Nasos stansiyalar binolari turlari
Download 2.66 Mb.
|
14-амалий. Насос станция биноси турини танлаш, уларга жиҳозларни ўрнатиш ҳамда ўлчамларини аниқлаш
Nasos stansiyalar binolari turlari Suv xo’jaligi va meliorativ tizimlardagi ko’chmas nasos stansiyalarning binolarini uch xil turga bo’lish qabul qilingan [9,32,33]: a) «blokli» yoki «shaxta-blokli» bino (5.1 a, b.v-rasm). Bu turdagi binolarning asosini ulkan beton blok tashkil etib, nasoslarning suv keltirish truboprovodlari shu blok ichiga quriladi. b) «bo’linmali» yoki «shaxta-bo’linmali» bino, o’z navbatida turli ko’rinishda bo’lishi mumkin ya’ni «quruq bo’linmali» (5.1.g,d,ye,j,z-rasm), nasos suvga botirilgan «xo’l bo’linmali» (5.2, v-rasm) va nasos suvga botirilmagan «xo’l bo’linmali» (5.1, i va 5.2, a,b-rasm). «Bo’linmali» binolarning asosini beton plita tashkil etib, nasoslarning truboprovodlari poydevor ustiga yotqiziladi. v) «yer ustki» binosi (5.2,g,d-rasm) odatdagi sanoat imorati ko’rinishida yer ustiga bir qavatli shaklda quriladi. «Blokli» va «bo’linmali» binolar ikki qavatli ya’ni yer ostki va yer ustki qismlaridan iborat bo’ladi. Yer ostki qismi chuqur bo’lgan hollarda «shaxtali» bino deb ataladi. Binoning turini 5.1-jadvalda keltirilgan tavsiyalar asosida tanlanadi [9,31]. 5.1-jadval Binoning turini tanlash bo’yicha tavsiyalar
«Хo’l bo’linmali» turdagi binolar ekspluatatsiyasi ancha noqulay bo’lganligi sababli boshqa turdagi binolarni qo’llashning iloji bo’lmagan hollardagina qabul qilinadi. 5.1-rasm. Nasos stansiya binolarining turli shakllari 5.2-rasm. Nasos stansiya binolarining turli shakllari 5.3-rasm. Vertikal valli nasoslarning suv keltirish truboprovodlari shakllari: a-o’qiy nasos uchun tirsaksimon № 1 shakl; b-o’qiy nasos uchun tirsaksimon №2 shakl; v- o’qiy nasos uchun to’g`ri to’rtburchak kesim yuzali №3 shakl; g- ”V” turdagi markazdan qochma nasos uchun tirsaksimon shakl; 2>2>2> Download 2.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling