Quvanma qivi qutqa, qutlug’ kishi,
Sanma o’zung qutqa, atlig’ kishi!
Oqar suv, yo’riq til, bu qut turmadi,
Ajun tazginurlar, yurib tinmadi.
(Ey) baxtli kishi, baxt va davlatga quvonma,
(Ey) nomdor kishi, baxt, davlat bilan bo’lib o’zing g’aflatda qolma.
Oqar suv, ravon til, baxt-davlat bu erda turmaydi,
Jahon kezuvchilar yurib tinmaydi.
«Qutadg’u bilig» va xalq og’zaki ijodi
Doston qahramonlarining nomi ham xalq ijodi tradisiyalari bilan bog’langan. O’zbek, uyg’ur, qozoq, qirg’iz va boshqa turkiy xalqlarida «kun» va «oy» so’zlari bilan birga ishlatiladigan nomlar keng tarqalgan va xalq eposidan o’rin olgan. Bunga, jumladan, o’zbek xalq dostonlaridan «Oysuluv»dagi Oysuluv va uning o’g’li Kunbotir, «Kuntug’mish» dostonining bosh qahramoni Kuntug’mish, «Yusuf va Ahmad» dostonidagi Kunxon va Oyxon, «Oygul» ertagidagi Oygul, qahramonlarning nomiga qo’shib aytiladigan «oy» qo’shimchasi («Alpomish»dagi Barchinoy kabi), «oy desang oy, kun desang kun» kabi obrazli iboralar, «Oy bastina Oybarcha qiz, kun ostida Kunakay qiz» kabi misralarni yaratgan qozoq xalq og’zaki ijodidagi «Oymon-Sho’lpon» dostoni, «Kunekey qiz» ertagi va boshqa asarlarning «Oy» va «Kun» nomlari bilan atalishi; qirg’iz xalq qahramoni Manasning «Kundan va Oydan paydo bo’lishi», «Manas»dagi Oychurek, Oykanish, To’lg’anoy obrazlari, qoraqalpoq xalq og’zaki ijodidagi Oysanam («G’arib Oshiq»), Oysuluv («Qirq qiz») va boshqalar yaqqol misol bo’la oladi. O’zbeklarda xotin-qizlarning nomiga «oy» so’zini qo’shib aytish hozir ham keng qo’llaniladi. «Kun» va «Oy» bilan bog’liq nomlarning tarixiy ildizi totemlarga borib taqaladi.
Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig»da juda ko’p xalq maqollari va hikmatli so’zlarini ishlatadi va «turkcha masal», «turklar so’zi» deb ularning xalq og’zaki ijodidan olinganini ochiq-oydin ta’kidlaydi. U maqol va hikmatli so’zlarni ba’zan aynan va ba’zan she’riy misralarning poetik talabiga qarab o’zgartirib qo’llaydi. Maqol va hikmatli so’zlar dostonning g’oyaviy mazmunini boyitadi, badiiy qimmatini oshiradi. Misollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |