II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. CAD/CAM/CAE tizimlariga kirish.
Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Faning maqsad va mohiyati. Umumiy ma’lumotlar bazasi asosida ishlab chiqarish va loyihalashni integratsiyalash.
2-mavzu. Avtomatik loyihalash tizimining komponentlari, tarkibi va strukturasi.
Apparat ta’minoti. Vektorli grafikli qurilmalar. Nuqtali grafikli qurilmalar. Apparat vositalari konfiguratsiyasi. Windows operatsion tizimi bazasida avtomatik loyihalash tizimi. Dasturiy komponentlar.
3-mavzu. KOMPAS-3D tizimining asosiy tushunchalar.
KOMPAS-3D tizimni o‘rnatish. Apparat vositalariga qo‘yiladigan talablar. KOMPAS-3D tizimi interfeysi. Instrumental panellar. Hujjatlar oynasini boshqarish. Hujjatlarning turlari. Koordinata sistemalari. O‘lchov birliklari. Hujjatlarni yaratish va saqlash. Hujjatlar ustida amallar bajarish.
4-mavzu. KOMPAS-3D tizimida eskiz, tana va massivlar bilan ishlash.
Umumiy ma’lumotlar. Eskizlar bilan ishlash. Kutubxonalar. Eskizlar rejimi. Eskiz yaratish tartibi. Tanalar haqida umumiy ma’lumotlar. Qiyalik burchagi. Yupqa devorlar. Operatsiya natijalari. Massivlar haqida ma’lumot. To‘r yo‘nalishidagi massivlar. Nuqta yo‘nalishidagi massivlar. Jadval yo‘nalishidagi massivlar. Oynali massiv.
5-mavzu. KOMPAS-3D tizimida modellarni yaratish.
Geometrik obyektlar. Parallel va perpendikulyar qirqimlar. Aylana. Ellipslar. Ko‘pburchaklar. To‘g‘riburchaklar. Chiziqlar. O‘lchamlar. Chiziqli o‘lchamlar. Burchakli o‘lchamlar. Avtoo‘lchamlar. Tahrirlash. Nusxalash. Ko‘p tanali modellashtirish.
6-mavzu. KOMPAS-3D tizimida uch o‘lchamli modellarni yaratish
Daraxt modellari. Obyektlarni tanlash. Model tasvirlarini boshqarish. Obyektlarni filtrlash. Yordamchi obyektlar. Xizmat ko‘rsatuvchi funksiyalar. Hisoblash. Birlashtirish. Model yig‘masini tahrirlash.
7-mavzu. KOMPAS-3D tizimida makroelementlar va hujjatlar bilan ishlash
Uch o‘lchamli makroelementlar. Uch o‘lchamli makroelementlarni yaratish. Chizmalarni rasmiylashtirish. Geometrik kalkulyator. Geometrik obyektlar. Nuqtalar. Qatlamlar. Texnik talablar. Grafikli hujjatlarni o‘lchash. Belgilar. Shablonlar. Jadvallar. Jadvallardan foydalanish. Yordamchi chiziqlar. Yoylar.
Do'stlaringiz bilan baham: |