National University of Uzbekistan Volume 3
National University of Uzbekistan
Download 49.03 Kb. Pdf ko'rish
|
mirzo-bedil-falsafasidagi-axloqiy-va-estetik-qarashlari-talqini
National University of Uzbekistan
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-458-462 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 460 April, 2022 https://nuu.uz/ International Scientific Conference qarama-qarshi qo‟yilgan holda yoritib berilgan. Masalan, yaxshilik - yomonlik bilan, muloyimlik – qattiqlik bilan, sabr - qanoat – nafs, hirs kabi illatlarga qarshi qo‟yilgan holda, ularning afzalliklari, shuningdek, insonning hayoti, ruhiy kamolotiga tasiri ochib berilgan. Mutafakkir - shoir Mirzo Bedil falsafasida yaxshilik va yomonlik, adolat, ishq- muhabbat kabi axloqiy tushuncha va tamoyillar katta o‟rin egallagan. [3] Bedil axloqiy qarashlarida yaxshilik va yomonlik tushunchalariga alohida e‟tibor qaratar ekan, yning fikricha insonning o‟zi baxt saodati yo‟lida ezgulikka intilishi, o‟zgalar baxtini o‟z baxti deb bilishi, insonlar muvaffaqiyatidan quvonishi, komillikning belgisi sanalishi, yaxshilik fazilatini madh etadi. U inson faqat hayotda yaxshi fazilati bilangina uzoq umr yashashi mumkinligini e‟tirof etib o‟tadi. Demak, baxtu-saodatimiz va farovon hayotimiz har birimizning g‟ayrat-shijoatimizga mehnatsevarligimiz hamda fidokorligimizga bog‟liq. Bedil insondagi nuqsonlarini yomonliklarida ko‟radi. U yomonlikni kasb etgan odamlarni do‟zax bilan tenglashtiradi. Bu haqda Bedil shunday deydi: Qaydakim yomon fel bo‟ldi rahnamo Jahannam shundadir, bilib qo‟y, ammo Yaxshilik urug‟in sepsang har tomon Jannat mevasini beradi shu on.[4] Mirzo Bedil insonning axloqiy qadriyatlarini sinchiklab o‟rganar va tahlil qilar ekan, barchaning xulq-odobi bir xil emasligi, yaxshi xulq bor joyda yomon, ya`ni salbiy xislatlar ham borligiga o‟z e‟tiborini qaratadi: Yaxshilik, yomonlik moʼlu koʼl bunda, Qilmishing holidan ogoh boʼl bunda. Koʼling olur ulkim, qoʼlini olding, Barchaning foydasi qoʼlma-qoʼl bunda. [4] Olim, kishilar orasida saxiylar va baxillar, yaxshi-yu yomonlar, halol va nopoklar borligini ko‟rib, insonda oliyjanob xislatlarni rivoj toptirish yo‟llarini izlaydi. Bedilning axloqiy qarashlari bilan birgalikda uning estetik qarashlarini eʼtiborsiz qoldirib boʼlmaydi. Bedil estetikaga oid maxsus risolalar qoldirmagan. Lekin, ayniqsa, "Tilismi xayrat" ("Hayrat tilsimi"), "Nukot" ("Maktublar")da, "Turi marifat" ("Ilmi Sinay"), "Muhiti azam" ("Buyuk Ummon"), "Irfon" ("Bilim") asarlarida - gʼazal va ruboiylarda tabiat, sanʼat, inson goʼzalligi, goʼzallikning mohiyati haqidagi sheʼr, haqida juda koʼp qiziqarli fikrlarni uchratamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling