Nasriy asarlarni ifodali o`qish Reja
Download 79.39 Kb.
|
Nasriy asarlarni ifodali о‘qish
Masalni ifodali о‘qish. Axloqiy, satirik va kesatiq mazmuni kinoyaviy majoziy obrazlarda aks ettiradigan, eski turmush sarqitlarini, taraqqiyotimizga xalaqit berayotgan illatlarni, byurokrat, tovlamachi va maishiy buzuq kishilarni tanqid qilishga qaratilgan kichik she’riy va nasriy asarlarga masal deyiladi. Masal, asosan, epik asar turlaridan biri bo’lib, unda kishilar xarakteriga xos xususiyatlar hayvonlar va o’simlarlarga ko’chiriladi. Yozuvchi xalq og’zaki ijodidan, ayniqsa maqollar, hikmatli hamda xalq o’rtasida keng tarqalgan turli xil iboralar-piching, kesatish va boshqalardan ustalik bilan foydalanib, insonga xos bo’lgan u yoki bu salbiy belgi-xususiyatlardan kulish orqali pand-nasihat qiladi.
Masal badiiy adabiyotning poetik va prozaik shakllarida yaratiladi. Masalni ifodali о‘qish katta mahorat talab qiladi. Unda tulki - aldoqchi, bo’ri -ochko’z, chayon-tili zahar, ilon-makkor, to’tiqush-gapdon, bulbul-g’azalxon va xushovoz kishilarga o’xshatiladi. Masallarda yashiringan o’tkir kinoya, voqealarning tez-tez o’rin almashib turishi uni bir tekisda о‘qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali о‘qishda yetarli malaka hosil qilmagan o’quvchi avval matn bilan tanishib chiqmog’i lozim. Tanishish jarayonida o’quvchi personajlarning xarakter xususiyatlari va avtorning g’oyaviy niyatlarini aniqlaydi. Masalan, I.A.Krilovning "Bo’ri bilan qo’zichoq" masalini olib ko’raylik; Yog'ochning boshini qurt yeydi doim, Tarixda misollar juda ko'p bunga. Tarix to'g'risida qolaylik-da jim, Ertak so'zlaylik, quloq ber shunga. Muallif birinchi misraning o’zidayoq "kuchlilar" oldida "kuchsizlar" aybli" degan g’oyani ilgari suradi va asardan kelib chiqadigan g’oyaga ishora qiladi. A. Krilov "Bo’ri bilan qo’zichoq" masali orqali o’z zamonasining ajoyib kartinasini yaratadi. Bo’ri hech qanday aybsiz qo’zichoqqa do’q urib tuhmat qiladi: – Sen iflosni bilaman men, Tumshug'ingni suvga tiqib, Toza suvni bulg'atasan! Suv yuziga qolar chiqib Ostidagi hamma loylar. Toza bir suv icholmayman, Bu ariqdan yillar, oylar. Bu ishingga chidolmayman, Tutib olib, bir yamlayman Bu parchani ifodali o’qiganda ko’z o’ngimizda ochko’z bo’rining qo’zichoqqa dahshat bilan hamla qilayotgani keladi.Qo’zichoq hech qanday aybi yo’qligini qayta-qayta aytsa ham, foydasi bo’lmaydi, chunki u yuvosh va kuchsiz edi. Shuning uchun ham quyidagi parcha ifodali o’qilganda ovozda qo’zichoqqa xos mayinlik, sustlik, yalinish va iltimos ohangi saqlanadi. ... Ey hurmatli, Arzimni bir tinglasalar, Mening hech bir gunohim yo'q, Menga g'azab qilmasalar. Yuz qadamcha pastdaman man Janobingiz ichgan joydan. Mening hech bir xabarim yo'q Suv betiga chiqqan loydan. I.A.Krilov masalni yakunlashda ham o’z fikrni bo’ri tilidan aytadi: – ... Surishtirib o'tirmoqqa vaqtim bormi, Qorin ochsa, ovqat bo'lsa – tanlanarmi? Aybing shuki, uchrab qolding qornim ochganda! Shunday qilib qo'zichoqni Bo`ri yedi o'rmonda. Bu parchada oxirgi misra avtor so’zi bo’lganligi uchun ham u vazmin, hukm tarzida o’qiladi. Umuman, masalni o’qigan vaqtda bo’rining yirtqichlik xususiyatlari, qo’zichoqning esa beozorligi hamda shoirning qo’zichoqqa bo’lgan xayrixohligi sezilib turishi kerak Download 79.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling