3-chizma
Sotuvchilar o’rtasidagi raqobat
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar haridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko’rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma, o’z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o’rnatadi, korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o’rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi, maxsulotlari o’lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Umuman olganda shuni xulosa qilish mumkinki, raqobat milliy iqtisodiyotni harakatlantiruvchi va rivojlantiruvchi yetakchi kuch hisoblanadi va bozor munosabatlarini erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishda, ishlab chiqarishni rivojlantirishda, aholining turmush-darajasini oshirishda uning ahamiyati beqiyosdir.
O’zbekiston milliy iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyoti, boshqaruvi va tashkil etilishining takomillashuvi, mamlakatda kadrlar salohiyatining yuqori darajaga ko’tarilishi hamda xorijiy investitsiyalarning ko’plab jalb etilishi tufayli izchil rivojlana boshladi. Mustaqillik yillarida uning tarmoq strukturasi tubdan o’zgardi va natijada yangidan-yangi tarmoqlar yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |