Nashrga tayyorlash markazi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
QarorIar“ terminlarida asosiy bozoriiing ta’rifi
Download 5.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Qosimova.M. Strategik marketing (1)
,,QarorIar“ terminlarida asosiy bozoriiing ta’rifi. Bozomi seg
mentlarga ajratish strategiyasini amalga oshirishni firmaning mis- siyasini aniqlashdan boshlash lozim. Ushbu missiya uning iste’molchiga yo‘naltirilgan istiqboldagi roli va asosiy funksiyasini tavsiflaydi. Bu yerda uchta asosiy savolga javob topish lozim. — Biz qanday biznes bilan shug‘ullanyapmiz? — Biz qanday biznes bilan shug‘ullanishimiz kerak? — Biz qanday biznes bilan shug‘ullanmasligimiz lozim? Bu savollarga bozor sharoitlarida javob topish uchun biznes- ning ta’rifini texnik atamalar yordamida emas, balki umumiy tushunchalar orqali, ya’ni iste’molchini qoniqtiradigan „qaror- lar“ atamalarida ifodalash lozim. Awal aytib o‘tilganidek, buning uchun quyidagi tamoyillar- dan kelib chiqish lozim: — xaridor uchun tovar — bu shu tovar olib keladigan foy- dadir; — hech kim tovami o ‘z-o‘zicha sotib olmaydi. Bu yerda xiz mat ko‘rsatish yoki muammoni hal qilish talab qilinadi; — turli texnologiyalar ham bir xil yechim ni taklif qilishi mumkin; 44 — texnologiyalar tez o‘zgarib bormoqda, asosiy ehtiyojlar esa awalgidek qolib kelmoqda. Aynan m ana shuning uchun bozorga yo‘naltirilgan firma uchun o‘z biznesini tovar terminlari bilan emas, balki jinsdosh ehtiyoj atamalari orqali ifodalab olish muhimdir. Buni strategik tahlil jarayonining boshida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Asosiy bozorni aniqlashga bir necha xarakterli misollarni kelti- ramiz: — „Derbit Interneshnl“ firmasi tom lar uchun qoplamalar bozorida faoliyat ko‘rsatadi va bitumli plyonkalar ishlab chiqaradi. Kompaniya o‘z bozorini quyidagicha reklama qiladi: ,fl(z eksklyu ziv distributerlar va malakali qoplamachilar bilan hamkorlikda tomlarning suv о 'tkazmasligini kafolatlaydigan mahsulot sotamiz — „Otis Eleveytor“ (Otis Elevator) kompaniyasi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki bozorda faoliyat ko'rsatadi: a) liftlar, eskalatorlar va harakatlanuvchi trotuarlami ishlab chiqa rish va o ‘rnatish; b) o ‘rnatilgan asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatish. Kompaniya o‘z bozoriga shunday ta’rif beradi: „Biz- ning biznes — odamlami va materiallami vertikal va gorizontal yo‘nalishda qisqa masofalarga tashishdir. Bizning liftlarimiz shun day yaxshi ishlaydiki, kishilar ularning ishlayotganini sezmaydi- lar. Bizning vazifamiz — sezilmaslikdir“. A slida, biznesning t a ’rifi — am aliy k o ‘rsatm alar berish maqsadida yetarlicha aniq atamalar yordamida ifodalanishi kerak, ayni paytda, bu atam alar ijodiy yondashuvni rag‘batlantirish uchun, masalan, ishlab chiqariladigan assortimentni kengayti rish imkoniyatlari yoki oraliq tovar sohalarini diversifikatsiya- lash uchun yetarlicha keng qamrovii bo‘lishi kerak. Asosiy bozorni konseptualizatsiyalash. Eybellning fikricha, asosiy bozor quyidagi uch mezon bo‘yicha ta ’riflanishi mumkin: — qanday ehtiyojlar, funksiyalar yoki funksiyalaming kom- binatsiyalarini qondirish kerak ( ,,n im a ? “)? — ehtiyojlari qondirilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarning qanday turli guruhlari bor ( ,,k im n i ? “)? — bu funksiyalami bajara oladigan qanday texnologiyalar mavjud ( ,,q a n d a y ? “)? Buni uch o‘lchamli tizim ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Ushbu tizim asosida segmentlash jadvalini qurish uchun har bir holatda bu uchta mezonni tavsiflaydigan mezonlami belgilab olish kerak (3.2-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling