National University of Uzbekistan Volume 3
National University of Uzbekistan
Download 49.03 Kb. Pdf ko'rish
|
mirzo-bedil-falsafasidagi-axloqiy-va-estetik-qarashlari-talqini
National University of Uzbekistan
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-458-462 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 459 April, 2022 https://nuu.uz/ International Scientific Conference almashtirib boʼlmaydi”[1]. Shunday ekan har bir adabiy asar insonning ma`nan va axloqan yetuk bo`lishiga xizmat qiladi. Oʼzbek xalqining vatandosh siymosi, Sharq madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʼshgan, oʼz zamondoshlari va ilm ahllari tomonidan taqdirlanib, Аbulmaʼoni laqabi bilan shuhrat qozongan Hindistonning ulugʼ shoiri va faylasufi Mirzo Аbdulqodir Bedilning diniy-falsafiy va ahloqiy qarashlari o`z davrida ham hozirgi kunda ham o`rganishi dolzarb mavzulardan hisoblanadi. Mirzo Bedil asarlari ham islom dinining tasavvufiy ruhida ham, falsafiy ruhda ham, hinduviylik ruhida ham yozilgan bo`lib uning barcha ijodlari axloqiy jihatdan juda yuksak baholanadi. Shuning uchun biz har bir alloma asarlarini ham Bedil asarlarini ham chuqur o`rganib ta`limga va yosh avlod tarbiyasiga yo`naltirishimiz darkor. Bedil asarlari ayniqsa 19-asrdan Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Ular falsafiy fikrga boyligidan Bedil Turkistonda "Abulmaʼoniy" ("Maʼnolar otasi") degan nom olgan. Olim Jafar Xolmo‟minov o‟zlarining ““ Abulma‟oniy ma`naviyati” Bedil hayoti va falsafiy qarashlariga chizgilar” - monagrafiyasida bunga shunday izoh berganlar: “Bedil taʼqib etishlardan qutulish va ogʼir paytlarda nazmiy va nasriy asarlarida aytilgan falsafiy va ijtimoiy fikr-mulohazalarini boshqacha tarzda izohlash, boshqa bir maʼnoga ham burish imkoniyatiga ega boʼlish maqsadida ana shu murakkab usulda ijod qildi. Natijada, murakkab sheʼriy uslub – “Sabki hindiy”ni eng yuksak choʼqqiga koʼtardi va ushbu yoʼnalishning eng yorqin namoyandasiga aylandi. Bedilning ushbu uslubdagi maqom va martabasi shu darajada ediki, undan keyingi shoir va olimlar gohida mazkur uslubni “Sabki Bedil” – Bedil uslubi nomi bilan ham atashgan”.[2] Bedilning qarashlari asosan sheʼriyat, shaklida ifodalanadi, bu qoida tariqasida yorqin chuqur oʼylangan obrazlar va badiiy ramziylik bilan toʼyingan. Boshqacha qilib aytganda, Bedilning dunyoqarashi, uning ontologiyasi va epistemologiyasi, ijtimoiy falsafa, axloq falsafasi, estetikasi badiiy tushunchalar shaklida paydo boʼlgan. Mirzo Abdulqodir Bedil falsafasining muhim xususiyati undagi axloqiy tushunchalarning o‟ziga xos talqinidir. Bedil o‟z ijodi davomida asosiy e‟tiborni axloq masalalariga qaratadi. Buning sababi esa, XVIII asrda Hindistondagi ijtimoiy- siyosiy holat, adolatsizlik, insoniy qadriyatlarning toptalishi, milliy va diniy nizolar, uning oqibatida bu o‟lkaning ijtimoiy–siyosiy, milliy-ma‟naviy inqirozidir. Bularning barchasi faylasuf-shoirni befarq qoldirmagan. Mirzo Bedil axloqiy qarashlarining muhim xususiyatlari shundan iboratki, unda axloqiy tushuncha va tamoyillarning mohiyati bir-biriga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling