Narx siyosati


-rasm. Narx belgilash usullari


Download 46.74 Kb.
bet3/4
Sana09.05.2023
Hajmi46.74 Kb.
#1448875
1   2   3   4
Bog'liq
narx siyosati

10.2-rasm. Narx belgilash usullari
Narx belgilashning 3 ta usuli mavjud:

    1. Firmaning ichki manfaatlariga kuchli yo‘naltirilganligini namoyon etib, sarf – xarajatlar asosida narx belgilash.

    2. Raqobatchilarning narxiga qarab narx belgilash.

    3. Marketingga yo‘naltirilgan narx belgilash usuli. Bunda muayyan bozorda iste’molchi uchun qimmatli bo‘lgan xususiyatlari va marketing strategiyasi hisobga olinib narx belgilanadi.

Sarf xarajatlarga asosan narx belgilashning 2 ta usuli mavjud:

  1. Tannarx asosida narx belgilash

  2. To‘la xarajatlar asosida narx belgilash

Tannarx(ishchi kuchi, materiallar, yoqilg‘i, energiyaga ketadigan xarajatlar, amortizatsiya, sug‘urta, ustama xarajatlar, boshqaruvga ketadigan xarajatlar hisoblab chiqiladi.)
Ko‘pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda formulalardan foydalanadi. Formulalarga ko‘ra, narx belgilashning boshqa jami usullari kabi, birinchi navbatda e’tiborni foydaga qaratadi, talabni hisobga olmaydi.
«O‘rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo‘yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo‘yishdan iborat bo‘lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. Shuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada iste’molchiga еtib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo‘yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
«Ko‘zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o‘rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo‘yicha belgilash usulini qo‘llash bilan firma mahsulotning qo‘shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to‘xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni hohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda do‘konlarga xaridorlarning kelishini ko‘paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to‘liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar yaratadilar. Xaridorlar ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo‘shimcha ravishda narxi me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.


Download 46.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling