Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg`ariy yning ta`limiy-axloqiy qarashlari. Reja
Download 44.63 Kb.
|
Mavzu Yusuf Xos Xojib “Qutadg’u bilig” asari. Reja Yusuf Xos H
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yusuf Xos Hojibning pedagogik tarbiyaviy g’oyalarini o’rganing va sharhlang: Yusuf Xos Hojibning pedagogik tarbiyaviy g‘oyalari
Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg`ariy yning ta`limiy-axloqiy qarashlari. Reja: “Qutadg‘u bilig” asarining yaratilishi. Asarning asosiy mazmuni. Undagi ilgari surilgan aqliy, axloqiy, tarbiya masalalari. “Qutadg‘u bilig” asarining ilmiy, ta’limiy-axloqiy ahamiyati. Yusuf Xos Hojib yetuk inson tarbiyasi usullari haqida. Yusuf Xos Hojib hayot yo’li. «Qutadg’u bilig» qo’l yozma nusxalari. Dostonning mazmuni va tuzilishi. Hokimiyat va hukmdor talqini. Ijtimoiy tabaqalar sharhi. “Qutadg‘u bilig” asari va uning tarbiyaviy ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni sharhlang: Yusuf Xos Hojib XI asrda - qoraxoniylar davrida yashab ijod elgan. Adib haqidagi ma’lumotlar uning hozircha topilgan yagona «sari «Qutadg‘u-bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim»)da mavjud. Asarda keltirilishicha, Yusuf Xos Hojibning tug‘ilgan joyi Ko‘z urdu (hozirgi Bolasog'un) ekani, turli o‘lkalarga safar qilgani, umrining nihoyasida esa Qashqarga kelganligi aytiladi. Demak, Yusuf Xos Hojib 1019 milodiy yillarda Bolasog‘undatug‘ilgan. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asarini 50 yoshlaridan yo/.a boshlagan. U 6500 bayt — 13000 misradai iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, uni qoraxoniylar luikmdori Tavg‘achxonga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo‘lib, muallifga Xos Hojiblik (mukarram eshik og‘asi) lavozimini beradi. «Qutadg'u bilig» asari katta shuhrat qozonadi. Yusuf Xos Hojib faylasuf va qomusiy olim sifatida o‘z asarida quyidagi sohalarga oid fikrlarni bayon etadi: Yusuf Xos Hojibning pedagogik tarbiyaviy g’oyalarini o’rganing va sharhlang: Yusuf Xos Hojibning pedagogik tarbiyaviy g‘oyalari Xudo kimga o‘quv, aql-idrok, bilim bersa,U ko‘p ezguliklar qilishga qo‘l uzatadi. Zakovat qaerda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur.Bilim kimda bo‘lsa, buyuklik oladi. Zakovatli uqadi, bilimli biladi.Bilimli, zakovatli tilakka etadi. So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin,Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin. Fe’l-atvorni soz tut, unutma o‘zing,Ko‘ngilni kichik tut, semirtma so‘zing. 0‘quvli tirLkdir, o‘quvsiz - o‘lig,Kelu, ey o£quvsiz, o‘quv ol ulich. Bilim bilan kishi judo hayvondin Buyukroq nima bor, qani ayt ondin!? Ezgulik etgil sen - olam qul bo‘lur.Olam ezgulikka to‘la, mo‘l bo‘lur. Agar ichsang, kayfni oshiradi may,Ko‘ngil sirin ochar u bitta qo‘ymay. Bilimli may ichsa bilimsiz bo'iar,Bilimsiz-chi, ichsa yana past bo‘lar. Xat chiroyli bo‘lsa ko‘ngil ochilar,0‘qish mayli ortar, dillar ovunar. Bitib qo‘ymasaydi dono qalami,Qorong‘u qolardi moziy olami. Mardning mardi shu bo‘lur doimo Olamni olsa ham kerilmas aslo. Odamzot boyisa ortar havosi,Kamtarlik bilandir dil muddaosi. Otim bo'lsin desang el aro ezgu,Yolg‘onga yandashma, buning yo‘li - shu. “Qutadg‘u bilig” asarida talqin qilingan insoniy fazilatlar Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi yagona manba uning «Qutadg’u bilig» («Saodatga yo’llovchi bilim») dostonidir. Bu doston hijriy yil hisobi bilan 462 (melodiy 1069G’70) yilda yozilgan. Avtor dostonning muqaddimasida yoshi ellikdan oshganini ta’kidlaydi. Shunga qarab Yusuf Xos Hojib XI asrning 20-yillari arafasida tug’ilgan, deb ayta olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani-Balasog’un (Quz o’rda) XI-XII asrlarning yirik savdo-sotiq hamda madaniy markazlaridan biri edi. Bu shahar ikki marta qoraxoniylarning poytaxti ham bo’lgan edi. Atroflicha bilim olgan Yusuf Xos Hojib o’z davrining peshqadam donishmandlaridan biri bo’lib etishdi. U fors-tojik va arab tillarini, badiiy adabiyotni, tarix, astronomiya, geometriya, matematika, tabiiyot, geografiya va boshqa fanlarni o’rgandi. U buyuk olimlarning ayrim axloqiy va falsafiy qarashlarini, medisinaga doir mulohazalarini targ’ib qildi, zamondoshlarini geometriya kabi fanlarni o’rganishga chaqirdi va hokazo. Shu bilan birga, Yusuf Xos Hojib o’z vatandoshi, ulug’ olim Mahmud Qoshg’ariy singari, turkiy qabila va xalqlarning tilini o’rgandi, adabiy til uchun, turkiy tilning madaniy hayotda yanada kengroq o’rin olishi uchun kurashdi, xalq og’zaki adabiyoti va yozma adabiyotning boy tajriba va tradisiyalaridan ta’lim olib, mashhur «Qutadg’u bilig» dostonini yaratadi. Bu doston turkiy tildagi yozma adabiyotning ilk yirik asarlaridan biri edi. Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» dostonini Balasog’unda yoza boshladi; uni Qashqarda yozib tugatdi va qoraxoniy hukmdorlaridan bo’lgan Tavg’ach Bug’raxonga (Tavg’och ulug’ Bug’ro Qoraxon abo Ali Hasan binni Arslonxon) taqdim qildi. Bug’raxon doston avtorini taqdirlab, unga «Xos Hojib» (muqarram, eshik og’osi) unvonini berdi. Shunday keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan shuhrat qozondi. «Qutadg’u bilig»ning muqaddimasida ko’rsatilishicha, doston o’z davrida keng shuhrat qozongan, turkiy tildagi eng yaxshi asar deb baholangan va turli joylarda turli nom bilan yuritilgan. Chinliklar «Adabul-muluk» (deb) ot berdilar. Mochin Malikaning nadimlari «Oyinul-mamlakat» (deb) atadilar, mashriqliklar «Ziynatul-umaro» deb aytadilar, eronliklar «Shohnomai turkiy» dedilar, shuningdek, ba’zilar «Pandnomai muluk» debdilar, turonliklar «Qutadg’u bilig» deb aytibdilar. Download 44.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling