Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholashni tashkil etish


Download 11.1 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi11.1 Kb.
#1635279
1   2   3
Bog'liq
chorva hayvonlari. NASIBA HAMZAYEVA

2-bob. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholashni tashkil etish

  • 2-bob. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholashni tashkil etish
  • 5. Har bir naslchilik xo‘jaligida kamida uchta erkak hayvon tekshirish va baholash uchun tanlab olinadi.
  • 6. Tekshirish va baholash uchun tanlab olingan har bir erkak hayvon uchun u bilan juftlashtiriladigan urg‘ochi hayvonlar ham tanlab olinadi. Urg‘ochi hayvonlar naslchilik xo‘jaligining o‘zidan, shuningdek kelishuv asosida boshqa naslchilik xo‘jaliklari yoki naslchilik xo‘jaligi maqomiga ega bo‘lmagan xo‘jaliklardan tanlanishi mumkin.
  • 7. Juftlashtirish uchun urg‘ochi hayvonlarni tanlashda quyidagilarga rioya qilish zarur:
  • har bir erkak hayvon bilan juftlashtiriladigan urg‘ochi hayvonlar soni 60 boshdan, shu jumladan yosh urg‘ochi hayvonlar soni 20 boshdan ko‘p bo‘lishi;
  • juftlashtirishni 2 — 4 oy ichida amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lishi;
  • ota yoki ona avlodi bo‘yicha yaqin qarindoshlarni juftlashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi;
  • tanlangan urg‘ochi hayvonlarning kelib chiqishi bo‘yicha kamida uchta bo‘g‘in erkak ajdodi ma’lum bo‘lishi.
  • 8. Har bir nasldor erkak hayvonning kamida 25 nafar erkak va 25 nafar urg‘ochi bolalarida tekshirish olib boriladi hamda ularning o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha olingan natijalarning o‘rtacha ko‘rsatkichi aniqlanadi.
  • 9. Nasldor hayvonlar nasl qiymati, mahsuldorligi, nasl sifati bo‘yicha tekshiriladi.
  • 10. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholashda naslchilik xo‘jaliklari quyidagi talablarga rioya qilishlari zarur:

nasldor hayvonlarning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligini ta’minlashi;

  • nasldor hayvonlarning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligini ta’minlashi;
  • qishloq xo‘jaligi hayvonlarini maqbul sharoitda saqlashi, parvarishlashi va oziqlantirishi.
  • 11. Nasldor erkak hayvonlarni avlodlarining sifati bo‘yicha baholashda quyidagilar inobatga olinishi zarur:
  • naslchilik xo‘jaligining joylashgan manzili;
  • nasldor erkak hayvonlarning soni va sifati;
  • urg‘ochi hayvonlar soni va sifati;
  • urg‘ochi hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish va ulardan nasl olish muddatlari;
  • olingan yosh avlodlarni o‘stirish va saqlash sharoitlari;
  • avlodlarini boshqa erkak hayvonlar avlodlari bilan taqqoslash natijalari.
  • 12. Nasldor erkak hayvonlar avlodlarining kunlik o‘sish tezligi o‘sish davrida olingan tirik vaznning ozuqa bilan qoplanishi va ushbu avlodning mahsuldorligi bo‘yicha baholanadi.
  • 13. Tekshirilayotgan nasldor erkak hayvonlarning avlodlarini taqqoslash quyidagicha amalga oshiriladi:
  • nasldor erkak hayvonning urg‘ochi bolalarini boshqa nasldor erkak hayvonlarning urg‘ochi bolalari bilan taqqoslash;
  • nasldor erkak hayvon urg‘ochi bolalarining mahsuldorligini onalarining mahsuldorligi bilan taqqoslash;
  • nasldor erkak hayvon urg‘ochi bolalarini ularning tengdoshlari bilan taqqoslash;
  • nasldor erkak hayvon urg‘ochi bolalarining mahsuldorligini naslchilik xo‘jaligining ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash;
  • nasldor erkak hayvon urg‘ochi bolalarining mahsuldorligini tegishli zot bo‘yicha minimal ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash.
  • 14. Tanlab olingan nasldor erkak hayvonlar tekshirish va baholash yakunida podani yaxshilovchi, neytrallashtiruvchi va yomonlashtiruvchi turlarga ajratiladi.
  • 15. Podani neytrallashtiruvchi va podani yomonlashtiruvchi deb topilgan erkak hayvonlardan seleksiya-naslchilik ishlarida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 11.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling