Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
«Nasos stansiyalaridan foydalanish» fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:
-nasos stansiyalaridan foydalanish sohasida ilmiy-texnik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
-nasos stansiyalarini ishlatish usullari va jarayonlarini;
-nasos va quvurlarning birgalikdagi ishlashini;
-nasos stansiyaning gidromexanik jihozlari va yordamchi tizimlarni ekspluatatsiya qilish, nasos stansiyalarida ta’mirlash ishlarini tashkil etishni;
-nasos stansiyalarining ekspluatatsion tadbirlarini rejalashtirishni;
-meliorativ nasos stansiyasini ekspluatatsiya qilishning bosqichlarini;
-meliorativ nasos stansiyasi ekspluatatsiya xodimlarining lavozimiy majburiyatlarini;
-meliorativ nasos stansiyalarining ishini xisobga olish va yillik ishlash jarayoni xisobotini bilishi va ulardan foydalana olish;
-nasos stansiyalarning suv berish rejasi, nazorat (kuzatish) va ta’mirlash ishlari tashkil etish;
-nasos stansiya ekspluatatsion sarf - xarajatlar rejasini tuzish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;
-sug‘orish va zax qochiruvchi nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish asoslari bilish;
-mashinali suv ko‘tarish gidrotexnik inshootlari va jihozlaridan foydalanish malakalariga ega bo‘lish kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
«Nasos stansiyalaridan foydalanish» fani VII va VIII - semestrlarida o‘qitiladi. Ushbu fan o‘quv rejasiga kiritilgan chizma geometriya va injenerlik grafikasi, injenerlik geodeziyasi, geologiya va gidrogeologiya, gidrologiya va oqim hajmini rostlash, zamin va poydevorlar, injenerlik konstruksiyalari, gidravlika, materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi, gidromashinalar, nasoslari va nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlari, elektr mashinalar va avtomatlashtirilgan elektryuritmalar va boshqa fanlar bilan bog‘liq xolda o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |