Namunaviy fuqarolar hayoti


Download 25 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi25 Kb.
#1202753
Bog'liq
Namunaviy fuqarolar hayoti


Namunaviy fuqarolar hayoti
Erkin bozor munosabatlariga o ‘tib borilayotgan bir davrda ijtimoiyiqtisodiy tizimni fuqarolik huquqi subyektlarining huquqiy holati va ular o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar tabiatining o‘ziga xos tarzda o‘zgarishi va yangicha mazmun bilan boyimoqda. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolik huquqi subyektlari o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan qonunlarni qabul qilish va ularni muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Fuqarolik huquqi rivojlangan har qaysi huquq tizimining mustaqil va muhim sohalaridan biri hisoblanib, u qadimgi Rim davlatida shakllangan huquq tizimining dastlabki poydevori sifatida vujudga kelgan. 0 ‘sha davrda sodir etilgan barcha xatti-harakatlar, dastlab fuqarolik huquqiy normalar bilan tartibga solinganligi, keyinchalik fuqarolik huquqining keng qamrovli rivojlanishiga, ijtimoiy hayotdagi ahamiyatining ortishiga, huquq sohalari qatoridagi egallagan mavqeining mustahkamlanishi va o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek, «Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o ‘zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish 0 ‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir»1. XXI asrda 0 ‘zbekistonda ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ustivor vazifalardan biridir. Bu esa, o‘z navbatida huquqshunos olimlarimiz zimmasiga tegishli o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlami hozirgi davr talabi va ilm-fanning so‘nggi yutuqlarinihisobga olgan holda yangilab borish, o‘zbek tilida o‘quv adabiyotlarini yaratish vazifasini yuklaydi. Ushbu o ‘quv qo‘llanma Prezidentimiz I.A. Karimovning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining tub muammolari, ularni hal etish yoMlari va usullari bayon etilgan asarlaridan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan, Fuqarolik kodeksidan, bozor iqtisodiyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan amaldagi qonunlar, farmonlar, farmoyishlar va qarorlar mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlangan. Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘z mazmuniga ko‘ra yuridik oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘qituvchilari, aspirantlari hamda amaliyot xodimlariga moljallangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi huquq tizimida asosiy o‘rinlardan birini egallagan fuqarolik huquqining tushunchasi, predmeti, metodi, vazifalari, tamoyillari tizimi, fuqarolik huquqining manbalari, fuqarolik, huquqiy munosabat, fuqarolik huquqining subyektlari, obyektlari, bitimlar, vakillik va ishonchnoma, muddatlar va da’vo muddatlari, mulk huquqi va uning turlari, majburiyat huquqi, majburiyatlarning vujudga kelishi va bekor bolish asoslari, shartnomalarning umumiy qoidalari haqida umumiy tasaw ur hamda bilimga ega bo'lishga yo‘naltirilgan. 0 ‘quv qo‘llanmani yozish jarayonida akademik X. Rahmonqulov, prof. I.B. Zokirov, prof. R.J. Ro‘ziyev, prof. В.В. Samarxo‘jayev, prof. O. Oqyulov, prof. Sh.N. Ro‘zinazarov va boshqa huquqshunos olimlarning darslik, o‘quv qoMlanma va ilmiy maqolalaridan keng foydalanilgan. Ushbu o‘quv qoMlanma mualliflarning 2001-2009-yillarda Mirzo Uug‘bek nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti talabalariga o‘qigan ma’ruzalari asosida yozilgan bo‘lib, u oliy o‘quv yurtlari huquqshunoslik fakulteti talabalari, magistrantlari, aspirantlari, tadqiqotchilari va fuqarolik huquqi muammolarini o‘rganuvchilar, sud amaliyoti xodimlari va shu solia bilan qiziquvchilarga m o‘ljallangan. 0 ‘quv qo‘llanma yuzasidan bildirilgan barcha tanqidiy fikrlar hamda takliflar uchun oldindan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar fuqarolik huquqi fanining predmetini tashkil etadi. Birinchidan, bu munosabatlar mulkiy munosabatlar bo‘lib, ular mol-mulk, moddiy boyliklar bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Ikkinchidan, bu munosabatlar mulk bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlar hisoblanib, ayrim hollarda ular mulkiy munosabatlar bilan bogMiq boMmaydi. Ana shu ikkita guruh munosabatlari fuqarolik huquqining predmeti hisoblanadi. Har ikkala guruh munosabatlarini ushbu munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, erkinligi, daxlsizligi, mulkiy mustaqilligi, ularning xususiy ishlariga biror-bir kishining o ‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligidan kelib chiqadigan holat birlashtiradi. Boshqacha aytganda, bu munosabatlarxususiy huquq subyektlari o‘rtasida vujudga keladigan xususiy munosabatlardir. Mulkiy, shuningdek nomulkiy munosabatlar, agarda ular yuqorida sanab o ‘tilgan xususiyatlarni o ‘zlarida ifoda etmasa, unda fuqarolik huquqining predmetiga kirmaydi va tabiiyki, uning normalari bilan tartibga solinmaydi. Bir tarafning ikkinchi tarafga m a’muriy yoki boshqacha usulda bo‘ysunishiga asoslangan, shu jum ladan, soliq, moliyaviy munosabatlarga nisbatan fuqarolik huquqi normalari qo‘llanilmaydi. Aynan shu sababdan davlat organlari o ‘rtasida davlat va boshqa ommaviy mulkni boshqarish vujudga keladigan munosabatlar ham fuqarolik normalari ta ’siri doirasidan tashqarida bo‘ladi. Fuqarolik huquqi predmeti tarkibiga kiruvchi mulkiy munosabatlar, o‘z navbatida, mol-mulkning ma’lum shaxslarga tegishliligi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar hamda mol-mulkni boshqarish yoxud uni bir shaxsdan boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga bo‘linadi. Yuridik jihatdan ushbu tasnif (boMinish) ashyoviy, tashkiliy va majburiyat huquqlari (munosabatlari) degan darajalar yordamida tavsiflanadi. www.ziyouz.coFuqarolik huquqining predmeti hisoblangan shaxsiy nomulkiy munosabatlar, o‘z navbatida, mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan munosabatlarga bo‘linadi. Fuqarolik huquqining predmetini tashkil etuvchi ushbu munosabatlar doirasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasi 1-qismida belgilangan. Bunga muvofiq, Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bogiiq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solinishi nazarda tutilgan. Demak, fuqarolik huquqi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar doirasi o‘zining keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, fuqarolik huquqi predmeti tarkibini tashkil qiluvchi munosabatlar doirasi ancha kengaytirildi. Fuqarolik kodeksining 2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan fuqarolik muomalasi ishtirokcliilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va ularni amalga oshirish tartibi bevosita tashkiliy masalalarni hal qilish bilan bog‘liq. Qonunlar, qonunosti hujjatlarida belgilangan va o ‘zlarining Nizom hamda ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan, huquqiy maqomlariga muvofiq, fuqarolik muomalasida ishtirok etuvchilar, o‘zlariga tegishli mulk huquqi va ashyoviy huquqlardan foydalanib, mulkiy munosabatlarni o ‘matish maqsadida turli tashkiliy masalalarni hal qilishga harakat qiladilar, ya’ni tashkiliy-huquqiy munosabatlarda ishtirok etadilar.
Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling