Nasos stansiyasi


Download 1.12 Mb.
Sana05.02.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1166730
Bog'liq
Nasos stansiyasi



Nasos stansiyasi - suyukliklarni yuqoriga koʻtarish uchun moʻljallangan bino; nasos agregati va quvurlardan iborat inshoot. Nasos stansiyasiga boshkarish apparatlari, elektr N. yeda esa taqsimlash qurilmalari, pasaytirish pod-stansiyalari, yigʻish-soʻrish va bosim kollektorlari, qoʻshimcha jihozlar (asosiy nasoslarni ishga tushiradigan vakuumnasoslar, yongʻinga qarshi ji-hozlar, moy xoʻjaligi va boshqalar) kiradi. Nasos agregati soʻrish quvuri, nasos, dvigatel, uzatish mexanizmi, teskari klapanli bosim truboprovo-di va zulfindan iborat boʻladi. Me-liorativ (sugʻorish) Nasos stansiyasining qoʻzgʻalmas va suzuvchi xillari bor. Suzuvchi N. yeda nasos va kuch qurilmalari ponton yoki barjalarga oʻrnatiladi. Kema qatnaydigan yirik kanallarni suv bilan taʼminlash, suv omborlarini suv bilan toʻldirish, sugʻorish inshootlari va boshqa uchun yirik Nasos stansiyasi qoʻllaniladi.
Vodoprovod Nasos stansiyasi suvni manbadan suv taʼminoti joyiga koʻtaruvchi va undan vodoprovod inshootlariga yoki rezervuarga hamda tozalangan suvni vodoprovod tarmogʻiga uzatuvchi koʻtarish st-yalaridan iborat. Kanalizatsiya Nasos stansiyasi panjarali va maydalagichli rezervuar, mashina zali (nasosxona) va boshqalardan iborat. Bunday Nasos stansiyasi yer ustiga va yer ostiga oʻrnatiladi. Xalq xoʻjaligida Nasos stansiyasining ahamiyati katta. Ayniqsa, baland joylarga suv chiqarishda Nasos stansiyasi juda qoʻl keladi.

Ko'p bosqichli Nasos stansiyasi

Qo'llash sohasi - bu avtomatik suv ta'minoti va bosimni oshirish uchun mo'ljallangan qurilma. 



Nasos stantsiyasining tarkibiga nasoslar,o'chirish va boshqarish klapanlari va avtomatizatsiya sensori,boshqaruvs hkafi va chastota nazorati kiradi. Barcha nasos stantsiyalari buyurtmachining ehtiyojlariga muvofiq ishlab chiqariladi.


Ko'p bosqichli nasoslar. Turar-joy binolari, ma'muriy va jamoat binolari, shuningdek, sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalarini suv bilan ta'minlash uchun ishlatiladigan nasos stantsiyasi aholi punktlarining hayotini ta'minlash va ishlab chiqarish majmualarining muvaffaqiyatli ishlashi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
 - Doimiy suv ta'minotini ta'minlaydigan va suv ta'minoti tizimidagi bosimni ushlab turadigan yuqori texnologiyali qurilma hisoblanadi.

Texnik Xususiyatlari:
- nasoslarning tezligini boshqarish orqali tizim bosimini ushlab turish
- Algoritmni yoqish / o'chirish nasoslar tizimdagi yukga bevosita bog'liq
- Agar nasoslardan birida nosozlik bo'lsa,tizim zaxira nasosni yoqadi
- Quruq oqimdan himoya qilish tizimi
- Suv zarbidan himoya qilish uchun membranali tank borligi
- Stantsiya tizimdagi doimiy bosimni ta'minlaydi
- Nazorat sozlamalari nasosni avtomatik almashtirishni ta'minlaydi
-Stantsiyadagi nasoslar soni: 1 dan 5 tagacha
-Unumdorligi: soatiga 1m 3s dan 250m 3s gacha
-Balandligi: 10m dan 150m gacha
-Pompalar ishlash sharorati: 0°C dan + 120°C gacha
-Pompalar krilchatkasi zanglamaydigan po’latdan
Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling