Narx siyosati


Download 46.74 Kb.
bet1/4
Sana09.05.2023
Hajmi46.74 Kb.
#1448875
  1   2   3   4
Bog'liq
narx siyosati


. NARX SIYOSATI
REJA:



  1. Narx tushunchasi, uning mohiyati va narx turlari

  2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari

  3. Tovarlarning “hayotiy davrlari” mobaynida narxlarning o‘zgaruvchanligi

Narx bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko‘rinishidir. Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‘likkan bo‘ladi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:

  1. bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi;

  2. hisob-kitob, ulchov funksiyasi;

  3. iqtisodiy regulyator funksiyasi;

  4. raqobat vositasi funksiyasi;

  5. ijtimoiy himoya funksiyasi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping narx, nufuzli narx, milliy narx, arzonlashtirilgan narx, jahon narxi, yashirin narx, erkin narx, standart narx, kontrakt (ulgurji) narx, chakana narx, o‘zgaruvchan narx, limit narx, muvozanat narx.
Narx siyosati – narxni tashkil etish va narxni boshqarish strategiyasi va chora – tadbirlari yig‘indisi; bu ishlab chiqarish holatlarini, bozor kon’yunkturasini, shuningdek ishlab chiqaruvchiga foyda keltirib, xaridor ehtiyojini qondirishdagi tovar va xizmatlarga narxni belgilashni bilishdir.
Narx strategiyasi – narxni belgilash va o‘zgarishi bo‘yicha chora – tadbirlaridir.
Narx taktikasi - qisqa muddatli xarakterga(narxga chegirma, narxga ustama) va bir marotabalik chora – tadbirlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Narx siyosatini boshqarish maqsadlari quyidagilardir:
-bozorda korxona mavqeini saqlab qolish;
- joriy foydani maksimallashtirish;
- bozor ulushi bo‘yicha liderlik;
- tovar sifati bo‘yicha liderlik.
Narxlar tovarni yangilik ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi:

    1. “Qaymog‘ini olish” strategiyasi

    2. Bozorga yorib kirish

    3. “Psixologik” narx – sotuvchilar tomonidan narxni qabul qilish psixologiyasidan kelib chiqadi(narx yaxlit summadan kichikroq)

    4. Bozorda yoki tarmoqda lider orqasidan boruvchi narx – bosh raqibga nisbatan narx o‘rnatiladi.

    5. Ishlab chiqarish holatlarini qoplash xarajatlari

    6. Tebranib turuvchi narx

    7. Uzoq muddatli narx

    8. Egiluvchan narx

    9. Ustunlik narx – bozorda 70 – 80 % ulushni egallagan korxona qo‘yadigan narx.

    10. Kelishilgan narx

    11. Tashqi savdo oborotini ta’minlovchi narx.

Oxirgi narxga quyidagi omillar ta’sir etadi:

    1. Tovar iste’molchilari

    2. Davlat tomonidan tartibga solish

    3. Tovar harakati kanallari qatnashchilari

    4. Raqobat.



Download 46.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling