Namuna olingan bo‘lsa, uning tarkibidagi kislorodning massasi


Download 1.6 Mb.
bet19/69
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1515816
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
KImyodan masala ishlash usullari

12.6. Oltingugurt (V)oksid, azot (V)oksid, vodorod sulfid, vodorod xlorid, azot ()oksid, uglerod ()oksid, ammiak gazlarining qaysilari ta'siridan suvda hollangan lakmus qogozi kok rangga bo'yaladi? (Javob: ammiak).
12.2. GIDROKSIDLAR
Zamonaviy tushunchalarga kora gidroksidlar asoslar va kislotalarga bolinadi. Gidroksidlarning bolinishini NaOH, Ca(OH)2, Al(OH)3, Si(OH)4, N(OH)5, P(OH)5, S(OH)6, Mn(OH)7 gidroksidlar misolida qarab chiqsak, bu gidroksidlardan dastlabki uchtasi asoslarga, qolganlari kislotalarga kiradi. Kislotalarga kiradigan Si(OH)4, N(OH)5, P(OH)5, S(OH)6, Mn(OH)7 gidroksidlardan Si(OH)4 shu tarkibli yoki bir molekula suv yoqotib H2SiO3 tarkibli, N(OH)5, P(OH)5, S(OH)6, Mn(OH)7 gidroksidlar esa tegishli miqdor suv yoqotib HNO3, H3PO4, HPO3, H2SO4 va HMnO4 tarkibli kislotalar hosil qiladi.
12.2.2. KISLOTALAR
12.13. Oltinchi guruh elementining yuqori oksidlanish darajali kislotasi tarkibida kislota angidridining massa ulushi 87,6 % bo'lsa, kislotaning formulasini toping.
Yechish: .
Mazkur tenglama yechilsa, R=79 hosil bo‘ladi, bu selenga to‘g‘ri keladi. Demak, kislotaning formulasi: H2SeO4.
12.2.3. KISLOTA VA ASOSLAR HAQIDAGI HOZIRGI TASAVVURLAR
Kislota va asoslar haqida qator nazariya, gipoteza va kontseptsiyalar mavjud. Kislota va asoslarning Arreniusning elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi asosidagi tasavvurlari Ostvald tomonidan olg‘a surilgan edi. Unga ko‘ra kislotalar deb, dissotsilanganda vodorod va kislota qoldig‘i ionlarini hosil qiladigan murakkab moddalarga aytiladi. Asoslar  dissotsilanganda metall va gidroksil ionlari hosil qiladigan murakkab moddalardir. Dissotsilanganda H+ yoki OH- ionlari hosil qilmaydigan qator murakkab moddalar ham borki, ular kislota yoki asos xossalarini namoyon etadi. Bunday moddalarning kislotaasos xossalarini tushuntirish uchun bir necha nazariya va gipotezalar tavsiya qilingan. Hozirgi vaqtda solvosistema, proton (BrenstedLouri), elektron (Lyuis), proton-elektron-gidrid (Kreshkov) va boshqa qator tushunchalar bizning kislota va asoslar haqidagi tasavvurlarimizni ancha boyitadi.
Proton nazariyasiga ko‘ra kislotalar deb, proton donorlariga, asoslar deb, proton akseptorlariga aytiladi. Elektron nazariyasiga ko‘ra elektron akseptorlari kislotalar, elektron donorlari esa asoslar deb ataladi. Proton-elektron-gidrid kontseptsiyasiga asosan berilgan sharoitda proton donori yoki elektron akseptori bo‘la oladigan barcha moddalar yoinki kationlar kislotalar, proton akseptori yoki elektron donori bo‘la oladigan modda (ion) lar asoslar deyiladi. Bir reaksiyada kislota bo'lgan zarracha boshqa reaksiyada asos bo‘lishi mumkin. Bu u ishtirok etayotgan konkret sharoitga bog‘liq.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling