Намуна (Образец)
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Download 321.39 Kb. Pdf ko'rish
|
патфиз стоматология 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu. Hujayraning shikastlanishi.
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi – Patologik fiziologiya fani tibbiy-
biologik fanlar majmuasiga taalluqli bo‟lib, barcha bakalavriat fakultetlar talabalari uchun 4-5 semestrlarda o‟qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‟quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy (tibbiy biologiya va genetika, odam anatomiyasi, gistologiya, biofizika, normal fiziologiya, bioorganik, bioanorganik va biologik kimyo) fanlardan etarli bilim va ko‟nikmalarga ega bo‟lishlik talab etiladi. Patologik fiziologiya fanidan olingan bilimlariga asoslanib, patologik anatomiya, terapiya, xirurgiya, urologiya, akusherlik-ginekologiya, nevrologiya va boshqa yo‟nalishdagi klinik fanlarni o‟zlashtirish uchun asos bo‟ladi. 3 II. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg’ulotlari) 2.1 Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Patologik fiziologiya moduliga kirish. Umumiy nozologiya. Patologik fiziologiya moduli haqida tushuncha, uning vazifalari, rivojlanishning tarixiy bosqichlari. Umumiy nozologiya tushunchasi. Patologik reaktsiya, patologik jarayon, patologik holat, tipik patologik jarayonlar, kasallik tushunchalari. Kasallik davrlari. Etiologiya haqida tushuncha. Kasallikning rivojlanishida sabab va sharoitlarning ahamiyati, ichki va tashqi omillarning kasallikning yuzaga kelishida bir-biri bilan dialektik bog'liqligi. Kasallikni tasniflash printsiplari. Patogenez – kasallikning rivojlanish qonuniyatlari, etiologik omilning o'ziga xosligi bilan tavsiflanishi va kasalliklar va patologik jarayonlar rivojlanishi qonuniyatlari. Kasallik patogenezida funktsional va strukturaviy o'zgarishlar birligi. Patogenezda sabab-oqibat munosabatlari, birlamchi va ikkilamchi shikastlanish. "Illatli halqa" tushunchasi. 2-mavzu. Hujayraning shikastlanishi. Hujayra shikastlanishning asosiy ko'rinishlari. Hujayra shikastlanishining sabablari: ekzogen va endogen; noinfektsion va infektsion-parazitar; fizik, kimyoviy, biologik. Hujayra shikastlanishining umumiy mexanizmlari, spesifik va nospesifik belgilari. Morfologik va funktsional shikastlanish belgilari. Download 321.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling