National University of Uzbekistan Volume 3


National University of Uzbekistan


Download 474.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi474.59 Kb.
#1539508
1   2   3   4   5
Bog'liq
qur-oni-karimning-axloqiy-masalalarini-falsafiy-mezonlari

National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-260-264 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
262
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
chinakam ezgulikdir, deb qaraladi. Kimda-kim odamlardan himmati, muruvvatini 
ayamasa, saxovat eshigini bekitmasa, bundan eng avvalo uning o‘zi katta naf ko‘radi, 
ma‘naviy qoniqish va falsafiy kamolot hosil qiladi, ruhi ko‘tariladi. Qur‘onda 
ehsonning foydasi ehson qiluvchining o‘ziga bo‘lishi aytilgan. Unda aytilishicha, 
agar ehson qilsalaringiz ham, yomonlik qilsalaringiz ham o‘zingiz uchun. Alloh 
kalomida ezgulik qilish, el-yurtga foyda keltirish, yomonlarni noto‘g‘ri yo‘ldan 
qaytarib, to‘g‘ri yo‘lga solish yuksak ma‘naviy fazilat, huquqiy, odob-axloqlilik 
belgisi sifatida e‘zozlanadi. Ezgu niyatli, qalbi pok, xulqi go‘zal, iymoni butun 
odamlar yaxshilik qilishni o‘zi uchun eng katta maqsad, olijanoblik deb biladi. 
«Kimki bir yaxshilik qilsa, unga o‘sha yaxshiligi o‘n barobar qilib beriladi». Inson 
ezgulik ishlarini qancha ko‘p qilsa yaratganning o‘zi uni balo qazolardan asraydi
unga kuch-qudrat ato etadi, yo‘lini ochib beradi. Bu masalada Prezidentimizning 
mana shu fikrlari katta ilmiy, ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega: «Savob – ulug‘ 
insoniy fazilat, yuksak milliy qadriyatlardan biridir. Mening komil ishonchim shuki, 
savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kuni qilish kerak. Savobli amallar 
qilish esa xalqimizga xos azaliy xislatdir. Savobli ishlarni qilgan odamga uning elu 
yurtiga albatta Allohning rahmatlari yog‘iladi. Muqaddas Qur‘on oyatida 
ta‘kidlanganidek, yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir.
Qur‘onda inson haq-huquqlarini hurmat qilish g‘oyasi etakchilik qiladi. Unda 
ota-onalarning farzandlar tarbiyasi masalasi bo‘yicha burchlari, mas‘uliyatlari 
nimalardan iboratligi belgilangan. Ta‘kidlanishicha, «ota-onalik huquqini qozonish 
uchun bola tug‘ulishining o‘zi kifoya qilmay, balki ularga ta‘lim-tarbiya berish eng 
muhim shartlardan biridir. Farzandga odob-axloq o‘rgatish, uni kasb-hunarli qilib 
tarbiyalash, balog‘atga etganda o‘g‘il bo‘lsa uylantirish, qiz bola bo‘lsa turmushga 
chiqarish, ularni moddiy va ma‘naviy ta‘minlab turish kabi sermashaqqat vazifalar 
ham ota-onalar zimmasidadir». 
Qur‘oni Karimda farzandlarning ota-onalar oldidagi vazifalari ham bayon 
etilgan. Bu haqda uning Al-Isro surasi, 23-oyatida shunday deyilgan: 
«Parvardigoringiz, yolg‘iz Uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga 
yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har 
ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga etsalar, ularga qarab «uf» tortma va 
ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga doimo yaxshi so‘z ayt...!» Qur‘oni Karimda 
insonni ulug‘lash lozimligiga oid qoidalar bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar mavjud. 
Unda quyidagilar marhamat qilinadi: «Bandalarimga aytingki, 
ular eng go‘zal so‘zlardan so‘zlashsinlar», «Biz odam bolalarini 
aziz–mukarram qildik, ularga halol-pok narsalardan risqu-ro‘z 



Download 474.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling