Nanotuzilmalar va nanotexnologiyalar asoslari mavzu: Katta hajmli nanomateriallar olish usullari
Download 12.76 Kb.
|
Nanotuzilmalar va nanotexnologiyalar asoslari mavzu Katta hajml
Nanotuzilmalar va nanotexnologiyalar asoslari NANOTUZILMALAR VA NANOTEXNOLOGIYALAR ASOSLARIMavzu: Katta hajmli nanomateriallar olish usullariMa’ruzachi: Mamirov Abduvohid Muhammadamin o’g’liKatta hajmli nanomateriallar olish usullariREJA:Kukunli metallurgiya yordamida nanomateriallar olish usullari Uglerodli fullerenlar va nanonaychalar olish Nanoolmoslar olish Hozirgi kunda nanomateriallar, nanotexnologiyalar va ular asosida yaratilayotgan qurilmalarga mos holda nanozarralar olishning ko‘p metodlari ishlab chiqilmoqda. Nanozarralar olish metodlarini quyidagi ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin:Hozirgi kunda nanomateriallar, nanotexnologiyalar va ular asosida yaratilayotgan qurilmalarga mos holda nanozarralar olishning ko‘p metodlari ishlab chiqilmoqda. Nanozarralar olish metodlarini quyidagi ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: - dispergatsion, ya’ni nanozarrani maydalash yo‘li olish. Bu nanozarra olishning eng oddiy usuli bo’lib, kukunlash jarayonida makroo’lchamdagi namunani kukun holigacha maydalashga asoslangan; - kondensatsion, ya’ni sintez jarayonida atomlarni “o‘stirish” orqali nanozarralar olish. Bu metod alohida atomlarni birlashtirish yo’li bilan nanozarra olishga asoslangan. Har ikkala metod ham nanozarralarning fizikaviy xossalarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Jumladan, kondensatsiya ta’rifiga ko‘ra – bu moddani sovutish natijasida gazsimon holatdan kondensatsiyalangan (qattiq yoki suyuq) holatiga o‘tishidir. Bu jarayonda turli fizikaviy hodisalar yuz beradi. Bu metodga asosan, birlamchi makroskopik jismlar oldin bug‘lanadi, keyin esa hosil bo‘lgan bug‘ kerakli o‘lchamli nanozarra hosil bo‘lguncha kondensatsiyalanadi. Natijada kompakt modda ultradispers moddaga aylanadi. Nanozarra olishning barcha usullarida ham tashqi manbadan kuchli energiya oqimi zarur bo‘ladi. Monokristallar suyulish temperaturasiga yetguncha va bug‘lanib ketguncha qizdiriladi. Keyin hosil bo‘lgan bug‘ keskin sovutiladi. Sovugan sari nanozarralar paydo bo‘la boshlaydi va kattalashadi. Ular tartiblanib va birlashib nanoagregatlarga aylanadi. Download 12.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling