National University of Uzbekistan Volume 3


National University of Uzbekistan


Download 474.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi474.59 Kb.
#1539508
1   2   3   4   5
Bog'liq
qur-oni-karimning-axloqiy-masalalarini-falsafiy-mezonlari

National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-260-264 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
263
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
berdik va ularni o‘zimiz yaratgan juda ko‘p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo‘ydik», 
«Er yuzida kibr-havo bilan yurmagin! Chunki sen hargiz erni teshib ketolmaysan va 
bo‘y-bastda tog‘larga etolmaysan», «Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - 
pokiza narsalardan englar», «Odamlarni aldab fitnaga solish o‘ldirishdan 
yomonroqdir», «Alloh zulm qiluvchilarni sevmaydi», «Zinoga yaqinlashmanglar! 
Chunki (bu) buzuqlikdir - eng yomon yo‘ldir». Qur‘on odamlarni haq yo‘ldan 
borishga, nohaqlikni tark etishga da‘vat etadi. «Ey mo‘minlar, mollaringizni 
o‘rtalaringizda nohaq (ya‘ni o‘g‘irlik, qaroqchilik, sudxo‘rlik, poraxo‘rlik, qimor 
kabi) yo‘llar bilan emangiz! Balki o‘zaro rizolik bilan bo‘lgan savdo-sotiq orqali mol-
dunyo kasb qilingiz..! (Niso surasi, 29-oyat), - deb ta‘kidlangan. Baxillik yo‘lini 
tashlab sahiylik tomon yuz o‘tirganlar Alloh Kalomida najot topguvchilar, deyilgan. 
«Kimki baxillik va ziqnalikdan saqlangan bo‘lsa, unday kishilar najot 
topguvchilardir». Islom dini, uning ilohiy manbai hisoblangan Qur‘on har ishda 
rostlikka, omonatni saqlashga, qo‘ni-qo‘shnilar haqini bilishga buyuradi. Zulm-
xiyonat qilishni, urush-talash, nohaq qon to‘kishlarni, yolg‘on so‘zlash, tuhmat 
qilishlarni, buzuqchiliklaru harom ishlarni, etim-esirlar molini eyishni, insonlar 
haqiga ko‘z olaytirishni qoralaydi. Makr-hiyla, zulm-xiyonat, hasad, buzuqchilik, 
jaholatda yashash, harom-halolni farqiga bormay eyish, qaroqchilik qilishlarni 
ta‘qiqlaydi. Ularning hammasi g‘ayri islomiy, g‘ayri insoniy, g‘ayri axloqiy, g‘ayri 
qonuniy illatlar sifatida qoralanadi. Qur‘onning aksariyat suralari va oyatlarida 
insonlarning bilim olishi, ma‘rifatli bo‘lishi qayta-qayta uqtirilgan, bilimlilar bilan 
bilimsizlarni tenglashtirib bo‘lmasligi aytilgan. Uning oyatlaridan birida, Alloh taolo 
sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda 
yorlaqab, martabasini ulug‘ qilgaydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, 
Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardor, deyilgan. «Alaq» surasining 
uchinchi-beshinchi oyatlarida, «O‘qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) 
qalamni (ya‘ni qalamni, xatni) o‘rgatgan o‘ta karamli Zotdir. U Zot insonga uning 
bilmagan narsalarini o‘rgatadi», deyilgan. Qur‘onda «ilm» so‘zi turli hollarda bir 
necha marta takrorlangan. Ana shuning o‘zi ham ilm, madaniyat, ma‘naviyat, 
ma‘rifat haqidagi g‘oyalar Qur‘oni Karimning butun ruhi, mazmuni, mag‘iz-
mag‘izigacha chuqur singdirib yuborilganligini ko‘rsatadi. Qur‘onda ilk nozil bo‘lgan 
oyat ham «Iqro», ya‘ni «O‘qi» so‘zidir.
Qur‘oni Karimda ma‘naviy-ma‘rifiy, falsafiy, diniy-axloqiy masalalar bilan bir 
qatorda huquqiy yo‘l-yo‘riqlar ham o‘z ifodasini topgan. Fiqhiy-
huquqiy masalalar bo‘yicha Qur‘onda juda ko‘plab oyatlar 
mavjud. Buni bu ilohiy kitobda amaliy ibodatlar bo‘yicha 140 



Download 474.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling