Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs
Download 0.75 Mb.
|
5-11 adabiyotdan mavzuviy test
Shermuhammad Munis
1. Munis qaysi hukmdor davrida bosh miroblik lavozimini egallagan? A) Avazbiy inoq B) Muhammad Rahimxon I C) Eltuzarxon D) Olloqulixon 2. Munisning pedagogikaga oid risolasini ko‘rsating. A) “Firdavs ul-iqbol” B) “Munis ul-ushshoq” C) “Savodi ta’lim” D) “Ravzat us-safo” 3. Munisning tarixiy asarini belgilang? A) “Ravzat us-safo” B) “Savodi ta’lim” C) “Munis ul-ushshoq” D) “Firdavs ul-iqbol” 4. Munis qaysi asarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan? A) “Ravzat us-safo” B) “Kalila va Dimna” C) “Qobusnoma” D) A, C 5. Munis qaysi janrda sermahsul ijod qilgan? A) ruboiy B) g‘azal C) qasida D) tuyuq 6. Munisning qaysi g‘azalida shoirning shukronasi, ko‘tarinki kayfiyati, farahbaxsh holati ifodalangan? A) “Istading, ey dil, ko‘zini, joning kerakmasmu sanga” B) “Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor” C) “Kulbam sari jononim kelmasmu ekin ayo” D) “Uzoringda nure ayondur ayon” 7. Munis qaysi hukmdorlarga bag‘ishlab qasida bitgan? A) Avazbiy inoq, Muhammad Rahimxon I, Olloqulixon B) Avazbiy inoq, I C) Etuzar, Olloqulixon , Avazbiy, Muhammad Rahimxon D) Olloqulixon, Muhammad Rahimxon I, Avazbiy 8. Munis so‘zining ma’nosini aniqlang. A) jasur, qo‘rqmas B) odil, dono C) shafqatli, rahmdil D) do‘st, o‘rtoq 9. Xorazmda yashab ijod etgan taniqli shoir, mohir tarixchi, epchil siyosatchi, tarjimonni ko‘rsating. A) Komil Xorazmiy B) Feruz C) Ogahiy D) Munis 10. Qaysi laylivash parining Majnuni bor men telbadek, Qaysi Majnunning meningdek bir pari ruxsori bor. Ushbu baytda qanday san’at qo‘llangan? A) savolu javob B) talmeh C) tanosub D) tajnis 11. Do‘stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz. Ushbu baytdagi “sahbo” so‘zining ma’nosini aniqlang. A) qon B) dard, alam C) may, sharob D) qayg‘u, g‘am
1. “Qo‘qon adabiy muhiti” deb ataladigan estetik hodisaning asoschisi, Qo‘qon xoni, iqtidorli shoir va davlat arbob qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) Feruz B) Xudoyorxon C) Umarxon D) Subhonqulixon 2. Amiriyning ustozi qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) Xudoyqul Bahodirxon B) Shahobiddin Xiyoboniy C) Yusuf Hamadoniy D) Muhammad Yoqub 3.Umarxon Andijon viloyatidagi qaysi shaharga asos solgan? A) Marhamat B) Shahrixon C) Mingtepa D) Marg‘ilon 4. Umarxon qanday taxallus bilan ijod qilgan? A) Amiriy B) Jur’at C) Xoniy D) Xolis 5. Navoiyning 25 g‘azaliga taxmis bog’lagan shoirni aniqlang. A) Munis B) Amiriy C) Fuzuliy D) Ogahiy 6. Amiriyning qaysi g‘azali mashhur “Chorzarb” kuyiga solinib, qo‘shiq qilib kuylangan? A) “Nega muncha siyohdur ko‘ngul” B) “Junun daryosi tug‘yon aylamakni mendin o‘rgandi” C) “Lab uyur takallumg‘a zulfini parishon qil” D) “Qoshingga tekkuzmagil qalamni” 7. “Bel-u og‘zi xayolin mug‘tanim bo‘lmaysan ey ko‘ngil, Na kim yo‘qdir anda shukr ayla, yo‘q-u boringni kuydirma”. Ushbu baytda Amiriy qanday she’riy san’at qo‘llaganini aniqlang. A) Tashbeh B) Tanosub C) Irsoli masal D) Husni ta’lil 8. “Lab uyur takallumg‘a zulfini parishon qil” deb boshlanuvchi g‘azal muallifini aniqlang? A) Amiriy B) Ogahiy C) Munis D) Fuzuliy 9. O‘zbek adabiyoti tarixidagi “Qo‘qon adabiy muhiti” asoschisini aniqlang. A) Umarxon B) Olimxon C) Nodira D) Uvaysiy 10. Umarbekka, ham adabiy maslahat, ham siyosiy bilim bergan ustozi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Muhammad Yoqub B) Mulla Abdukarim C) Mushrif D) Mirzo Qalandar 11. Xon taxallusi bilan ijod qilgan adibni aniqlang. A) Maxmur B) Amiriy C) Madalixon D) Abdullaxon 12. Qoshingg‘a teguzmagil qalamni, Bu xat bila buzmagil raqamni. Ushbu bayt muallifini aniqlang. A) Amiriy B) Dilshod Barno C) Uvaysiy D) Anbar Otin
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling