Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1126-1130
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 1126 www.ares.uz
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGLARNING
KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
Nargis Ilhom qizi Saydullayeva
Jizzax davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta‟lim metodikasi kafedrasi o‟qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu
maqolada
maktabgacha
ta'lim
tashkilotlarida
pedagoglarning
kreativligini rivojlantirishning ahamiyati xaqida so‟z borgan.
Kalit so‟zlar: shaxsiy hayot, o„z-o„zini anglash, fuqarolik, kasbiy va axloqiy
jihat, xulq-atvor, o„qituvchining mahorati, kreativ faoliyat, kreativlik.
ABSTRACT
This article discusses the importance of developing the creativity of teachers in
preschool education.
Keywords: personal life, self-awareness,
citizenship, professional and ethical
aspect, behavior, teacher skills, creative activity, creativity.
KIRISH
Tarbiya mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri – bu insonning hayotiy
jihatdan o„z-o„zini
anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o„zi yashab turgan
muhitning sub‟ekti sifatida e‟tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida
fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o„z-o„zini anglash muhim ahamiyatga ega.
O„qituvchi o„quvchilarni, o„z-o„zini
tarbiyalashga, ya‟ni o„z ustida ongli, batartib
ishlashga o„rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi. O„quvchilarni o„z-
o„zini tarbiyalash metodlariga ko„nikma hosil qildirish o„qituvchining
mahoratiga,
tarbiyaviy faoliyatni to„g„ri tashkil etishiga bog„liq. O„quvchilar odatda yaqin
kishilarining, ba‟zan o„qituvchilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Shuning uchun
o„qituvchi o„z pedagogik mahoratiga tayanib, o„quvchi qalbida o„ziga
nisbatan
ishonch, mehr tuyg„ularini uyg„ota olishi lozim. O„quvchilar o„qituvchining darsda
va hayotda o„zini qanday tutishini,
kiyinishi, muomalasini, kishilar bilan o„zaro
munosabatini kuzatib boradilar. Bu ham o„quvchilarning o„z-o„zini tarbiyalashda
ta‟sirchan vosita hisoblanadi va ijtimoiy mavqeini oshirishning muhim usulidir.
O„quvchilar o„qituvchining bevosita nazoratida ta‟lim
va tarbiya jarayonida, dam