Насос ва насос стансиялари фанидан
Download 64.54 Kb.
|
issiq suv ta\'minoti
Armatura (lotincha: armatura — qurollanish, anjomlar), xususan temir-beton konstruksiyalar armaturasi — betonning choʻzilishga (kamdan-kam siqilishga) mustahkamligini oshirish uchun moʻljallangan tarkibiy qismi. Asosan poʻlatdan yasalgan egiluvchan armatura (sterjen yoki payvandlangan toʻr), baʼzan bikr armatura (prokat qoʻshtavrlar, shveller, burchaklik) ishlatiladi. Mustahkamligi va plastikligi boʻyicha sterjensimon (diametri 6+90 mm), chiviqsimon (diametri 3+8 mm) va zoʻrikma (900 Mn/sm2 va undan ortiq kuchga chidaydigan) armaturalarga boʻlinadi. Poʻlat armaturalar baʼzan oyna orasiga va choʻyan quymalarning choʻzilish zonasiga ham qoʻyiladi. Turkistonning qadimgi binokor ustalari ham armaturadan keng foydalanganlar. Sinchli devor orasiga qoʻyiladigan sinch, paxsa devor orasiga qoʻyiladigan shox-shabba va qamishlar, loyga qoʻshiladigan somon oʻsha davrning armaturasi edi.
Shuningdek armatura atamasi ostida mashina, konstruksiya, inshootlarning toʻgʻri ishlashini taʼminlovchi yordamchi qurilma va detallar toʻplami ham tushuniladi. Masalan, vodoprovod armaturasi (klapanlar, kranlar, suv oʻlchagich va h.k.); qozonxona armaturasi (termometrlar, manometrlar, saqlagich klapanlari); isitish tizimi armaturasi (termoregulatorlar, termostatlar va h.k.); gaz tizimi armaturasi (kran va klapanlar, reduktorlar va h.k.); elektr texnikasi armaturasi patronlar, oʻchirib yoqqichlar, rozetkalar, qandillar va h.k.Download 64.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling