Намуна (Образец)
Download 126.53 Kb.
|
Ischi dastur(Programmalash asoslari) 1-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-semestr uchun jami: 60 126
- 2-semestr uchun jami: 90 126
VII. Baholash mezoni Baholashni shartli ravishda 2 qismga bo‘lamiz: dastlabki baholash va asosiy baholash. Dastlabki baholashda talabaga ma’ruza mashg’uloti, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ta’lim nazoratlari bo’yicha baho qo’yiladi. Talaba har bir mavzu bo’yicha nazorat uchun qo‘yilgan talablarning kamida 60 % ni bajarsa ijobiy baholanadi. Dastlabki baholashda fandan talabaning olgan baholarini rasmiylashtirish uchun fakultet dekanatlarida dastlabki baholash qaydnomasi tashkil etiladi. Unda barcha nazoratlar bo‘yicha baholar qo‘yiladi va o‘rtachasi aniqlanadi, o‘rtacha baho ijobiy bo‘lsa Yakuniy nazoratga ruxsat beriladi. Birta nazoratdan qoniqarsiz baho olganda ham o’rtacha baho hisoblanmaydi va talaba Yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Asosiy baholashda talaba fandan yakuniy nazorat topshiradi, bunda ham kamida 60 % to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa ijobiy baholanadi. Yakuniy nazorat test sinovi shaklida olinganda test variantiga 25 ta savol beriladi. Bunda talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi: to’g’ri javoblar foizi 0 ÷ 59,9 % oralig’ida bo’lganda – 2 (qoniqarsiz) baho; to’g’ri javoblar foizi 60 ÷ 69,9 % oralig’ida bo’lganda – 3 (qoniqarli) baho; to’g’ri javoblar foizi 70 ÷ 89,9 % oralig’ida bo’lganda – 4 (yaxshi) baho; to’g’ri javoblar foizi 90 ÷ 100 % oralig’ida bo’lganda – 5 (a’lo) baho. Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis (ob’ektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart. | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Download 126.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling