Nashrga ruxsat etaman


Download 0.56 Mb.
bet2/85
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#222297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
DINSHUNOSLIK eng yangi

SOZ BOSHI
Dinshunoslik gumanitar fanlar qatoridagi insoniyatning madaniy, ma’rifiy, fikriy tarixini o’z ichiga olgan ilmlar qatoriga kiradi. Oliy ta’lim tizimining bakalavr bosqichidagi «Dinshunoslik» fanlari doirasida quyi bosqichda berilgan ma’lumotlar asosida dinlarning rivojlanish tendensiyalari, bugungi kundagi holati hamda din niqobidagi turli buzg’unchi g’oyalarning kelib chiqish sabablari, oldini olish yo’llari haqidagi ma’lumotlar taqdim etilishi maqsadga muvofiq. Ushbu konseptsiyadan kelib chiqqan holda ushu o’quv qo’llanmada asosan tahliliy ma’lumotlar keltirildi.

Mamlakatimizdagi ko’p konfessiyalilik sharoitida turli millat, elat va din vakillari orasidagi totuvlikni ta’minlash, jahonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga munosib hissa qo’shish har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ta’kidlanganidek, «Jamiyatimizda diniy konfessiyalar o’rtasida hamjihatlik va fuqarolar totuvligini mustahkamlashni biz bundan buyon eng dolzarb va ezgu vazifamiz deb bilamiz»1.

Dunyo miqyosida millatlararo va konfessiyalararo hamkorlik, hamjihatlikni mustahkamlash ko’p jihatdan jamiyat hayotiga bag’rikenglik tamoyillarining samaraliy joriy etilishiga bog’liq. Jahondagi murakkab va ziddiyatli kechayotgan jarayonlar turli din vakillari o’rtasida o’zaro hurmat, hamkorlik va hamjihatlik ruhidagi aloqalarni mustahkamlash tarixiy zaruriyat ekanini ko’rsatmoqda.

Oliy ta’limning bakalavr bosqichi talabalari dinning mohiyati, uning falsafiy talqinlari, unga berilgan turli ta’riflar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo’lishlari lozim. Shuning uchun ham ushbu qo’llanmada dinni o’rganishdagi yondoshuvlar, dinshunoslik maktablari, asosiy namoyondalari, yirik dinlarning e’tiqodiy yo’nalishlari, bugungi kundagi holati haqida etarlicha ma’lumot berilgan.

O’zbekistonda davlat va din masalalarini bilish jamiyatimizning har bir ilg’or fuqarosining burchidir. Davlat va din o’zaro munosabatlarini tartibga solish bo’yicha respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar hatto butun jahon miqyosida ham e’tiborga loyiq. Mazkur qo’llanmada yaqin yillar davomida dinshunoslik sohasida to’plangan tajribalar natijasi sifatida vujudga kelgan risola va qo’llanmalar hamda chet tillarida yozilgan tadqiqotlardan samaraliy foydalanilgan.

Davlat va din munosabatlariga oid taqdim etilgan ma’lumotlar kelgusida mamlakatimiz rivojiga o’z hissasini qo’shish niyatida bo’lgan Toshkent temir yo’l muhandislari instituti talabalarining amaliy faoliyatida dasturul amal bo’lib xizmat qiladi, deb umid qilib qolamiz.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling