Nashrga ruxsat etaman
Download 0.56 Mb.
|
DINSHUNOSLIK eng yangi
Mavlud (mavlud an-nabiy). Islomda keyinroq Muhammad payg‘ambarning tug‘ilgan kuni (Rabiul-avval oyining 12-kuni) Mavlud (mavlud an-nabiy) – nishonlana boshlangan. Mavlud kuni duolar o‘qilib, payg‘ambar sha’niga madhiyalar aytiladi, diniy she’rlar o‘qiladi, dindorlar yig‘inlari uyushtiriladi, sadaqalar beriladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, islom dini bayramlariga mahalliy xalqlarning odatlari ham qo‘shilib, ularni boyitgan. Masalan, arafa kuni qo‘shnilarga osh ulashish, “hayitlik” berish, yangi, toza liboslar kiyish, qo‘ni-qo‘shnilar, qarindoshlar, qariyalar, kasal, nochorlardan xabar olish, o‘sha kunlarda dam olish, sayil qilish kabi odatlar islom bayramlarining tarkibiy qismlariga aylanib ketgan. Ushbu bayramlarning asosiy mazmuni ertalab masjidlarda namoz o‘qish, marhumlarni yod etib, duoi fotiha qilishdan iboratdir. Qurbon hayitida haj amallarini ado etish va qurbonlik qilish, ro‘za hayitida esa ramazon oyi nihoyasida fitr-sadaqa berish kabi amallar bajarilgan. Islom hayitlari turli diniy marosimlarga asoslangan bo‘lib, musulmonchilikni qabul qilgan xalqlarning urf-odati, an’analari, hayotiy tajribalari bilan bog‘lanib ketgan. Shuning uchun ham ko‘pgina musulmon xalqlari bu hayitlarni ham diniy, ham o‘zlarining milliy bayramlari deb qabul qilishgan. O‘rta asrlarda arablar bayramlarning diniy mazmuniga alohida e’tibor berib, bayramlar o‘tkaziladigan joylarga maxsus masjidlar qurishgan. Keyinchalik bu masjidlar Markaziy Osiyo shaharlarining muhim tarkibiy qismi bo‘lib qolgan. Ular Qurbon hayiti, Ramazon (iyd al-fitr) bayramlari va musulmon udumlari o‘tkaziladigan markaz vazifasini bajargan. Bu masjidlarning mohiyati bir xil bo‘lsa-da, ular turli joyda turlicha nomlangan: “Namozgoh” (namoz o‘kish joyi), “Musalla al-iyd” (bayram kuni namoz o‘qish joyi), “Iydgoh” (bayram o‘tkazish joyi) va hokazo. Bayramlardan asosiy maqsad – musulmonlarni islom dini asosida birlashtirish bo‘lgan. Bayram o‘tkaziladigan joylarda “Amri ma’ruf” kabi diniy marosimlar uyushtirilgan. Ba’zan podshoh va hukmdorlar o‘z olijanobligini ko‘rsatish maqsadida bu joylarda xalq uchun katta ziyofatlar ham berishgan. Xulosa qilib aytganda, islom dinidagi bayramlar xursandchilik, tinch-totuvlik, mehr-oqibat ko‘rsatish, shukrona qilish kunlaridir. Bu ulug‘ kunlarda qarindoshlar, yor-birodarlar bir-birlarini ziyorat qilib, tabriklashib, hol-ahvol so‘rashi xayrli ishlardan sanaladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling