Nasos stansiyasi


Download 1.74 Mb.
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1790622
  1   2   3
Bog'liq
Nasos stansiyasi


Nasos stansiyasi - suyukliklarni yuqoriga koʻtarish uchun moʻljallangan bino; nasos agregati va quvurlardan iborat inshoot. Nasos stansiyasiga boshkarish apparatlari, elektr N. yeda esa taqsimlash qurilmalari, pasaytirish pod-stansiyalari, yigʻish-soʻrish va bosim kollektorlari, qoʻshimcha jihozlar (asosiy nasoslarni ishga tushiradigan vakuumnasoslar, yongʻinga qarshi ji-hozlar, moy xoʻjaligi va boshqalar) kiradi. Nasos agregati soʻrish quvuri, nasos, dvigatel, uzatish mexanizmi, teskari klapanli bosim truboprovo-di va zulfindan iborat boʻladi. Me-liorativ (sugʻorish) Nasos stansiyasining qoʻzgʻalmas va suzuvchi xillari bor. Suzuvchi N. yeda nasos va kuch qurilmalari ponton yoki barjalarga oʻrnatiladi. Kema qatnaydigan yirik kanallarni suv bilan taʼminlash, suv omborlarini suv bilan toʻldirish, sugʻorish inshootlari va boshqa uchun yirik Nasos stansiyasi qoʻllaniladi.
Vodoprovod Nasos stansiyasi suvni manbadan suv taʼminoti joyiga koʻtaruvchi va undan vodoprovod inshootlariga yoki rezervuarga hamda tozalangan suvni vodoprovod tarmogʻiga uzatuvchi koʻtarish st-yalaridan iborat. Kanalizatsiya Nasos stansiyasi panjarali va maydalagichli rezervuar, mashina zali (nasosxona) va boshqalardan iborat. Bunday Nasos stansiyasi yer ustiga va yer ostiga oʻrnatiladi. Xalq xoʻjaligida Nasos stansiyasining ahamiyati katta. Ayniqsa, baland joylarga suv chiqarishda Nasos stansiyasi juda qoʻl keladi.

 Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi 

Sirdaryo viloyatida bugungi kunda 45 ta suv nasos stansiyasi mavjud bo‘lib, 66 ming gektar ekin maydonlari sug‘orib kelinadi. Ushbu stansiyalar orqali viloyat ekin maydonlarining uchdan bir qismi obi-hayot bilan ta’minlanadi. Stansiyalarning bir maromda xizmat qilishi, suv ta’minotining uzluksizligi mavjud agregatlarning joriy va kapipital ta’mirlanishiga, eskirib o‘z umrini o‘tagan ehtiyot qismlarning o‘z vaqtida almashtirilishiga bog‘liq.


Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi 500 nafar ziyod xodim mehnat qiladi. Boshqarma tasarrufida 45 dona nasos stansiyada jami 121 ta agregat mavjud bo‘lib, ushbu nasos stansiyalarning 24 tasi sug‘orish, 21 tasi yerlarning meliorativ xolatni yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Sug‘orish nasos stansiyalarga biriktirilgan maydon 41790 ga, meliorativ nasos stansiyalarga 24 839 ga. Jami 66 629 gektar maydon biriktirilgan.
Boshqarmamiz viloyatdagi davlat nasos stansiyalari, sug‘orish va meliorativ tik quduqlari, elektr uzatish liniyalaridan foydalanish, ularni ta’mirlash-tiklash va rivojlantirish bo‘yicha texnik siyosatni olib boradi, – deydi Davronjon Abdullayev Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i. – 22 ta nasos stansiyalarini 3 chorak yakuniga qadar agro kalasterlarga DXSHga topshirish rejalashtirilgan. Boshqarma tomonidan joriy yilda Viloyatdagi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini kafolatli suv bilan ta’minlash bo‘yicha oldinda turgan ustuvor vazifalar belgilanib, aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish orqali joriy yil yakuniga 10-12 foiz elektr energiyasi tejashga erishiladi.

Elektr energiya va boshqa resurslarni iqtisod qiluvchi texnologiyalarni joriy qilish, olingan elektr energiya va uzatilgan suvlarni aniq hisobi va hisobotini boshqarma tomnidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2023 yilda balansdagi davlat nasos agregatlarini hamda sug‘orish tik quduqlardan 39 ta nasos agregat va 91 ta sug‘orish tik quduqlari ta’mirlash rejalashtirilgan. Bu ishlarni bajarishga 1 mlrd. 224,8 mln.so‘m mablag‘ ajratildi.
Bugungi kunda 24 ta nasos agregat va 42 ta sug‘orish tik quduqlari ta’mirlandi. Bundan tashqari irrigatsiya-melioratsiya dasturi doirasida 210 ta, shundan Boyovut tumanida 51 ta, Guliston tumanida 29 ta, Mirzaobod tumanida 52 ta, Sayxunobod tumanida 33 ta, Sirdaryo tumanida 44 ta meliorativ tik quduqlarni ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladi.
2023 yilda NS va EB boshqarma xisobidagi 45 ta nasos stansiyalar (121 ta agregat) va 693 dona tik quduqlarni belgilangan rejim asosida ishlatish uchun jami 45,63 mln.kVt/soat elektr energiya limiti ajratilgan.
Joriy yilinning bugungi kuniga qadar 19,170 mln.kVt/soat elektr energiya limiti rejalashtirilib, amalda 12,682 mln.kVt/soat elektr energiyasi sarflandi. Belgilangan limitga nisbatan 0,818 mln.kVt/soat yoki 7%elektr energiyani iqtisod qilishga erishildi.
Joriy yilda Elektr energiyani tejash maqsadida yangi 5 dona elektro dvigatel, 3 dona nasos qurulmasi, 4 dona quyosh batareyalari va 1 dona quyosh suv isitkich, bundan tashqari boshqarma binosiga quvvati 20 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilishi belgilangan.
Nasos stansiyalarining 26 dona suv sarfini onlayn monitoring qilish qurilmalari o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, 520 mln.so‘m ajratildi.
Bundan tashqari viloyatda faoliyat yuritayotgan agro klasterlarga jami 22 ta nasos stansiyalarini davlat xususiy sherikchilik asosida boshqaruvga berish bo‘yicha manzilli ro‘yxat ishlab chiqilib bitim tuzish bo‘yicha, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklari tomonidan loyixa baholash hujjatlari ko‘rib chiqilmoqda.


Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling