Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Download 0.75 Mb.
|
5-11 adabiyotdan mavzuviy test
Muhammadniyoz Komil
1. Ogahiyning 1855-1856- yillarda bitilgan «Gulshani davlat» asarida yuksak iqtidor egasi deb tilga olingan shoir, siyosiy arbob, mohir tarjimonni aniqlang. A) Navoiy B) Muqimiy C) Komil D) Furqat 2. «Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy» asarining muallifini aniqlang. A) Komil B) Ogahiy C) Lutfiy D) Sulaymon Buxoriy 3. 1873- yilning 12-avgust kuni Gandimiyon degan bog‘da «Tinchlik shartnomasi» qaysi tarixchi adib tomonidan yozilgan? A) Komil B) Furqat C) Muqimiy D) Cho‘lpon 4. Komil Xorazmiy o‘z nota tizimini qanday ataydi? A) Xorazm notasi, Tanbur notasi B) Komil notasi, Tanbur notasi C) Tor notasi, Komil notasi D) Shashmaqom 5. Komilning «Dardoki, yo‘q jahon elida sharmsorlig» matla‘li g‘azali kimning g‘azaliga muxammas bog‘lab yozilgan? A) Lutfiy B) Ogahiy C) Munis D) Pahlavon Mahmud 6. Shoirlar orasida birinchilardan bo‘lib asarlarida odamni faqat ilohiy yaratiq sifatida emas balki tirikchik tashvishlari va ijtimoiy muammolarga ko‘milgan inson sifatida aks ettirgan adib kim? A) Navoiy B) A.Qahhor C) Komil Xorazmiy D) Muqimiy 7. To gulshani jamoling ochar gul chaman-chaman, Zulfi muanbaring ochar anbar suman-suman. Ushbu matla‘da g‘azal ta’svir va tasir kuchini oshirgan unsurni aniqlang. A) So‘zlarning takror qo‘llangani B) Jarangdor qofiyadoshlardan foydalanilgani sabab C) Oshiq va ma’shuqa munosabati yangicha rakursga aks ettirilgani D) A va C 8. «Garchi so‘zung gavhari qimmatbaho yo‘q dahr aro, Bor alarning qoshida xarmuhradin arzon so‘zung». Komilning ushbu misrasidagi xarmuhra so‘zi qanday ma’noni anglatadi? A) tosh B) suv C) eshakmunchoq D) ko‘zmunchoq 9. «Qaysi falak burjining mehri pur anvorisen?» matla‘li g‘azal kimning qalamiga mansub? A) Muqimiy B) Zavqiy C) Komil D) Ogahiy 10. «Chu bo‘ldi tanimga makon po‘stin…» keyingi misrani toping. A) Valek erur oshiyon po‘stin B) O‘luk jismima berdi jon po‘stin C) Birovga berib ming do‘kon po‘stin D) Olibman emas roygon po‘stin 11. Ogahiy «Gulshani davlat» asarida Komilni qanday nom bilan tilga olgan? A) yuksak iqtidor egasi B) Polvonniyoz C) Pahlavon D) Xorazmiy 12. «Muhammmadniyoz»ning Xorazm shevasida aytilishi… A) Muhammadniyoz B) Matniyoz C) Maziddin D) Himmatilla 13. Komil ijodida qaysi ustoz shoirlar ta’siri (taqlid) ko‘rinib turadi? (majmua asosida) A) Lutfiy va Buxoriy B) Bobur va Navoiy C) Navoiy va Fuzuliy D) Bobur va Pahlavon Mahmud 14. Putun olti tiyindin qarorlardi Bo‘lish oqchasini shumor ayladi. Tagiga chizilgan so‘zning ma’nosini aniqlang. A) berish B) hisoblash C) ta’riflash D) tejash 15. Komil saroyda necha yil xattotlik qilgan? A) salkam 10 yil B) 11 yil C) 9 yil D) 12 yil 16. Komil va M.Rahimxon boshchiligida nechanchi yilda Xivada «Toshbosma» usulida kitob chop etish yo‘lga qo‘yilgan? A) 1880- yil B) 1874- yil C) 1673- yil D) 1890- yil 17. Komilning ijodiy merosini shartli ravishda 2 qismga ajratish mumkin, ular qaysilar? A) Mumtoz va sho‘rolar adabiyotida yaratilgan asarlar B) Yangi uslub adabiyotida va jadid adabiyotida C) Sho‘ro davri adabiyoti, mustaqillik davr adabiyoti davrida yaratilgan asarlar D) Mumtoz va ma’rifatchilik yo‘nalishdagi asarlar 18. Sulaymon Buxoriyning qaysi asarida so‘zlarga izoh berish uchun mashhur shoirlar qatoriga Muhammadniyoz Komilning ham she’rlari kiritilgan? A) Lug‘ati Chig‘atoyi va turki usmoniy B) Sanglox C) A, B D) To‘g‘ri javob berilmagan 19. Muhammadniyoz Komilning «Kamol» she’rining matla‘si berilgan javobni ko’rsating. A) Zamiring ayla musaffo kadardin oyinadek, Desangki, jilvagar etsun anga jamol kamol. B) Emas kishiga bu dunyoda mulk-u mol kamol, Husuli ilm-u hunar keldi bezavol kamol. C) Murod ma‘rifatullohdur taallumdin, Emas mubohasa-u jang ila jidol kamol. D) Niholi bebari sarkashdurur avomunnos, Ne sud topmasa manig‘a ittisol kamol. 20. Komilning «Suv» radifli g‘azali qaysi yo‘nalishda bitilgan? A) marifatchilik yo‘lida B) jadidchilik yo‘lida C) mumtoz yo‘nalishida D) hajviy yo‘nalishida 21. Komilning marifatchilik yo‘nalishidagi asarlarining g`oyasini aniqlang. A) Ijtimoiy turmush muammolari B) Ilm hunar va ma’rifatning ahamiyatlari C) siyosatga aralashish befoyda ekanligi D) A, B 22. Sango bo‘lsa ham oy-u kun qilma faxr, Rikob-u, rikob-u, rikob-u, rikob. Rikob so‘zining lug‘aviy ma’nosini aniqlang. A) Uzangi B) Ot ustida bo‘lsang C) Ko‘kda bo‘lsang D) Arzimaydi 23. Sango bo‘lsa ham oy-u kun qilma faxr, Rikob-u rikob-u rikob-u rikob. Ushbu baytdagi Rikob so‘zi qanday ma’noda qo‘llangan? A) Uzangi B) Ot ustida bo‘lsang C) Ko‘kda bo‘lsang D) Arzimaydi 24. Hijob so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to`g`ri izohlangan? A) bulut B) parda C) yoping‘ich D) devor 25. Milliy musiqamizga zamonaviy ma’nodagi notani joriy etgan dastlabki musiqashunosni aniqlang. A) Muqimiy B) Bobur C) Lutfiy D) Komil 26. Komilning «Rost» maqomiga bog‘langan qaysi original musiqalari notaga ko‘chirilgan holda hozirga qadar yetib kelgan? A) Murabbayi Komil B) Peshravi Feruz C) A, B D) Murabbayi Rost 27. Komil ijodidagi dunyoning nobopligi, adolatsizlikning kuchi, odamlar o‘rtasidagi munosabatining chigalligi haqida mulohaza yuritilgan lirik g‘azalni belgilang. A) Po‘stin B) «Mango qilma ey mohi oliyjanob» C) «Tokay yuray yo‘lingda ko‘zim yoshun oqturib» D) «Har qachon kulbama falon jonim»
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling