Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 11.1 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi11.1 Kb.
#1635279
  1   2   3
Bog'liq
chorva hayvonlari. NASIBA HAMZAYEVA

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti 201- gurux talabasi Hamzayeva Nasibaning CHorva mollarini ko`paytirish biotexnologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ta`limi

  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti 201- gurux talabasi Hamzayeva Nasibaning CHorva mollarini ko`paytirish biotexnologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ta`limi

Mavzu:Nasldor erkak hayvonlarni bolalari orqali baholash.

  • Reja
  • 1.Nasldor erkak hayvonlar haqida tushuncha.
  • Bolalari orqali baholash.
  • O`zbekistonda nasldor erkak hayvonlarni yetishtirish va ko`paytirish.

NASLDOR ERKAK HAYVONLARNI TEKSHIRISH VA BAHOLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

  • NASLDOR ERKAK HAYVONLARNI TEKSHIRISH VA BAHOLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
  • [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 16-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2585]
  • O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
  • 1. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  • 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  • 101-son

Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash tartibi to‘g‘risidagi

  • Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash tartibi to‘g‘risidagi
  • NIZOM
  • Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash tartibini belgilaydi.
  • 1-bob. Umumiy qoidalar
  • 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
  • naslchilik xo‘jaligi — Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish tartibi hamda ular faoliyatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2578, 2014-yil 28-aprel) muvofiq naslchilik xo‘jaligi maqomiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar;
  • klass — qishloq xo‘jaligi hayvonlarini baholash natijasi bilan belgilanadigan toifa;
  • laktatsiya davri — qishloq xo‘jaligi hayvonlarining sut berish davri;
  • eksteryer — hayvonning tashqi tana tuzilishi.
  • 2. Zotini takror ko‘paytirish uchun tanlab olingan nasldor erkak hayvonlar avlodining sifati va o‘z mahsuldorligi bo‘yicha tekshirilishi hamda baholanishi lozim.
  • 3. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash naslchilik xo‘jaligida eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan erkak hayvonni aniqlash va undan seleksiya-naslchilik ishlarida foydalanish maqsadida o‘tkaziladi.
  • 4. Nasldor erkak hayvonlarni tekshirish va baholash naslchilik xo‘jaliklari tomonidan nasldor hayvonlarning belgilangan mahsuldorlik darajasiga qarab o‘tkaziladi.

Download 11.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling