National University of Uzbekistan


National University of Uzbekistan


Download 488.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana10.10.2023
Hajmi488.18 Kb.
#1696689
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
axborotlashgan-jamiyat-tushunchasining-mazmunmohiyati-va-tarixiy-evolyutsiyasi

 


National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-523-528 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
524
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
XXI asr – globallashuv davri, texnika asri. Global tarzda texnologiyalar va 
aloqa komunikatsiyalari rivojlanib,taraqqiy etib borishi o’ziga xos ravishda 
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy holatlarni keltirib chiqarmoqda. Globallashuv davrida 
jamiyatlar shiddat bilan integratsiyalashmoqda. Bu integratsiyalashuv jamiyatdagi 
insonlarning induvdal va umumiy tarzda global ijtimoiy aloqalar olib borish 
imkoniyatlarini favqulotda tezlashtirib yubordi. Yangi davrdagi o’zaro ijtimoiy 
aloqalar asta-sekinlik bilan barcha uchun bir xil axloq, ma’daniyat qoidalariga 
undovchi kompleks axloq ya’ni ommaviy madaniyatni keng yoyilishiga sabab bo’lib-
yangicha “XXI asr demokratiyasi” nomini olmoqda. Buning salbiy tomonlaridan biri 
shundaki - aynan bir jamiyat uchun xos bo’lgan milliy, hududiy va tarixiy 
shakillangan - axloqiy, madaniy me’yor chegaralarining o’rnini turli xil 
jamiyatlarning axloqiy, madaniy, sotsiologik ta’sir qorishmalaridan iborat bo’lgan 
globall axloq va madaniyat egallamoqda. Axloqiy meyor qoidalari va madiyat 
chegaralari har qachongi davrdan ko’ra ahamiyati yuqoriroqdir. Buguni kunda burch 
, mas’uliyat , vijdon , axloqiy norma barcha jamiyatlarda xususan biz uchun ham
dolzarb masaladir. 
Faylasuf olima L.A.Muhammedjanovaning fikricha : - “Bugun dunyo chuqur 
o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Iqtisodiy o'zaro globallashuv va kuchayib 
borayotgan o'zaro bog'liqlik, kuchli va hamma joyda mavjud aholi migratsiyasi. 
Ijtimoiy tuzilmadagi o'zgarishlar chuqurlashishib, jamiyatlar tez rivojlanmoqda. 
Bunday holatlar sodir bo'lganda murakkab o'zgarishlar, millatlararo nizolarga olib 
kelishi mumkin, dunyoning turli burchaklarida to'qnashuvlar hali ham 
rivojlanmoqda. Jamiyat borlig’idagi - milliy, etnik, millatlararo munosabatlar, 
muammolar, vazifalar ularning yechimi, o'tmishda ishlatilgan eski vositalar va usullar 
bilan hal etilmay qoldi. Hayot kun tartibiga yangi muammolarni qo'ydi-milliy 
masalaga yondashish va eski usullardan qat'iy voz kechish.” [1] 
Bugungi davr jamiyatlar o’zaro faol integratsiyalashayotgan, axborot texnikasi 
, komunikatsiya, texnologiyalar rivoji globallashayotgan bir so’z bilan aytganda 
globallashuv va axborotlashayotgan jamiyatlar qaror topayotgan davrdir. 
Axborotlashgan jamiyatning qaror topishi tezlashayotgan davrda uni har tomonlama 
o’rganishimiz biz uchun tobora hayotiy zaruratga aylanib bormoqda va bunday 
jamiyat kelib chiqish tarixi, sabablarini o’rganishimiz ham kun tartibidagi asosiy 
masalardan biridir zero bugungi kunda biz ham shu jamiyat tomon asta-sekin 
yuzlanmoqdamiz. 
Insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab to bugungi asrga 
qadar turli xil rivojlanish yo’llarini bosib o’tib svilizatsiya nomini 



Download 488.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling