Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Nazariy ma’lumot. Badiiy adabiyotda ruhiyat tahlili
Download 0.75 Mb.
|
5-11 adabiyotdan mavzuviy test
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdulla Oripov
Nazariy ma’lumot. Badiiy adabiyotda ruhiyat tahlili
1. U yoki bu badiiy asar nimaga qarab baholanadi? A) inson ruhiyatining qanchalik teran aks ettirishiga ko‘ra B) inson ruhiyatining qanchalik ishonarli aks ettirishiga ko‘ra C) ruhiy tahliliga qarab D) A, B 2. Qizlar sizni narmoda deb aytadi, Qizlarning aytgani menga botadi. Martlar olishmaydi siltab otadi, Maydon bo‘lsa ish ko‘rsatib ketadi. Ushbu so‘zlar kimning kimga aytgan so‘zlari? A) Oybarchinning Alpomishga B) Qaldirg‘ochning Alpomishga C) Oybarchinning Qorajonga D) Surhayl kampirning o‘g‘illariga 3. Eng murakkab tushuncha bu… A) ruh B) tuyg‘u C) his D) barchasi 4. Ruhiyatga xos masalani biz nima yordamida his eta olamiz? A) yurak B) ko‘ngil C) his D) tuyg‘u 5. Insonning ko‘ngliga tegishli narsa … A) ruh B) istak C) muhabbat D) barchasi 6. Inson aqli nimaga ojizlik qilishi mumkin? A) o‘zini anglashga B) ruhni to‘la tushunishga C) ko‘ngilni quvvatlashga D) hayotiy chalkashlikni anglashga 7. Insonning o‘z ruhiyatini tushunmasligi qaysi mo‘tabar manbada qayd etilgan? A) Injilda B) Qur’onda C) Avestoda D) Tavrot 8. Adabiy qahramonning xatti-harakatigina emas balki uning qaysi xususiyati ham tabiatiga muofiq bo‘lishi kerak? A) o‘ylari B) ko‘ngil kechinmalari C) holati D) ruhiyati 9. Qachondir qilingan ish aytilgan fikr eskirishi mumkin, ammo insonning qaysi xususiyati eskirmaydi? A) qiyofasi B) inson ruhiyatining hususiyatlari C) tili D) e’tiqodi 10. Nega badiiy adabiyotda inson ruhiyati tasviriga alohida o‘rin beriladi? A) uning ko‘ngil kechinmalari eskirmaganidan B) ruhiyatining serjiloligidan C) kelajak uning qo‘lida ekanidan D) barchasi 11. Badiiy ijodda nimaning o‘rni beqiyos hisoblanadi? A) qahramonning B) pafosning C) ruhiyatning D) sezimlarning 12. Romandagi voqealar va qahramonlar eskirishi mumkin, ammo badiiy asarlarda qaysi xususiyat eskirmaydi? A) ifoda va tasvir B) holat C) ruhiyat D) tarixiy fakt Abdulla Oripov 1. Ayniqsa bahor paytlarida bu yerlarga yog‘in ko‘p tushar, … ming xil o‘t-o‘lan, chuchmoma-yu qizg‘aldoqlar bilan, quyonto‘pig‘-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qo‘zigullar bilan qoplanar, atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Ushbu tabiat manzaralari qaysi ijodkorning tarjimai xolida uchraydi? A) Erkin Vohidov B) Uyg‘un C) Abdulla Oripov D) Oybek 2. “… Har holda so‘zlarni qofiyalashga ishqiboz bo‘lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaveradi. Fikr esa yo‘q. Yozmaslikning ham iloji yo‘q”. Ushbu jumlalar kimga tegishli? A) Oybek B) Abdulla Oripov C) O.Yoqubov D) Ch.Aytmatov 3. 1974-1976- yillarda “Sharq yulduzi” oybitigida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan adib kim? A) Xudoyberdi To’xtaboyev B) Erkin Vohidov C) S.Ahmad D) Abdulla Oripov 4. Abdulla Oripovning birinchi marta respublika matbuotida bosilib chiqqan she’ri qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) “Qushcha” B) “Mitti yulduz” C) “Ko‘zlarim yo‘lingda” D) “Onajon” 5. “Ruhim”, “Xotirot”, “Yurtim shamoli” she’rlari muallifi qaysi qatorda berilgan? A) Erkin Vohidov B) G‘.G‘ulom C) Abdulla Oripov D) Cho‘lpon
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling