Насос ва насос стансиялари фанидан
Download 64.54 Kb.
|
issiq suv ta\'minoti
Issiq suv ta’minoti fanidanToshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti 105-20 guruh talabasi Mustaqil ishi Tayyorladi : Qabul qildi: Mamasoliyev A Mamajanov T Mavzu : Sanitar asboblar. Quvurlar, armaturalar
Sanitar asboblar: nasoslar, turbalar , klyuchlar, qaychi, tok tekshiradigan, turba eritib yopishtiradigan, kranlar, drel, balgarkalar, svarka aparatlari, elektotlar, bolg’a , Tesha va shunga o’xshash boshqa qurilmalar sanitar asboblarga kiradi.
Quvur — truba, diametri uzunligiga nisbatan ancha kichik bo'lgan ichi bo'sh buyum; bino, inshoot va mashinalarning naysimon shaklli qismi. Asosan, suyuqlik, bug', gaz, ayrim hollarda sochiluvchan qattiq jismlarni bir joydan ikkinchi joyga tashish uchun ishlatiladi. Quvur mashinasozlik, asbobsozlik, qurilish, kon sanoati, gidrotexnika inshootlarida keng qo’llanadi. Quvur qora va rangli metall, beton va temirbeton, sopol, asbotsement, yog'och, plastmassa, shisha, chinni (farfor) va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Po'lat va cho'yan quvurlar keng tarqalgan. Cho'yan quvur quyish yo'li bilan, po'lat quvur esa prokatlab yoki payvandlab tayyorlanadi. Quvurlarning kesimi aylana, to'rtburchak, oval va b. shakllarda bo'ladi. Aylana (doyra) kesimli quvurlar ko'proq ishlatiladi. Quvurlar choksiz va chokli qilib ishlab chiqarilishi mumkin. Quvur diametri: d — po'lat quvurlar (tashqi diametri) — kichik (114 mm gacha), o'rta (114—480 mm) va katta (480—2500 mm va bundan katta); b— cho'yan quvurlar (ichki diametri) — 65 — 1000 mm va bundan katta.Vodoprovod quvuri po'lat, cho'yan, temirbeton, asbotsement va plastmassadan turli diametrlarda ishlab chiqariladi. Qaysi materialdan tayyorlangan quvurni tanlash vodoprovodning qanday sharoitda ishlashiga, ichki bosimga, tashqi yuklar va b. omillarga bog'liq. Po'lat va cho'yan quvurdan shaxobchalar ajralib chiqishi yoki yo'nalishini o'zgartirish uchun troyniklar (uch tarmoqlar), krestlar (xochlar), otvod va shakldor qismlardan foydalaniladi.
Download 64.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling