Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom Kelishilgan: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
Download 405.5 Kb.
|
Наряд тизими лот
V. Joriy ishlarni bajarish
Joriy ishlar - bu har smenadagi, smena davomida obyektga (uchastkaga, mashinaga, mexanizmga, xizmat ko‘rsatish zonasiga, hududga va shu kabilarga) biriktirilgan xodimlar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladigan ishlatish, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar. Joriy ishlarning ro‘yxatini bo‘linmaning (sexning, uchastkaning) texnik rahbari aniqlaydi. Ushbu ishlar o‘tkazishning xavfsizligi xodimning o‘zi tomonidan Mehnat muhofazasi (xavfsizligi) bo‘yicha yo‘riqnomalar yoki mehnat xavfsizligi bo‘yicha ish joyida kasbi bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘tkazish dasturiga kiritilgan boshqa me’yoriy hujjatlarda bayon etilgan talablarga rioya etilishiga bog‘liq bo‘lgan naryad yoki topshiriq rasmiylashtirilmasdan doimiy ruxsat etilgan hisoblanadi. 27. Har bir bo‘linmada rahbarning buyrug‘i bilan kasblar va naryad yoki topshiriqlarni rasmiylashtirmasdan joriy ishlarni amalga oshirish tartibida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlarning turlari ro‘yxati aniqlangan bo‘lishi kerak. 28. Joriy ishlarni amalga oshirish tashkillashtirilgan barcha bo‘linmalarda (sexlarda, uchastkalarda) bo‘linma ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan, kasaba uyushmasi qo‘mitasi, MM va XT xizmati bilan kelishilgan hamda bo‘linmaning birinchi rahbari tomonidan tasdiqlangan joriy ishlarni amalga oshirish ro‘yxati bo‘lishi kerak. Bunday ishlar ro‘yxatiga zaruriyatga qarab tuzatishlar kiritib borilishi (ish majburiyatlari, shtatlar jadvali, mehnat sharoitlari va shu kabilarning o‘zgarishi), 36 oyda kamida bir marta esa qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Joriy ishlarni bajarayotgan xodimlar ushbu ishlarning ro‘yxati va undagi o‘zgarishlar (to‘ldirishlar) bilan imzo qo‘ydirgan holda tanishtirilishi va uni erkin foydalana olishi kerak. 29. Joriy ishlarni amalga oshirish tashkillashtirilgan barcha bo‘linmalarda (sexlarda, uchastkalarda), Mehnat muhofazasi (xavfsizligi) bo‘yicha yo‘riqnomalar va kasblar hamda yuqorida qayd etilgan ro‘yxatga kiritilgan ishlarning turlari bo‘yicha boshqa me’yoriy hujjatlar qayta ko‘rib chiqilishi kerak. 30. Mazkur ro‘yxatga mehnat xavfsizligining qo‘shimcha (oshirilgan) talablari qo‘yiladigan kasblar va ishlarning turlari kiritilmaydi. Download 405.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling