rus imperatorlarini tanqid qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |