Nasos stansiyalar binolari turlari
Nasos stansiya binosining o’lchamlarini aniqlash va mujassamlash
Download 2.66 Mb.
|
14-амалий. Насос станция биноси турини танлаш, уларга жиҳозларни ўрнатиш ҳамда ўлчамларини аниқлаш
Nasos stansiya binosining o’lchamlarini aniqlash va mujassamlash
Nasos stansiya binosini mujassamlash qurilmalarni o’rnatish va asbob-uskunalarni joylashtirish rejada va vertikal tekislikda to’g`ri bajarilishini taqozo etadi [9,32,33,34]. Asosiy nasoslar va elektrodvigatellarni 5.2-jadvalda keltirilgan me’yoriy ekspluatatsion o’tish masofalari saqlangan holda o’rnatish talab etiladi. Hamma turdagi binolarning yer ostki qismini loyihalash pastki b’efdagi suv sathiga nisbatan nasos o’qini qabul qilingan hs geodezik so’rish balandiligiga o’rnatishdan boshlanadi. 5.2-jadval Agregatlar oralig`idagi me’yoriy o’tish masofalari
«Blokli» binoni mujassamlashda 5.4-rasmdagi shakl bo’yicha pastki qismining balandligi quyidagicha topiladi: Np.k=hpoy + htr + hs + Kpb + ho ; (5.7) Np.k,1=hpoy + htr + hnas + l`dv ; (5.8) bu yerda hpoy - poydevorning qalinligi, boshlang`ich hisoblar uchun konsruktiv ravishda 0,8 1,2 m qabul qilinadi; htr-suv keltirish (so’rish) truboprovodi balandligi, 5.3-rasmda keltirilgan; hs - geodezik so’rish balandligi [(4.41) yoki (4.43) formula bilan topiladi]; Kpb - pastki b’efdagi suv sathining o’zgarishi, (dastlabki ma’lumotlardan olinadi); hnas - nasosning vertikal o’lchami (6,7,8-ilovalar); l`dv - elektrodvigatel valining pastki qismi uzunligi (13, b-ilova); ho - maksimal suv sathi yuqorisidan inshoot balandligiga qo’shiladigan zaxira, 0,81,0 m; «Quruq bo’linmali» binoning pastki qismi balandligi ham yuqoridagiga o’xshash aniqlanadi ya’ni (5.5-rasm); Np k=hp.agr + h`nas + hs + Kpb.+ ho; (5.9) Np.k,1=hp.agr + Nnas + l`dv ; (5.10) bu yerda, hp.agr - agregatlar ostidagi poydevorning qalinligi, odatda statik hisoblar asosida aniqlanadi. Boshlang`ich hisoblar uchun hp.agr=1,5 hpoy qabul qilinadi; Nnas, h`nos - nasosning o’lchamlari (6,7,8-ilovalar). Yuqoridagi formulalardan aniqlangan Np.k va Np.k,1 qiymatlarning kattasi hisoblar uchun qabul qilinadi. Agar Np.k > Np.k,1 bo’lsa, nasos va elektrodvigatel vallari orasiga qo’shimcha val o’rnatiladi. Aksincha Np.k < Np.k,1 bo’lsa, bu qiymatlarning farqi ho miqdoriga qo’shib qo’yiladi. «Quruq bo’linmali» binoga gorizontal valli nasoslar geodezik so’rish balandligi musbat holda o’rnatilsa (5.7-rasm), Np.k. quyidagicha topiladi. Np.k=hp.agr + h`nas + Kpb - hs + ho ; (5.11) «Blokli» binoning eni quyidagi formulalar bilan aniqlab ko’riladi: Vp.k=l tr +l`nas + lbur +a4 +dev; (5.12) V`p.k=a3+ lnas + lbur + a4 + 2dev; (5.13) V``p.k=a1+Ddv + a2 + 2yu.dev + 2 0,1 m; (5.14) bu yerda l tr-suv keltirish truboprovodining uzunligi, (5.3-rasmdan aniqlanadi); lnas, l`nas - nasosning o’lchamlari (6,7,8-ilovalar); a1, a2, a3 -ekspluatatsion o’tish masofalari (5.2-jadval); a4 - yigish zaxirasi, 0,3-0,4 m qabul qilinadi; lbur- bosimli truboprovod burilish qismi uzunligi, ba’zi hollarda lbur=lkon (5.5-formula) olinadi. Ko’pincha lbur=0 qabul qilinadi, ya’ni nasos truboprovodga burilishsiz ulanishi ham mumkin (8-ilova). dev - pastki devorning qalinligi, statik hisoblar asosida aniqlanadi yoki konstruktiv ravishda quyidagicha qabul qilinadi: dev=(0,1 0,12) ( Np.k - hpoy) 1 m; (5.15) Bino yer ostki qismi balandligi Np.k10 m bo’lsa, dev=1 m qabul qilinib, agregatlar oralig`iga qalinligi b.dev=0,3 0,4 m bo’lgan qo’shimcha bo’luvchi devorlar o’rnatiladi (5.4-rasm). yu.dev - yuqoridagi devorning qalinligi, odatda yu.dev=0,5 m ya’ni ikki g`isht uzunligiga teng olinadi. 0,1 m - yuqori va pastki devorlar qalinliklarining farqi; Yuqoridagi formulalardan binoning yer ostki qismi enini eng katta miqdori hisob uchun olinib, bu qiymat bino tomini berkitish uchun qo’llanadigan yig`ma temir-beton elementlarning standart o’lchamlari bilan bog`lab, qayta topiladi: Vyu.k=lt.st+ 0,25 m 2 + 0,1 m 2; (5.16) bu yerda, lt.st=6, 9, 12, 18 m - temir-beton tusinning (balkaning) standart uzunligi (14-ilova). Тo’sinning standart l t.st - uzunligini shunday qiymatini qabul qilish kerakki, Vyu.k Vp.k sharti bajarilishi zarur. «Quruq bo’linmali» bino yer ostki qismi eni quyidagicha topiladi (5.5-rasm): Vp.k=lnas + 2lul + l1kulf + l`2kulf + l1kon + l2kon + 2a4 + 2 .dev (5.17) bu yerda, l1kulf va l`2kulf - nasosning so’rgich va uzatkich qismlariga o’rnatilgan surma qulfaklar uzunliklari, (5.6) formula bilan topiladi. l1kon va l2kon - so’rish va bosimli tomonlardagi konuslarning uzunliklari [(5.3) va (5,5) formulalar] lul-ulama quvurning uzunligi, 0,30,7 m qabul qilinadi. Qolgan qo’shiluvchilar qiymatlari avvalgi hollardagi kabi qabul qilinadi. Yuqoridagi (5.17) formuladan topilgan Vp.k qiymati avvalgi holdagi kabi (5.14) formula yordamida qayta topilib, (5.16) formula bilan yig`ma temir-beton elementlarning standart o’lchamlari bilan bog`lanadi.
Eslatma: gorizontal valli nasos qo’llanganda (5.14) formula bilan V``p.k ni hisoblashga zarurat bo’lmaydi (5.6-rasm). Vertikal valli agregatlarning o’qlari oralig`idagi masofani aniqlashda quyidagi ifodalardan topilgan uning eng katta qiymati hisob uchun qabul qilinadi: Lo’k=vnas + l1; (5.18) Lo’k,1=Ddv + l2; (5.19) Lo’k,2=Vtr + ust; (5.20) yoki agregatlar oralig`iga qo’shimcha bo’luvchi devorlar o’rnatilganda: Download 2.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling