Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Nazariy ma’lumot .Mumtoz adabiyotimizning asosiy xususiyatlari
Download 0.75 Mb.
|
5-11 adabiyotdan mavzuviy test
Nazariy ma’lumot .Mumtoz adabiyotimizning asosiy xususiyatlari
1. Mumtoz adabiyotda ma’noni boyitish va ta’sir kuchini oshirish uchun nimalardan foydalaniladi? A) badiiy tasvirdan B) badiiy san’atlardan C) dialog va paliloglardan D) A va B 2. Mumtoz adabiyotimizda g‘azallarning asosini nima tashkil qiladi? A) ishq B) falsafiylik C) tasavvuf D) A, B, C 3. Aruz so‘ziga to’g’ri izoh berilgan javobni aniqlang. A) arabcha “ustun” B) Arabistondagi vodiy nomi C) arabcha uch D) A, B 4. Vasl so‘zining ma’nosini aniqlang. A) yetishish B) ko‘rish C) jamol D) dahan 5. Rubobim tori ikkidir biri quvnoq biri mahzun... Ushbu misra muallifini aniqlang. A) Ogahiy B) E. Vohidov C) Munis D) Fuzuliy 6. Aruz vaznida yopiq bo‘g‘inni qaysi unlilar ifodalaydi? A) a, e, u B) o, e, o‘ C) o‘ ,u, o D) a, o, e 7. Segona nima? A) sedana B) kunjut C) uchlik D) bilim 8. Mumtoz she’riyatda ma’shuqa bilan bog‘liq ko‘plab tashbehlar qo‘llangan. “Sarv”- yorning bo‘yiga, “sumbul”- yorning sochiga, “la’l”- yorning labiga tashbeh qilinadi. Yorning qosh va kipriklariga qo‘llangan tashbehni aniqlang. A) qilich, xanjar B) yoy, o‘q C) yoy, qilich D) qilich, kamon 9. Aruz vazni qanday qonuniyatga asoslangan? A) she’rdagi misralar bo‘g‘inlarining umumiy miqdoriga B) qofiya va intonatsiya bilan birikkan misralarning muayyan tartibda takrorlanishiga C) hijolarning uzun-qisqaligiga va ochiq-yopiqligiga D) B, C 10. Aruz so‘zi qanday so‘zdan olingan va qanday ma’noni anglatadi? A) arabcha “aruz” so’zidan olingan bo’lib, “ustun” ma’nosinni anglatadi B) arabcha so‘z bo‘lib, “Aruz” ataladigan vodiy nomi C) forscha “bo‘lak” D) A, B javoblar to‘g‘ri 11. Aruz vaznida undosh bilan tugagan so‘zdan so‘ng unli bilan boshlanadigan so‘z kelganda, oldingi undoshning keyingi unliga qo‘shib olinishi … A) imola deb ataladi B) vasl deb ataladi C) madd deb ataladi D) zihof deb ataladi
1. “Shoh va gado” dostonining muallifini aniqlang. A)Xoja B)Ubaydullaxon C)Badriddin Hiloliy D)Hasanxoja Nisoriy 2. Xojaning ota- bobolari haqida kimning qaysi asarida batafsil ma’lumot berilgan? A) Xoja “Maqsad ul-atvor” B) Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” C) Bahodirxon “Bahodiri soniy” D) To‘g‘ri javob yo‘q 3. Xoja 1529- yili kim tomonidan shayxulislom etib tayinlangan? A) Shayboniyxon B) Ubaydullaxon C) Kistan Qaro D) Muhammad Muhsin Mirzo 4. Xojaning “Maqsad ul-atvor” asari qaysi asarga nazira shaklida yozilgan? A) Navoiy “Xamsa”sidagi “Farhod va Shirin” dostoniga B) Navoiy “Xamsa”sidagi “Hayrat-ul abror” dostoniga C) Ganjaviy “Xamsa”sidagi “Haft paykar” dostoniga D) Ganjaviy “Xamsa”sidagi “Maxzan ul-asror” dostoniga 5. Boburga yuborilgan Xojaning qaysi she’ri unga maqbul bo‘lib maqtagani qayd etiladi? A) “Kunduzi avqotim sening hajringda nolon kechadur ”deb boshlanuvchi g‘azalida B) “Lutf aylab oxir Hirida shayxulislom ettilar” deb boshlanuvchi g‘azalida C) “Qo‘ying yig‘layki ushbu kun sevar yorimdin ayrildim” deb boshlanuvchi g‘azalida D) “Voy yuz ming voykim dildordin ayrildim” deb boshlanuvchi g‘azalida 6. “Gulzor” nomli asar kimga bag‘ishlab yozilgan? A)Ubaydullaxonga B)Husayn Boyqaroga C)Temur Sultonga D)Kistan Qaroga 7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida Xojaning qaysi asarlari saqlanib qolgan? A) “Miftoh ul-adl”, “Gulzor” B) “Miftoh ul- adl”, C) “Muzakkiri ahbob”, “Gulzor” D) “Muzakkiri ahbob”, “Maqsad ul- atvor” 8. Xojaning “Miftoh ul- adl” asari kimga bag‘ishlab yozilgan? A) Kistan Qaroga B) Shayboniyxonga C) Temur Sultonga D) Ubaydullaxonga 9. Xojaning Boburga yuborgan maktubi kimning qaysi asarida qayt etilgan? A) Xoja “Miftoh ul-adl” B) Xoja “Gulzor” C) Hasanxo‘ja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” D) Xoja “Maqsad ul- atvor” 10. Qaysi adib Bahoviddin Naqshband qabri yonida dafn qilingan? A)Abdurahmon Jomiy B)Xoja C)Badriddin Hiloliy D)So‘fi Olloyor 11. Hasanxoja Nisoriyning qaysi asari 1993- yilda Ismoil Bekjon tomonidan forschadan o‘zbekchaga tarjima qilinib, “Meros” nashriyotida chop qilindi? A) “Maxzan-ul asror” B) “Mubayyin” C) “Miftoh ul-adl” D) “Muzakkiri ahbob” 12. “Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur, Kecha ham zulfing kabi holim parishon kechadur” deb boshlanuvchi g‘azal kimning qalamiga mansub? A) Shayboniyxon B) Xoja C) Bobur D) Lutfiy 13. Hasanxo‘ja Nisoriyning 1566- yilda yozgan “Muzakkiri ahbob” asarida qancha ijodkor haqida ma’lumot berilgan? A) 200 B) 290 C) 293 D) 300 ga yaqin
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling