Narxning mohiyati va shakllanishi xususiyatlari
Download 472.62 Kb.
|
IQTISOD 8
Narxning mohiyati va shakllanishi xususiyatlari1.Narxning mazmuni va unung vazifalari
Narx – bozor mеxanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U o’zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xo’jalik yurituvchi sub’еktlari bo’yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdеk, u ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirib, sog’lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ushbu bobda narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, shakllanish tamoyillari, narx darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, narx turlari batafsil bayon etiladi. Shuningdеk, turli darajadagi raqobat sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari, davlatning narx siyosati va uning O’zbеkistondagi o’ziga xos jihatlari ham ko’rib chiqiladi.
1. Narxning mazmuni va uning vazifalari Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa istе’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga kеltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, lеkin doimo bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi bo’lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka (istе’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o’quvchiga oldingi boblardan ma’lumdir
Download 472.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling